Badiiy obraz, xarakter, personaj, qahramon


Adabiy personaj (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) –



Yüklə 173,94 Kb.
səhifə11/14
tarix21.12.2023
ölçüsü173,94 Kb.
#188617
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
15-MAVZU. OBRAZ VA PROTOTIP MUNOSABATI. G\'ANIYEVA MAHLIYO. KURS ISHI

Adabiy personaj (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) – muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo’nalishini to’la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakterdir. Shunga ko’ra har bir adabiy personaj, ayni chog’da, mukammal xarakterdir. Shu ma’noda Yo’lchi (“Qutlug’ qon”), Saidiy (“Sarob”), Otabek (“O’tgan kunlar”), Hamlet (“Hamlet”), Otello (“Otello”), Qori Ishkamba (“Sudxo’rning o’limi”), Ulug’bek (“Ulug’bek xazinasi”), Zaynab (“Zaynab va Omon”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabilar adabiy personajlardir. Chunki ularning har birida – muayyan ijtimoiy hayotning bosh haqiqatlari va xususiyatlari, davr odamlari qalbidagi hokim va yetakchi tuyg’ular ta’sirchan ifodasini topadi.
Adabiy personajlarda insonga xos xususiyatlar shunchalik aniq va umumlashgan tarzda aks etadiki, ular umuminsoniy va umriboqiy xususiyat kasb etadi, davrlar, asrlar o’zgarsa-da, ular insonlarning xarakterli xislatlariga esh bo’laveradilar. Jumladan, o’ta rashkchi, ishonuvchan odamlarni – Otello, sevgi yo’lida iztirob chekuvchi, atrofidagi odamlarni “ko’rmaydigan”, “sezmaydigan” darajadagi oshiqni Majnun deb yuritish hamon amaldadir.
Adabiyot – insonshunoslik ekan, adabiy asardagi obrazlar hayotdagi kishilarning fe’l - atvorlariga – xarakterlariga muvofiq kelishi, eng asosiysi, hayotiy bo’lishi talab qilinadi.


«DOMINO» o‘yini

«Domino o‘yini»ni o‘ynashda to‘g‘ri to‘rtburchakli kichik qog‘ozni dominodek o‘rtasiga chiziq tortib, chap tarafida savol, o‘ng tarafida umuman boshqa savolning javobi yoziladi, ana shunday dominolardan bir nechta 10-12 ta qilib tayyorlanadi. O‘yin oldidan hakamlar hay’ati saylanadi, 3-4 ta o‘quvchi (guruh) o‘ynaydi.


O‘yinning kechishi: bir o‘quvchi bitta dominoni qo‘yadi, bu dominoning chap tarafidagi savolga javob kimda bo‘lsa, shu o‘quvchi dominosini qo‘yadi, bu dominoning ham chap tarafidagi savolga keyingi o‘quvchi dominosini qo‘yadi yoki o‘sha javobning egasi javob beradi. Shu dominolarni to‘rtburchak shaklida terib, oxirgi dominoning savoliga birinchi qo‘yilgan dominoning javobi to‘g‘ri kelishi kerak, ya’ni «domino» hosil bo‘ladi.
Kimda dominochalar tez tugasa, shu o‘yindan tez chiqadi va ko‘proq ball oladi. Agarda savollarga noto‘g‘ri javob berilsa, unda kerakli shakl hosil bo‘lmaydi, to‘rtburchak ochiq qoladi.
Bu o‘yinning ta’limiy maqsadi o‘quvchilarning darslarda olgan bilimlarini tez va ongli ravishda amalda qo‘llay bilishni o‘rgatishdir.
1-guruh uchun “Domino”:

P.Qodirovning “Ona lochin vidosi” romanidagi Ibn Ali, Ahmad Tarxon, Bobo Husayn, Habiba Sulton, Robiya Sulton, Uvays Tarxon, Sherhoji kabilar




Yüklə 173,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin