164
-
ishlab chiqarish quvvatlarining tarkibi va dinamikasini, shuningdek
shu jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarni hamda jahon iqtisodiyoti
rivojlanishi
bilan taqqoslanishi;
-
mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha korxonalarning maqsadlari va
imkoniyatlarini,
ularni
eksportga
chiqarish,
quvvatlarni
texnik
ta’minlashni.
3 bosqich – strategik maqsadlarni va ustuvorliklarni aniqlash hamda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish birinchi olti
oylikda Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa iqtisodiy
organlar, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda o’rta muddatli istiqbolda
ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishlari,
ustuvorliklari va
maqsadli ko’rsatkichlarini ishlab chiqadi.
4 bosqich –makroiqtisodiy prognozlarni, maqsadli yo’nalishlarni va
rivojlanish
indikatorlarini
ishlab
chiqish.
Iqtisodiyot
vazirligi
makroiqtisodiy siyosatning muvofiqlashtirilishiga javobgar markaziy
iqtisodiy organlari bilan hamkorlikda ro’y berayotgan o’zgarishlarni
hisobga olgan holda o’rta muddatlarga ssenariyli makroiqtisodiy
prognozlarni va iqtisodiy siyosatni aniqlashtirishga oid takliflarni ishlab
chiqadilar.
Prognoz variantlarida:
-
iqtisodiyot rivojlanishining maqsadlari va ustuvorliklari;
-
tarkibiy va investistion siyosatning yo’nalishlari;
-
ilmiy texnik taraqqiyoti rivojlanishi;
-
Respublkada iqtisodiyotning ijtimoiy chegarlari
va boshqa tayanch
savollari qayta ko’rib chiqiladi.
O’rta muddatli istiqbol uchun ssenarli makroiqtisodiy prognozlarni
ishlab chiqishga asosiy talabalar bo’lib iqtisodiy organlar tomonidan
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi hisoblanadi.
Mazkur bosqich vazifalarini amalga oshirish uchun markaziy
iqtisodiy organlarning ilmiy ekspertlar, rahbar xodimlar hamda tajribali
mutaxassislari tarkibida tashkilotlararo ishchi guruh tashkil etiladi.
Tashkilotlararo ishchi guruh vazifalariga prognozning bir qancha
ssenarli variantlarini ishlab chiqish va har xil
maqsadli ustuvorliklarini
hamda siyosat vositalari o’zgarishi negizida ularning muvozanatini
ta’minlash kiradi.
Vazirlar Maxkamasida maqsadli yo’nalishlar, ustuvorliklar, ijitmoiy-
iqtisodiy rivojlanish konsepsiyalari, iqtisodiy siyosatning asosiy
yo’nalishlari hamda makroiqtisodiy prognoz variantlari ko’rib
chiqilganidan keyin belgilangan tartibda asosiy yo’nalishlar sifatida
165
vazirliklarga, tashkilotlarga, mahalliy ma’muriyatlarga, korxonalarga
etkaziladi.
5 bosqich – maqsadli va tarmoq ko’rsatkichlarini
amalga oshirish
shartlari va indikatorlarini hamda rivojlanish dasturlarini aniqlash
Iqtisodiyot vazirligi va tarmoq vazirliklari, tashkilotlar va korxonalar
iqtisodiy siyosatning ehtimolli yo’nalishlarini va hukumat yo’nalishlarini
hisobga olgan holda mustaqil ravishda o’z rivojlanishining prognoz
ko’rsatkichlarini aniqlaydilar hamda bashorat qilinayotgan davr uchun o’z
faoliyatlari haqida ularni umumlashtirish uchun hududiy va tarmoq
organlariga taqdim qiladilar.
Boshqaruvning hududiy va tarmoq organlari korxonalar bajarmoqchi
bo’lgan ishlarini umumlashtiradilar va keyinchalik Iqtiosdiyot vazirligiga
taqdim etadilar.
6 bosqich – makroiqtisodiy prognozlarni maqsadli va tarmoq
ko’rsatkichlari hamda rivojlanish dasturlari bilan muvofiqlashtirish. Bu
bosqichda Iqtisodiyot vazirligining makroiqtiosdiy
bashoratlarni real
sektorning tarmoq tashkilotlari, hududiy organlar, vazirliklar va ijtimoiy
soha tashkilotlari rivojlanish prognozlari bilan muvofiqlashtirish va
integrastiyalashtirishga oid ishlari amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi hamkorlikda davlat
ehtiyojlarini resurs ta’minotini tavsiflovchi iqtiosdiy muvofiqlashtirgich
va ko’rsatkichlar
tizimini hisobga olgan holda, keyingi yilgi davlat
byudjeti loyihasi va bashorat ko’rsatkichlarini o’zaro bog’liqligini amalga
oshiradilar.
7 bosqich – Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi
variantini taqdim etish. Vazirlar Mahkamasiga indikativ rejaning oxirgi
variantini taqdim etishi uni Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan
Hay’atda ko’rib chiqilganidan keyin Iqtisodiyot vazirligi tomonidan
amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlisga ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning indikativ rejasini Davlat byudjeti bilan bir vaqtda kiritadi.
Oliy Majlisda o’rta muddatli indikativ reja ko’rib chiqilishidan keyin
ommaviy axborot vositalarida chop etiladi.
Dostları ilə paylaş: