17. YUSUFBEK HOJI Rayimbek dodxohning yonidagi bizga tanish olabay-roq to‘nlik kishi Hasanalini ko‘rishi
hamono:
— Ha-a-a, bizning Hasanali-ku! — dedi, — kel, Hasan ko‘rishaylik, Otabek esonmi?
Hasanali kelib ko‘rishdi, Yusufbek hoji ko‘rishar ekan, Azizbekka dedi:
— Bu bizning kishimiz taqsir, Marg‘ilondan keladir.
Azizbek labini tishlab qoldi. Chunki darboza taqillatib, otini hurkitkan Hasanalini
jallodg‘a topshirish niyati, albatta yo‘q emas edi. Yusufbek hojining so‘ziga javob bermay
yo‘lida davom etdi. Hasanali sipohlar orqasidan, Yusufbek hoji Azizbek ketidan o‘rdag‘a