asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish, ya’ni o‘qitish jara-
yonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil
ketma-ketlikda turli vosita,
metodlami qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning
ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.
Pedagogik faoliyat
- ta’lim maqsadlarini
amalga oshirishga qara-
tilgan ijtimoiy faoliyatmng alohida turi.
Tarbiya
- 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish,
voyaga yetka-
zish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.
2. Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy
va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi.
3. Parvarish, qarov:
1) tarbiyalab katta qilmoq,
voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ul-
g‘aytirmoq;
2) ilm-hunar bermoq, odob-axloq o‘rgatmoq, tarbiyalab biror xis-
lat-fazilatni singdirmoq;
3) parvarish qilmoq.
Ta’lim
- 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining
yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlaming ijtimoiy
ong sifatida u yoki
bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga
ongli
у о ‘ naltiri lgan ijtimoiy lashish j aray oni;
2) muayyan bilimlami egallash g‘oyaviy-axIoqiy, qadr, malaka,
ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim
va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim;
3) o‘quvchilarga nazariy bilimlami berish asosida ularda amaliy
ko‘nikma va malakalami shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini
o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltiri lgan jarayon.
Dostları ilə paylaş: