Babayeva d. R


  Babayeva D.R. Tevarak-atrofni o ‘rganishda maktabgacha katta



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

20 
Babayeva D.R. Tevarak-atrofni o ‘rganishda maktabgacha katta
yoshdagi bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish: Pedagogika fanlari
nom zodi.... diss. - Т., 2001. - В 25.
167


o‘ziga, o‘z ishlari va kechinmalariga e’tibomi jalb qilish, bir-biri- 
ni tushunish, sherigining xulqiga, fikr va hissiyotlariga ta’sir qi­
lish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zining va birga o‘ynayotgan 
o‘rtoqlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. 
Nutq atrofdagilar haqidagi bilimlaming muhim manbai, tabiat, nar­
salar va kishilar olami haqidagi tasawurlami qayd etish vositasi, 
bilish faoliyatining vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha katta 
yoshdagi bola uchun nutq obyektiv munosabatlaming alohida so- 
hasi bo‘lib, bola ulami so‘zlar, tovushlar, qofiyalar, ma’nolar bilan 
o‘ynash orqali anglab yetadi.
Bola o‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish 
uchun o'zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan va noixtiyoriy 
vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar- 
dan, mimika va harakat) va bevosita nutqning o‘zidan foydalanadi. 
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas indi­
vidual portretini hosil qilgani holda o‘zaro birgalikda mavjud bo‘ladi.
Dialogni rivojlantirish faqatgina nutqning muayyan kompozitsion 
shaklini o‘zlashtirishdai iborat bo‘lib qolmay, balki u bolaning ijti­
moiy jihatdan rivojlani; hi va uning shaxsi shakllanishining muhim 
tarkibiy qismi bo‘lib ham hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat 
xabar qilishga (intellekfual mazmundagi xabarga) va o‘z manfaat- 
lariga yo'naltirilishni, balki sherigining mavqeini, uning manfaatlari, 
istak-xohishlari va kayfiyatini ham hisobga olishni nazarda tutadi. 
Dialogda nutqiy harakatlami muvofiqlashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sherigini tushuna olish, uning nuqtayi nazarini qabul qilishni bilishga 
ham bog‘liqdir. Bunday tajribani bolalar o‘zaro uyushgan faoliyatda 
(birgalikda yasash, rasm chizish, hikoya qilish, jamoaviy o‘yinlar) 
orttiradilar. Tengdoshlar bilan muloqotda bola nutqi mazmunlilik 
(muloqot vaziyatidan qat’i nazar til vositalaridan foydalanish asosida 
mazmunning tushunarliligi) kasb etadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalaming dialogik muloqoti jara­
yonida nutqning yangi shakli - monolog vujudga keladi va shaklla- 
nadi. U bolaning o‘z fikrlari, hissiyotlari, atrofdagi olam haqidagi bi- 
limlari bilan o‘rtoqlashishni istashi tufayli vujudga keladi. Bunda nutq 
qisqa hikoya shaklida ro‘y beradi. Hikoyada bolani hayron qoldirgan
168


va hayajonga solgan qandaydir qiziq narsa (yangi o‘yinchoq sotib o- 
lish, oila a’zolarining kulgili vaziyatlarga tushib qolishi va h.k.) aks 
etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklami hikoya qilish, 
multfilmlar mazmunini aytib berish, o‘qigan narsalarini aytib be- 
rishni yaxshi ko‘radilar.
Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning shiddat bilan rivojla- 
nishi, til borlig‘ini eng oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha 
katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuq hisoblanadi. So‘zga 
nisbatan lingvistik munosabat tovushlar, qofiyalar, mazmunlar bilan 
to‘satdan boshlangan o‘yinlar, so‘z mazmuni, ulaming jaranglashi 
va mazmuni haqidagi masalalarda ko‘rinadi. Til borlig‘mi anglash 
uning barcha - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. 
Nutqqa nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomillashtirishga (an- 
tonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so'zlami tushunishga), nutqning 
tovush madaniyatini (tovush talaffuzi, talaffuz, tinglay olish qobiliya- 
ti, ohang ifodaliligi) rivojlantirishga, nutqning grammatik to‘g‘riligini 
(morfologiya, so‘z hosil qilish, sintaksisni) shakllantirishga, ravor. 
nutqni rivojlantirishga ta’sir qiladi.
! Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligins. 
,«shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishs 
hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq 
To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari - mor- 
fologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllaming turli-tumanligini 
o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilish­
da, (non uchun - nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda 
(og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta 
qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita 
nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning 
grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir. 
Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan 
mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda gram­
matik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi.
3. 
Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush 
madaniyatini tarbiyalash. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash 
ona tilidagi tovushlami aniq aytish, ularni to‘g‘i talaffuz etish, so‘zlar
169


va iboralami aniq talaffuz qilish, to‘g‘ri nutqiy nafas olish, shuningdek, 
ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning nor­
mal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, 
mantiqiy sukut, urg‘ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllanti- 
rishni o‘z ichiga oladi. Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni 
tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi zamonaviy ona tili (o‘zbek, rus 
tillari va boshq.) kurslariga, adabiyotshunoslik asoslarini o‘zida 
jamlagan bolalar adabiyotiga, umumiy, bolalar va pedagogik psi- 
xologiyaga, umumiy va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika- 
siga tayanadi.
Metodikaning mazmuni va uni amalga oshirishning yetakchi 
g‘oyalari sifatida quyidagilar chiqadi:
• bolaning qadr-qimmatini va uning o‘ziga xosligini tushu­
nish, bola nutqini «yaqin rivojlanishi hududi»ga qarab rivoj- 
lantirishni ko‘zda tutgan holda rivojlantirish xususiyatlarini 
hisobga olish;
• pedagogik muloqotning bola bilan emotsional aloqa o‘ma- 
tishga, u bilan dialogik hamkorlik qilishga yo‘naltirilganligi;
• 
maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni maxsus o'rgatishning 
asosini kommunikativ yondashuv tashkil etishi lozim bo‘lgan 
nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida amalga oshirilayotgan 
ijodiy jarayon sifatidagi ahamiyatini tan olish.
Nutq madaniyatini rivojlantirishga oid ishlarga kasbiy tayyorlik 
shakllanganligi mezoni sifatida quyidagilar chiqadi:
• 
nutqni rivojlantirish kursini o‘rganish va bolalar bilan ishlash- 
ga mas’uliyat bilan yondashish;
• bolalar nutqini rivojlantirish mexanizmi va xususiyatlari, nut­
qiy faoliyatning nazariy asoslari, yakka tartibda nutqiy rivojla- 
nishni diagnostika qilish tamoyillari va metodikasi, nutqning 
turli qirralarini rivojlantirish metodlari va vositalarining o‘ziga 
xos xususiyatlari haqidagi bilimlaming to‘liqligi va izchilligi;
• bolalaming nutqiy muloqoti natijalarini mos ravishda 
tahlil qilish hamda baholash, bola nutqiga pedagogik ta’sir 
ko‘rsatishning maqbul tizimini tanlash va qoilashga qodirlik.
170


Nutqni shakllantirishning muhim vositasi bo‘lgan badiiy adabiyot 
bola nutqini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Bolalarning ushbu 
san’at turini qabul qilishidagi о‘ziga xosliklar, maktabgacha tarbiya 
muassasasida kitoblar yordamida amalga oshiriladigan ishlar maz- 
muni va metodikasi tegishli mavzuda ochib beriladi.
Nutqdagi buzilishlar - inson ahvolini baholashda til parametrlari 
yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyat- 
larda (ruhiy zo‘riqish, siqilish paytida) yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan 
odamlarda fiziologik parametrlar bo‘yicha ayrim nuqsonlar sezil- 
maydi. Ammo ulaming nutqi mutaxassis bo‘lmagan odam tushunishi 
qiyin bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ko‘pincha faqat til mezonlarigina 
bunday holat yuz berishidan dalolat berishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish - bu murak- 
kab ruhiy jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qi- 
lishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umurr an muloqot faoliya- 
tini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi 
bilan bog‘liqdir. 
i
Bolaning borliqning yangi tomonlariga уо‘ш ltirilganligi: amaliy 
faoliyatdan olamni, so‘ngra odamlami, ulaming munosabatlarini 
o‘rganishga o‘tish yangi maqsadlarga xizmat qil; vchi yangi muloqot 
vositalari zaruratini keltirib chiqaradi.
Bola leksikasini kengaytirish, uning o‘z kechinmalarini yanada 
keng va xilma-xil ifodalashni o‘zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi.
Nutq madaniyatini zamonaviy va to‘laqonli Tivojlantirish uchun 
atrofdagi odamlar bilan o‘zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo‘lgan 
ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni egallab olishla- 
rining sababi ulaming muloqot faoliyatlarining 

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin