Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi yoki uni
sekin-
lashtiruvchi kuchlami aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni
ko‘zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik
texnologiyalami o‘rganib, ulami o‘quv muassasalarimizga olib kirish
zarurligi uqtirilgan.
Nutqning tovush madaniyati.
Fonematik qabul qilishni, nutqning
talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika
jihatidan yaqin tovushlami (qattiq
va yumshoq, jarangli va jarang-
siz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri
talaffuz
etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlami
to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va ba-
landligini beixtiyor tartibga solishni о‘rgatish.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Nutqning tovush madaniyati tushunchasiga ta ’rif bering.
2. Maktabgacha ta ’lim yoshidagi bolalarda nutq madaniyatini
rivojlantirishga doir vazifalar nimalardan iborat?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qanday
amalga oshiriladi?
4. Bolalar nutqini rivojlantirish qanday qonuniyatlami hisobga
olishni talab etadi?
5. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqining funksiyalarini
bilasizmi?
6. Nutqning tovush madaniyatiga doir qanday ishlarni amalga
oshirish mumkin?
7. Nutqni rivojlantirishning uch bosqichi nimalardan iborat?
8. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqining tovush
madaniyatini tarbiyalashda qanday ishlar amalga oshiriladi?
174