Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
— Marg‘ilonda kimlarni taniysiz? 
— Marg‘ilonda uch-to‘rt kishidan boshqa odamni tanimayman. 
— Akram hojini tanirsiz? 
— Taniyman. Uning bilan bir necha majlislarda o‘lturishkan edim. 
— Bu kunda Akram hoji oshnangiz qayerda? 
Bilmadim, taqsir, — dedi va qayin otasig‘a qaradi. 
Qutidor javob berdi: 
— Akram hoji bu kunlarda Andijonda bo‘lsa kerak, taqsir. 
— Xo‘b. Otabek, siz javob beringiz: Akram hoji bilan bo‘lg‘an majlislaringiz kimnikida 
edi? 
Otabek bunday so‘roqlarning bekorga emasligini payqab, buning tegida qanday bo‘lsa 
ham bir gap borli-g‘ig‘a ishondi: 
— Birinchi majlisimiz mundan bir oy chamasi burun Ziyo aka deganning uyida, 
ikkinchisi (qutidorg‘a imo qilib) bu kishinikida bo‘lg‘an edi. Shu majlislarda Akram hoji 
ham bor edi. 
— Ziyo akanikida bo‘lg‘an majlisingizga kimlar ishtirok qildi? 
— Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor), — dedi va bir oz o‘ylanib oldi, — Ziyo 
akaning o‘g‘li — Rahmat, Akram hoji, Hasanali, Homid ismlik yana bir kishi. 
Homid ismini eshitkan qo‘rboshi tasdiq qilg‘andek bir harakat yasab qo‘ydi. Qushbegi 
qo‘rboshig‘a yer tegidan ko‘z yuborib oldi-da, davom qildi: 
— Ikkinchi majlisingizda kimlar bo‘ldi? 
— Ikkinchi majlisimizda boyag‘i kishilargina bo‘ldi. Faqat Homid yo‘q edi. 
— Boya, Marg‘ilon kelganimga necha kun bo‘ldi, dedingiz? 
— Qirq kunlar chamasi. 
— Yaxshi, — dedi qushbegi, — aytingiz-chi, qirq kunlab Marg‘ilonda qolishingizning 
sababi nima edi? 
— Ma’lumki, hozir Toshkand qamal (muhosara) holatidadir. Shunday vaqtda 
Toshkandga qaytish o‘zi aqlsizlik bo‘lar edi. 
— Qorachoponchi bo‘lg‘aningiz uchun, — dedi isteh-zo qilib qushbegi, — qipchoq 
og‘aynilardan qo‘rqdin-gizmi? 
— So‘zingizga tushunolmayman, — dedi kulib Otabek. Bu gapni oddiy kishiga 
aytkandek qilib so‘zladi. Qutidor uning bu aytkan gapidan emas, kulishidan nihoyat 
darajada qo‘rquvg‘a tushib o‘zida issiqliq-sovug‘liq bir holat his etkan edi. Hokimlarga 
garchi to‘g‘ri bo‘lg‘anda ham dag‘alroq so‘z aytish o‘limni tilash bilan teng edi. O‘tabboy 
qushbegi zamona hokimlarining tuzugi bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lmasa ozroq ular-ning ta’siri 
bunda ham bor edi. Otabekning bu gapidan qizishdi: 
— Qipchoq dushmani bo‘lg‘an otangiz Yusufbek hojini unutdingizmi? Otangizning 
sizga bergan vakolati qayerda qoldi? 
— Qipchoq dushmani kim, otam kimga qanday vakolat bergan, xudo haqqi uchun 
ochib so‘zlangiz, yo‘qsa yorilaman, taqsir! 
— O‘zingizni tag‘ofulga solmangiz, bek yigit, — dedi qushbegi, — otangizning kim 
ekanini, sizni Marg‘ilonga nima uchun yuborg‘anini, qutidor bilan munda qanday ishlar 
qilmoqda bo‘lg‘anlig‘ingizni, barchasini hujjatlari bilan bilamiz. Siz marg‘ilonlik 
og‘aynilarni qipchoqlarg‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lasiz, buni ham yaxshi bi-lamiz!.. 
Otabek 
Qutidor 
Otabek azbaroyi bo‘g‘ilib ketkanidan ko‘kimtil tovlang‘an, qutidor bezgaklardek titray 
boshlag‘an edi. Otabek o‘zini kuch bilan yig‘ishtirdi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin