B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

9- e
rasm. 
N. Karaxan. Manzara janri. 1954-y.
tarixi ham juda qadim dan, Qadimgi Misr, Gretsiya, R im dan 
boshlanadi. Ayniqsa, Uyg‘onish davri, Yevropa va 0 ‘rta Osiyo 
passomlari bu janm ing rivojlanishida alohida maktab yaratdilar.
Maishiy janr. 
Bu janrdagi asarlarda odam lam ing kundalik 
hayoti, turm ushi, m ehnati, urf-odatlari, madaniyati, fani, dini, 
e ’tiqodi, dunyoqarashlari o ‘z ifodasini topadi. Maishiy jan r ham
qadimdan rivojlanib keldi. Ayniqsa, Uyg‘onish davri, 0 ‘rta Osiyo 
feodal davri, Yevropaning so‘nggi davrlari san ’atida bu ja n r 
alohida o ‘rin egallaydi.
Naturmort janri. 
N a tu rm o rt ja n ri — ta b ia td ag i jo n siz 
predm etlar to ‘plam ini o ‘z polotnolarida aks ettiradi. U nda gul, 
meva, r o ‘zg ‘o r buyum lari, m eh n at qurollari, o ‘quv, san ’at, 
sport buyum lari, to ‘kin dasturxon kabilar, ya’ni narsalar va 
predmetlarning bir mazm undagi to'plam i o ‘z ifodasini topadi. 
Unda jonsiz predm etlar ranglar vositasida jonli tabiatga aylanadi. 
Bu jan r Qadimgi M isr m e’morchiligi devorlariga, freskalariga 
ishlangan rasmlardan — Ellinizm mozaikalaridan boshlagandir.


9 - / rasm. 
N . Kashina. M aishiyjanr. 1948-y.
9- g
rasm. 
P. Kanchalovskiy. Naturmortjanri. 1954-y.


9- h
rasm. G. Aytiyev. 
Anamalistik janr. 1954-y.
Anamalistik — qush va hayvonlarni tasvirlash janri. 
Tasviriy 
san’atning qush va hayvonlarni ifodalaydigan bu janri, asosan, 
hayvonot olamini ifoda etadigan asarlardan iboratdir. M a’lumki, 
hayvonot olami inson va tabiat bilan birga, yonma-yon yashay- 
digan jonzotdir. Shu boisdan ham tasviriy san’at ijodiyoti bosh- 
lanishi bilanoq, bu janrga oid ilk asarlar yaratilgani m a’lumdir. Bu 
janr ko‘proq haykaltaroshlik va devoriy rasmlarda o‘z aksini topib 
keldi. Hozirgi kunda bir qator rassomlar bu janrda samarali ijod 
qilmoqdalar.
Tasviriy san’atning har bir tu r va janri o ‘zaro bog‘liq tarzda 
bir-birini to ‘ldirishi haqiqiy san’atning bosh prinsipidir.
H ar bir san’at asarini kuzatar ekansiz, siz unda portretni, 
manzarani, turm ushni, tarixni, m e’morlik obidalarini ko‘rasiz.
Siz Qadimgi Misr, Yunon, Rim, H ind devoriy relyeflaridan, 
haykallaridan tortib, ularning A froditalari, V eneralari, H ind 
O nasi va raqqosalariga, o ‘rta asr M ad o n n alari-y u , Rubeys 
go‘zallariga, R em brandt portretlariga, Delokuraning „Ozodlik 
o n a s ig a “ , 
R e n u a rn in g ra n g ta s v irla r ig a , K .B e h z o d n in g
,,Z afarn o m a“ -yu, ,,B o‘s to n “ , „Layli va M a jn u n “larigacha,
41


M .M uzahhibning ,,biavoiy“ , „Sulton Sanjar“iga, V.Vosnesov- 
ning „U ch bahodir“i, Brullovning „Pompeining so‘nggi kuni“ga, 
Belolining „C ho‘milayotgan go‘zal“iga, Repinning „Volga bur- 
laklari“ga, Levitan va Karaxanning „Oltin kuz“iga, Xruskiy va 
Mashkovlaming ,,N aturm ortlar“iga, R.Choriyevning ,,Bahor“i- 
yu, R.Ahmedovning ,,Onalik“ asarlariga nazar tashlar ekansiz, 
san’atning sehri, jozibasi, qudratini his qilasiz.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin