limiz ertak bo‘yicha bola o‘z fikrini bildirishga qaratilgan. Uchin-
chi savolimiz esa, nutqning ifodaviyligini talab etadi.
II. Rivoyat.
Bir kampiming o‘g ‘li bor ekan. Uning xotini va to ‘rt yoshli
o ‘g‘li bor ekan. Nabira buvisini nihoyatda yaxshi ko‘rarkan. Har
kuni kelin ovqat pishirib qaynonasiga yog‘och kosa, yog‘och
qoshiqda ovqat berar ekan. Nabira buni kuzatib borar va ajablanar
edi. Bir kuni kelin o‘g‘li yog‘ochdan nimadir yasayotganini ko‘rib
qolibdi.
Nima yasayapsan, bolam? deb so‘rabdi onasi.
Siz bilan otamga tovoq yasayapman. Katta bo‘lganimda siz-
larga shunda ovqat beraman, debdi o‘g‘il. Kelin o‘z qilmi-
shidan pushaymon bo‘ lib, qaynonasiga mehribon bo ‘ la bosh-
labdi.
Bir kundan so‘ng har bir bolaga mazkur rivoyat bo‘yicha quyidagi
savollar berildi:
Kelin qaynonasiga ovqatni nimada berar edi?
Kelin o‘g‘li yog‘ochd; n nimadir yasayotganini ko‘rib, nima
qilayapsan bolam, deb ;o‘raganda qanday javobni eshitdi?
Keyin nima bo‘ldi?
1
III. «Cho‘loq jo ‘ja» o‘yim.
Bu o ‘yinda bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Polga
beshta tayoqcha to‘rtta katakli narvon shaklida tashlab qo‘yiladi.
Har bir katakchaga bittadari stol qo‘yiladi. Stolga o‘tilgan mav
zular bo‘yicha o‘qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlan-
gan rasmlar joylashtiriladi. «Cho‘loq jo ‘ja» poldagi bola o‘ynab
sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo‘yicha
savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera
olmasa bir oyoqda turib, ya’ni joyiga borib o‘tiradi. Agar xato
qilsa, bir oyoqda sakrab boradi. Bu o ‘yinda quyidagi savollarga
javob berish talab qilinadi:
•
Ertakning nomini aytib bering.
•
Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.
•
Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.
Dostları ilə paylaş: