15-MAVZU. OBRAZ VA PROTOTIP MUNOSABATI. G\'ANIYEVA MAHLIYO. KURS ISHI
XULOSA VA TAVSIYALAR Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, obraz umumlashmalik va individuallik qonuniyatlarining birlashuvidan yuzaga kelar ekan, ularni san’atkor dilidan o’tkazib o’zligini qo’shib tasvirlar ekan, albatta, unda badiiy to’qimaning fantaziyaning qay darajadadir qudrati qo’shilgan bo’ladi. “Obraz badiiy to’qima yordamida yaratilgan estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma ayni choqda aniq manzarasidir”.
Adabiyot – insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning fe’l - atvorlariga – xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo’lishi talab qilinadi.
Mustaqil Respublikamiz kelajagi, ravnaqi yoshlarimizning yuqori ma’naviyatli, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalariga ega shaxs sifatida shakllanib borishiga bog‘liq. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, davlatimiz xalqimizning buyuk ma’naviyatini tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsadiga juda katta ahamiyat berib kelmoqda.
Inson uchun eng go’zal narsa hayotdir. Hayot va inson – adabiyot va obrazning asosidir. Demak, adabiyot ham, obraz ham hissiyotimizga ong-shuurimizga ta’sir etadi. Muayyan bir tuyg’u yoki to’g’rirog’i tuyg’ular silsilasini uyg’otadi, kitobxonnig hislarini qo’zg’atish tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni uyg’otmoq orqali jonlantirish – estetik ta’sirdorlik ekan, badiiy obraz mag’zi to’q, hayotiy, umrboqiy bo’lgandagina badiiy qimmati bo’ladi.
Obrazlilk badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o’zida tashiydi. Shu sabab obraz tushunchasi adabiyot ilmining bosh masalalaridan sanaladi.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasida o’yin orqali darslarni to’g’ri tashkil etish dolzarb muammolardan biridir. Didaktik o’yin ta’lim jarayonini faollashtiruvchi pedagogik usullar orasida alohida o’rin egallaydigan ta’limiy-o’yin bo’lib, u o’zida maqsadga yo’naltirilgan mutaxasislikning kasbiy faoliyatini qamrab oladigan o’zaro bog’liqlikni mujassamlashtiradi.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasida o’yin orqali darslarni to’g’ri tashkil etish dolzarb muammolardan biridir. Didaktik o’yin ta’lim jarayonini faollashtiruvchi pedagogik usullar orasida alohida o’rin egallaydigan ta’limiy-o’yin bo’lib, u o’zida maqsadga yo’naltirilgan mutaxasislikning kasbiy faoliyatini qamrab oladigan o’zaro bog’liqlikni mujassamlashtiradi.
O‘yin texnologiyalaridan “Badiiy obraz, xarakter, personaj” modulini o‘qitish jarayonida foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarga ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni immitatsiyalash, ya’ni hayotiy voqelik, hodisalar misolida amalda qo‘llash uchun muayyan sharoitlarni yuzaga keltiradi. Talabalar rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari yordamida o‘zlari o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni mustahkamlaydilar, mavjud bilimlarni amaliyotda bevosita qo‘llash ko‘nikma va malakalariga ega bo’ladilar. O‘yin texnologiyalari bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy faolliklarini oshirish, mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Shu bilan birga o‘yin texnologiyalari vositasida talabalar mutaxassis va fuqaro sifatida o‘z-o‘zini anglab yetadilar, jamiyat hayotining muayyan sohalarida faoliyatni tashkil etish, jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatish uchun imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
O’yin faoliyati tomonidan yondoshganda didaktik ta’limiy o’yin – bu ta’lim oluvchilarning ijtimoiy va predmetli faoliyatni o’yin jarayonida, o’yin qoidalariga singdirilgan kasbiy faoliyatning shartli vaziyatlari orqali muammolarning yechimini topishda amalga oshiriladigan bilish va o’zlashtirishdir. Xullas, ta’lim faoliyatini tashkil etish nuqtai nazaridan bu murakkab pedagogik texnologiya talabaning o’quv-ta’limiy faoliyatini maxsus tashkil etishni o’zida mujassamlashtiradi.