Gordon (doimiy o‘sish) usulida aktiv kelajakda doimiy ravishda o‘sadi yoki pasayadi.
Multiplikatorlar usuli orqali terminal qiymatni hisoblash bozor ma’lumotlari yoki bozor multiplikatorini qo‘llashni nazarda tutadi. Multiplikatorlar usulidan foydalanganda baholovchilar mazkur Standartning qiyosiy yondashuv hamda qiyosiy yondashuv usullarida bayon etilgan talablariga muvofiq harakat qilishlari kerak. Shu bilan birga, baholovchilar belgilangan prognoz davri oxirida kutilayotgan bozor sharoitlarini hisobga olishlari va tegishli tuzatishlar kiritishlari lozim.
Prognozlanadigan pul oqimining diskontlash stavkasida nafaqat pulning vaqtinchalik qiymati, balki prognoz qilinayotgan pul oqimi turiga va aktivdan kelgusida foydalanishga bog‘liq tavakkalchiliklar ham hisobga olinadi.
Daromadni kapitallashtirish usuli pul oqimlari o‘zgarmas bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bunda baholovchi:
retrospektiv va joriy moliyaviy hisobotni tahlil qilishi va zarur bo‘lsa, uni me’yorlashtirishi;
Xarajat yondashuvi baholash obyekti qiymatini baholashning baholash obyekti eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullar yig‘indisi. Ushbu mulkni o‘rnini bosish uchun asl mulkning nusxasi yoxud xuddi shunday foydalilikni ta’minlay oladigan boshqa mulkni yaratish mumkinligi nazarda tutiladi. Bunday yondashuv aktivni almashtirish yoki takror ishlab chiqarishga xarajatlarni hisoblash hamda jismoniy va boshqa o‘rinli eskirish turlariga chegirmalar qo‘llash yo‘li bilan qiymat ko‘rsatkichini olish imkonini beradi.
Xarajat yondashuvi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
ishtirokchilar baholanayotgan aktivdaga o‘xshash foydali aktivni normativ yoki huquqiy cheklovlarsiz takror ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan va bu aktivni tez yaratish oqibatida, ishtirokchi baholanayotgan aktivdan shu zahoti foydalanish uchun ko‘p pul to‘lashi shart bo‘lmaganda;
baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning o‘ziga xos xususiyati daromad yondashuvi va/yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;
qo‘llaniladigan baholash bazasi takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati kabi almashtirish xarajatlariga asoslanganda.
Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda xarajat yondashuvini qo‘llashda, xarajat yondashuvidan foydalanish doirasida olingan qiymat ko‘rsatkichini tasdiqlash maqsadida baholovchi boshqa yondashuvlarni qo‘llashi hamda natijalarini ular bilan solishtirish imkoniyatlarini e’tiborga olishi lozim:
ishtirokchilar o‘xshash foydali aktivni takror yaratish imkonini ko‘rib chiqilganda, biroq jiddiy huquqiy cheklovlar ehtimoli va aktivni yaratish bilan bog‘liq jiddiy vaqt xarajatlari mavjud bo‘lganda;
xarajat yondashuvidan boshqa yondashuvlarning asoslanganligini tekshirish uchun foydalanilganda (masalan, xarajat yondashuvini “amaldagi korxona” sifatida baholanayotgan biznesni tugatish qiymati bazasida ko‘proq qiymatga ega bo‘lishi mumkinligini tekshirish uchun qo‘llaniladi);
aktiv yaqinda yaratilganda, bunda xarajat yondashuvida qo‘llanilgan farazlar yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘ladi.
Xarajat yondashuvi quyidagi asosiy usullar orqali hisoblanadi: