Akvarel bo‘yog‘i.
Narsaning o ‘ziga qarab rasm ishlash ko‘proq
qalamda bajarilsa-da, narsalar rangi, shakl va soyalarining realistik
tasvirlarini yaratishda akvarel asosiy tasvirlash vositasi hisoblanadi.
Tematik rasmlarda esa barcha faoliyat faqat akvarel b o ‘yog‘ida
olib boriladi.
Akvarel (italyancha so‘z b o ‘lib, „suvda eriydigan bo ‘yoq“
m a’nosini bildiradi) tarkibiga tabiiy bo'yoq kukuni va biriktiruvchi
m oddalar, y a’n i daraxtlar yelimi qo ‘shiladi. Akvarel b o ‘yog‘i
g‘oyat tiniq, toza va ravshandir. Akvarelda oq rang b o ‘lmaydi,
uning o ‘miga b o ‘yoqlaming tiniq, nozik, yupqa qatlami suriladi
yoki oq rangni ifoda etish uchun oq yuzaning o ‘zi qoldiriladi.
Akvarel bo ‘yog‘i Qadimgi M isrda paydo bo ‘lib, keyinchalik
Xitoy, Yaponiya, Yunoniston, Italiya va Yevropa mamlakatlariga
tarqalgan.
0 ‘rta Osiyo, jum ladan, 0 ‘zbekiston hududida yashagan xalq-
larda akvarel va boshqa bo ‘yoqlardan juda qadim dan foydalan-
ganligi m a’lum.
Feodalizm davrida akvarel va rangdan, asosan, naqsh va
m iniatura san’atida, kitob bezatishda foydalanilgan. Keyinchalik,
rassomlar ijodida, m onum ental dekorativ san’atda, maktab va
muassasalami bezatishda, o ‘quvchilarga rasm chizishni o ‘rga-
tishda, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalarda bolalami
rasm chizishga o ‘rgatishda akvareldan keng foydalanila boshlandi.
Akvarel bo‘yog‘i bilan rasm ishlash uchun maxsus mayin,
yumshoq m o ‘yqalam (kistlar) dan foydalanish zarur. M o‘yqa-
lamlar uchli, uchsiz — burchakli va yoysimon qilib qirqiladi
Dostları ilə paylaş: