Baholash ishi



Yüklə 53,98 Kb.
səhifə2/8
tarix07.09.2022
ölçüsü53,98 Kb.
#63468
1   2   3   4   5   6   7   8
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza.Hisobot(1)

Xizmatlar
Veritas MChJ quyidagi ob’ektlarni baholashni taklif qiladi
Biznesni baholash
Aktsiyalarni, qimmatli qog'ozlarni baholash
Banklarni baholash
Korxonalarni baholash
Nomoddiy aktivlarni baholash
Er uchastkalarini baholash
Uskunalar va mexanizmlarni baholash
Ko'chmas mulkni baholash
Zargarlik buyumlarini baholash
Transportni baholash
Qo'shimcha xizmatlar
Lizing ob'ektini baholash
O’zbekiston Respublikaining “baholash faoliyati to’g’risida”gi qonunining 10-moddasiga ko’ra baholash faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
ilg‘or xalqaro amaliyot asosida baholash faoliyatini va baholash xizmatlari bozorida halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ob’yekt qiymatini baholashning roli, ahamiyatini hamda baholovchi tashkilotlarning ko‘rsatilayotgan baholash xizmatlari sifati uchun javobgarligini oshirish;
baholovchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
baholovchi tashkilotlar ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ishbilarmonlar hamjamiyatining baholovchi tashkilotlar ishi natijalariga bo‘lgan ishonchini saqlab turishga qaratilgan ta’sirchan tizimini shakllantirish;
mahalliy baholashni xorijiy baholash xizmatlari bozorlariga olib chiqish;
yoshlarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanishga jalb qilish hamda professional jamoat tashkilotlarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikaining “baholash faoliyati to’g’risida”gi qonunining 15-moddasida baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning kasbiy darajasini oshirishga va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadlarida faoliyat yuritishi haqida aytib o’tilgan.
Baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlari:
test savollarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
baholovchilarning professional xulq-atvor kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishini tizimli monitoring qilishni ta’minlaydi;
baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
baholovchi tashkilotlar faoliyati reytingi o‘tkazilishini tashkil qiladi hamda har yili 1 maygacha uning natijalarini o‘z veb-saytlarida e’lon qiladi;
o‘z a’zolari reyestrlarini yuritadi va ularni o‘z veb-saytlariga joylashtiradi;
o‘z a’zolarining faoliyatini ularning mazkur Qonun, baholash standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Baholovchilarning professional xulq-atvor kodeksi talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat qiladi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarlik uchun professional jamoat tashkiloti belgilagan miqdorda va tartibda o‘z a’zolarini jarimaga tortadi;
vakolatli organga baholovchi tashkilotlarni mazkur Qonun, baholash standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun baholovchilar reyestridan chiqarish to‘g‘risida taqdimnomalar yo‘llaydi;
vakolatli organ komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
o‘z a’zolarining axborot va uslubiy ta’minotini tashkil qiladi;
vakolatli organ bilan birgalikda o‘z a’zolariga nisbatan ularning ishi sifatini tashqi nazorat qiladi va uning natijalarini o‘z veb-saytlarida e’lon qiladi;
baholash faoliyati bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etadi;
baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini ta’minlaydi hamda yil yakunlari bo‘yicha 10 yanvargacha vakolatli organga baholovchilarning o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslaridan o‘tgani haqida axborot taqdim etadi.
Professional jamoat tashkilotlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari ularning barcha a’zolari uchun majburiydir.
Baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotlarining faoliyati kirish va a’zolik badallari, shuningdek baholash ob’yektini baholash materiallarini ekspertiza qilish uchun to‘lov hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallar va to‘lov tariflari miqdori ular a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotining rahbari va xodimlari baholovchi tashkilot ta’sischisi bo‘lish, baholovchi tashkilot shtatida turish, baholovchi tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzish, shuningdek rahbarlarga, baholovchilarga yoki baholash tashkilotlarining boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs bo‘lish huquqiga ega emas.
Baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotida va baholovchi tashkilotda bir necha lavozimda ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholash faoliyati sohasidagi professional jamoat tashkilotidagi ish rahbar va xodimlar uchun asosiy ish joyidir.
Ushbu qonunning17-moddasida aytib o’tilishicha, baholovchi ushbu Qonunda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan va baholovchilar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi bir vaqtning o‘zida faqat bitta baholovchi tashkilot tarkibida u va baholovchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishlashi mumkin.
Baholovchi ushbu Qonun va baholash standartlari talablariga rioya qilishi shart.
Baholovchi faqat bitta o‘zi ishlayotgan baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar (huquqtartibot organlari) o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis sifatida ishtirok etishi mumkin.
Baholovchi baholash haqidagi hisobotning ishonchliligini ekspertiza qilishga unda birinchi yoki oliy toifa bo‘lgandagina jalb qilinishi mumkin.
Ilgari baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganligi uchun baholovchi tashkilotlar reyestridan chiqarilgan baholovchi tashkilotga rahbarlik qilgan baholovchi vakolatli organ baholovchi tashkilotni baholovchi tashkilotlar reyestridan chiqarish haqida qaror qabul qilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida boshqa baholovchi tashkilot rahbari bo‘la olmaydi.
Baholovchi yordamchiga ega bo‘lishi mumkin. Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash ob’yektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash ob’yektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qo‘yiladi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qo‘shiladi.
Baholovchi yordamchisiga baholash ob’yektini baholashni amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
Qonunning 28-moddasida baholovchi tashkilotning bir qancha huquqlari haqida aytib o’tilgan bo’lib ular quyidagilardir:
baholash ob’yektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish erkinligi ta’minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
baholash ob’yektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy ta’sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;
baholash ob’yektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash ob’yektini baholashdan o‘tkazishni rad etish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Baholash faoyaliyati 32-moddaga ko’ra quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
ko‘char mulkni baholash, bundan qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob’yektlari va boshqa nomoddiy aktivlar mustasno;
ko‘char mulkni baholash, bundan mulkiy kompleks sifatidagi korxona mustasno;
biznesni (mulkiy kompleks sifatida korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash).
Baholash ob’yektlari haqida 36-moddada belgilab qo’yilgan bo’lib ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
alohida moddiy ob’yektlar (ashyolar);
shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;
mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;
talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);
ishlar, xizmatlar, axborot;
nomoddiy aktivlar, intellektual mulk ob’yektlari va qonun hujjatlariga fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari ob’yektlari.
2. O‘zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

Yüklə 53,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin