Узбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Har-xil yoshli futbolchilarning o’yindagi harakatlar ko’rsatkichlari [Al-Xilol]



Yüklə 482,5 Kb.
səhifə22/41
tarix04.01.2022
ölçüsü482,5 Kb.
#50991
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Yosh futbolchi bolalarda tezkorlik jismoniy sifatini tarbiyalash

Har-xil yoshli futbolchilarning o’yindagi harakatlar ko’rsatkichlari [Al-Xilol]




Harakatlar nomi

O’yindagi xatti -harakatlar soni

O’yindagi masofalar

Sport ustalari

Yoshlar

Sport ustalari

Yoshlar

1.

Tez yugurishlar [rivok]

245

378

3500

5020

2.

Tez to’xtash bilan tugaydigan yugurishlar

145

405

2050

4455

3.

Yunalishni o’zgartirib yugurishlar

120

230

2440

4296

4.

To’p olib yurishlar

109

190

1440

2165

5.

Oyoqlar bilan zarbalar

321

475

5888

7728

6.

Bosh bilan zarbalar

39

85

471

885

7.

Jarima va erkin to’plar

24

29

436

597

8.

Burchak to’plari

6

12

194

332

9.

Darvoza yonidan to’p o’yinga kiritishlar

15

28

339

749

10.

To’p tuxtatishlar

144

264







11.

Turtishlar

33

155







12.

Tuknashuvlar

103

70







13.

To’p otishlar

21

18







14.

Sakrashlar

69

35







15.

Yikilishlar

34

78






V.D.Kudryavstev [47] tadqiqotida shuni ta’kidlaydiki, 11-14 yoshli futbolchilarda jismoniy jihatlar tezkorlik, kuchlilik sifatlari hamda texnik-taktik o’sishlari deyarli bir xil bo’ladi. Lekin juda tez sifatlarning o’sishi 12-14 yoshda kuzatilar ekan.

I.M.Asovichning [16] ta’kidlashicha 11-19 yoshli futbolchilar-ning tezkorlik sifatini o’stirish dinamikasi quyidagi rivojlanishlarga bog’liq bo’ladi:

A. har-xil yoshdagi sportchilarning tezkorlik sifatining o’sishi va o’zgarishi bir xil emasdir. Tezkorlik sifatining yuqori o’sish darajasi 14-16 yoshli futbolchilarda kuzatilar ekan;

B. 11-13 yoshli va 17-18 yoshli futbolchilarning o’sish tendenstiyasi va stabilizastiyasining ma’lum bir rivojlanishi ahamiyat kasb etadi;

V. Tezkorlik sifatining qanchalik o’sganligini 18 yoshdan o’tgan futbolchilarda sistemali sport mashg’ulotlarida kuzatish mumkin;

V.G. Makarenko [53] jismoniy sifatlarni o’sishini etaplarga bo’lib chiqdi:

1. Tezkorlik. 10 yoshdan 15 yoshgacha

2. Chidamkorlik. 10 yoshdan 16 yoshgacha va 18 yoshdan yuqorilarga

3. Tezkorlik kuch sifatlari. 11 yoshdan 16 yoshgacha, deb belgiladi.

D.V.Chulibaevning [70] ta’kidlashicha, futbolchilarda tezkorlik sifatini oshirish dinamikasi quyidagicha harakterlanadi:

A. natijalarning o’sishiga qarab, 15-30 metrga startdan chiqishini baholash;

B. tayyorgarlik jarayonini oxirida 60 metrga yugurish natijasini ma’lum bir oshirish;

V. musobaqa jarayonida 60 metrga yugurishning yuqori tezligini uzun fazalarda ushlay bilish;

G. musobaqa jarayonining tugashiga vertikal sakrashlarning yuqori natijasidan ham oshirishga harakat kilish;

V.N.Shukin [71] shuni ta’kidlaydiki, tezkorlikni oshirish uchun quyidagi mashqlardan foydalanilsa maqsadga muvofikdir: yugurayotgan vaqtlarda to’pni oyoq bilan olib yurish, yugurayotganda to’p bilan mashqlar bajarish, bundan tashkari to’pni har-xil olib yurishlar, aldab utishlar, to’p uzatishlar, darvozaga to’pni tepish usullari kiradi. Bir mashqni bajarilishi uchun o’rtacha 5-7 sekund vaqt beriladi. Yugurish oraligi 35 metr bo’ladi. Olim shuni ta’kidlaydiki, ushbu mashqlar bajarish masofasini va vaqtini taqsimlay bilish mashqning ko’p marotabalab bajarishiga bog’liq. Bu mashqlar futbolchilarning qobiliyatining o’sishiga va funkstional jismoniy sifatlarini oshishiga olib keladi.

Zamonaviy futbolni rivojlanishi uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari a’lo darajada bo’lishi kerak deb ta’kidlaydi Antonio Kordoso. Bu tayyorgarlikning zarur tomonlaridan biri tezkorlik va tezkorlik sifatidir.

Yosh futbolchilarda bu sifatlarni tarbiyalash juda ham kerakli jarayondir. Olim shuni ta’kidlaydiki, yosh futbolchilar ma’lum bir miqdorda tezlilik va kuchlilik va tezkorlik sifati bilan boshqa sport turi bilan shug’ullanayotgan sportchilardan orqada. Bu sifatlarni tarbiyalash esa 11-12 yoshdan boshlab o’rinlidir.

G.L.Drandrovning [35] ta’kidlashicha, 11-12 yoshli futbolchilarda tezkorlik sifatini oshirish ularning nerv sistemalariga uzviy bog’liqdir.

B.A.Vyatkin va V.A.Salnikovlarning ta’kidlashicha, kuchli nerv sistemasiga ega bo’lgan sportchilarni tarbiyalash jarayonida sportchining organizmiga psixologik ta’sirlar, diqqatni oshirish va optimal usullardan foydalanish kiradi.

Yillik mashg’ulotlar rejasini tuzish va mashg’ulotlar davomida sport mahoratini rivojlantirish.

Adabiyotlar tahliliga qarab ko’rganimizda yillik mashg’ulotlarni yosh futbolchilar uchun ishlab chiqilgan dasturlarining ahamiyati juda katta. Yillik mashg’ulotlar o’quv dasturlaridan kelib chiqqan holda maxsus mashg’ulotlar BO’SM lari uchun ishlab chiqilgan [60,68]. O’quv dasturlarida mashg’ulot guruhlari va sport mahoratini oshiruvchilar uchun ko’rsatmalar uz aksini topgan. O’quv dasturlarida nazariy o’quv materiallari, jismoniy tayyorgarliklar, taktik tayyorgarliklar, texnik tayyorgarliklar sportchilarga beriladigan yuklamalarning mavsumiy bo’linganligi, yuqori guruhlarga o’tish uchun berilgan normativlar alohida bajariladigan maxsus mashg’ulotlar har-xil yoshdagilar uchun mashg’ulotlarning yillik taqsimlanishlari ko’rsatilgan.

Bulardan tashqari yana bir qancha olimlarimiz yillik mashg’ulotlarni ishlab chiqishgan. Ular bu yo’llar bilan yillik mashg’ulotlarni to’g’ri bo’linganligi hamda o’quv mashg’ulot guruhlari va sport mahoratini oshiruvchilar uchun, murabbiylar uchun kerakli qo’llanmalarni yaratishmoqda.

K.S.Boranbaev [21] uz ishida 11-12 yoshli futbolchilarni o’quv mashg’ulotlari jarayonida kuch sifatlarini oshirish va sport mahoratlarini rivojlantirishlarini tahlil qildi.

Olim uz ishida yillik mashg’ulotlarga va o’yinlarga ketadigan vaqtni sport maktablari uchun ishlab chiqdi.

Ko’plab olimlarning [10,21,61,69] ta’kidlashicha 11-12 yoshli futbolchilar uchun va maxsus bolalar va o’smirlar futbol maktablari uchun, mashg’ulot uchun belgilangan soatlar ma’lum miqdorda futbolning nazariyasi va uslubiyatiga to’g’ri kelmaydi.

Ya.A.Salemning ta’kidlashicha, yillik mashg’ulot dasturida tuzilgan o’quv-mashg’ulot guruhlari uchun maxsus mashqlar oyiga 75% dan 93 % gacha to’p bilan bajariladigan mashqlardir. Bunday mashg’ulotlar hamisha ham tezkorlik sifatini oshirish uchun maxsus usullar bo’la olmaydi.

Ilmiy izlanishlarda juda ko’p ishlar o’quv-mashg’ulot jarayonining muammolari va yosh futbolchilarning tipologik va mediko – biologik ko’rsatkichlari bilan boglanib kelmokda.

G.L.Drandrov [35] ning ta’kidlashicha, mashg’ulot samaradorligini oshirish uchun yosh futbolchilarning nerv sistemasining kuchiga qarab mashq miqdorini bo’lish va rejalashtirish kerak.

V.VKovalyovaning[46] ta’kidlashicha mashg’ulot yuklamalari samaradorligini oshirish uchun sportchilarning yoshiga qarab differenstial yondashish kerak bo’ladi. Bunda mashg’ulot qo’llanmalarini sportchilarning yoshiga qarab, jismoniy yo’nalganligiga qarab yuklamalarni bo’lish kerak. Shug’ullanuvchi tanasining funkstional imkoniyatlariga qarab ular 3 guruhga bo’lingan: past natijali, o’rta natijali va yuqori natijali.

Yillik mashg’ulotlarni rejalashtirish bu murabbiylar uchun murakkab vazifalardan biridir. Bu jarayon o’ziga juda ko’p diqqat va e’tiborni qamrab oladi. Chunki rejalashtirish mashg’ulot vaqtlarini to’g’ri belgilash va bo’lish, yuqori natijalarni oshirish va samarali natijalarni keltirib chiqarishni belgilaydi [9,49,62,63].

Chet el mutaxassislari va yurtimiz olimlarining izlanishlarini umumlashtirish shuni ko’rsatadiki, tayyorgarlikning boshlangich davridagi o’quv-mashg’ulotlari ishlari quyidagi prinstiplar asosida [9,28,35,45,59] olib borilishi lozim bo’ladi:

-o’quv-trenirovka mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat o’ynab o’rganayolmayotgan yo bo’lmasa qo’pol xatolar qilib o’rganayotgan texnik priyomlar va taktik harakatlar bilan shugullantirish lozim. O’yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, birok muxim biomexaniqa asosini tashkil etuvchi harakatlarni alohida o’rgatiladi;

-texnik va taktik tayyorgarliklar bo’yicha o’quv materiallarini bosqichma-bosqich emas, balki spiralsimon urgatish lozim;

Bunda albatta quyidagi vazifalar qo’yilishi lozim:

A. Futbolchilarning texnik va taktik harakatlarini turli-tumanligi haqida keng ko’lamda tushuncha berish;

B. Eng muxim texnik va taktik harakatlarni mahorat va malaka darajasiga ko’tarish;

V. Yosh futbolchilarni tayyorlashni dastlabki bosqichida o’yin, o’quv-mashg’ulotlarining samarali vositalari va g’alaba qozonish ilmini bolalikdan o’rgatishlardir;

Ko’pchilik olimlarning fikricha [8,9,30,36,56] yosh futbolchilarning harakat aktivligini oshirishda va ularni har tomonlama tayyorlashda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

- o’yin vaqtini kamaytirish.

- o’ynaladigan ochkolar sonini oshirish, kuniga bir nechtadan o’yin o’tkazish.

- komandadagi o’yinchilar sonini kamaytirish.

- o’yin maydonini kamaytirish.

- raqiblarni tez-tez almashtirib turish.

- musobaqalarni blist – turnir shaklida o’tkazish.

Bunday mashg’ulotlarni yosh futbolchilarga samarasi o’yin vaziyatlarida kerak bo’ladigan nostandart holatdagi maxsus mashqlarni katta hajmda o’rganishga olib keladi.

Bolalar va o’smirlar [11] futboli nazariyasi va amaliyotida tavsiya etilayotgan mikrostikllar barcha davrlarda mos keladigan yillik reja uchun universaldir. Lekin bunda tayyorgarlik turlari uchun vosita va vaqtni taqqoslash foizi o’zgaradi xolos. 5-6 maxsus sinflar o’quvchilari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik davridagi vaqt 25% ga teng bo’lsa, texnik tayyorgarlikka 25%, taktik tayyorgarlikka esa 20% to’g’ri keladi.

2-jadval

Mashg’ulot davrining bosqichlar bo’yicha vositalarning foiziy nisbati






Yüklə 482,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin