Kulolchilik buyumlari qadimda q o ‘lda tayyorlangan b o ‘lsa,
ko‘p o ‘tmay kulolchilik dastgohi — charx yaratilgan. Charx dastlab
er.aw . 4 minginchi yillarda Mesopotamiyada, keyinchalik Misrda
ishlatilganligi m a’lum. Charx yaratilgach, bu san’at turi bilan
erkaklar shug‘ullana boshladilar. Kulolchilikning
dastlabki ish
uslublari Osiyoning tog‘li hududlarida haligacha saqlanib keladi.
0 ‘zbek kulolchiligi ham juda qadim dan shakllangan. Qadimgi
Xorazm, Chust, Ayritom, Zamonbobo, Jonbos qal’a, Farg‘ona,
Oshqoltepa, Dalvarzin, Kaltam inor va keyinchalik K o‘hna U r-
ganch, Xorazm, Xiva,
Afrosiyob, Buxoro, Q o‘qon, Shahrisabz
kulolchiligi jahonga dong taratdi.
0 ‘zbek klassik kulolchiligi o ‘zining pishiqligi, nozikligi, chi-
royli, go‘zal
kompozitsiyasi, ranglarining o'ziga xos uyg‘unligi,
tozaligi va takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Chust
madaniyatida eramizdan aw al yashagan xalqlaming kulolchilik
san’ati yuksak san’at nam unalari sifatida nam oyon bo ‘ladi. U nda
takom illashgan
kulolchilik, gulli sopollar, naqshinkor buyum -
lam ing nodir nam unalari yaratilganligi kuzatiladi.
Feodalizm davriga oid mageriallar Afrosiyob, Buxoro, ko‘h-
na U rganch, Xorazm, Xiva,
Sam arqand, Q o‘qon, Shahrisabz
kabi shaharlarda kulolchilikning nodir nam unalari yaratilgan-
ligidan dalolat beradi. Yuksak m ahoratli xalq ustalarining nafis
san’ati tufayli o ‘zbek klassik tasviriy san’atining kulolchilik sohasi
ham o ‘ziga xos yo‘nalishda takomillashib bordi. 0 ‘zbek
kulol-
chiligida turli xildagi ornam ent va naqshlar, o ‘simlik va daraxtlar,
qush ham da hayvonlar tasviri asosida yaratilgan bezaklar, turli
xildagi ranglar o ‘z aksini topgan b o ‘lib, bu o ‘zbek san’atining
o ‘ziga xos yo ‘nalishini belgilab beradi.
XX asrga kelib, o ‘zbek kulolchiligi o ‘zining
yangi uslublari
va san’atning nozik qirralari bilan boyib, yanada rivojlanib,
yuksalib bordi. 1930—3 2 - yillarda S am arqand va T oshkent
keramika zavodlari ishga tushdi, 1943- yilda
Shahrisabz keramika
o ‘quv-ustaxonasi ishlay boshladi. So‘nggi yillarda esa G ‘ijduvon,
R ishton, F a rg ‘ona, N am angan shaharlarida q ator keram ika
zavod-fabrikalari ishga tushdiki, bular o ‘zbek kulolchiligining
yangi rivojlanish davrini boshlab berdi. Hozirgi kunda o ‘zbek