Bunday obrazlar, garchi yozuvchi yashab turgan jamiyatda bo’lmasa-da, yozuvchi orzu qilgan voqelikning ifodasi hisoblanadi.
TARIXIY OBRAZ
Oybekning “Navoiy” romanidagi Navoiy, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”idagi Bobur, O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”dagi Ali Qushchi
ADABIY PERSONAJ
Muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum xususiyatlarini va iroda yo’nalishini to’la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakter
ALLEGORIK OBRAZ
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asaridagi Toshbaqa, Chayon, Maymun, Tuya, Bo’taloq kabilar
PERSONAJ
O‘yin ijtimoiy tajribalami o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N. Leontev o‘yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda. Amaliy o‘yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar.
Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z-o‘zidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin subyekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli biroz kamayib boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi.
Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi.
O‘yin inson hayotining hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada o‘yinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qo‘llaniladi:
- tushuncha, mavzu va alohida bo‘lim mohiyatini o‘zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;
- o‘quv mashg‘uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;
- sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri (“Zakovat”, “Bilimon”, “Huquq fani bilimdoni” va b.) sifatida.
O‘yinning mohiyati va tuzilishi ma’lum ko‘nikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun o‘yin davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishda o‘qituvchi pedagogik vazifalarini ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur.