Baholash ishi


almashtirishning qoldiq qiymati usuli



Yüklə 53,98 Kb.
səhifə8/8
tarix07.09.2022
ölçüsü53,98 Kb.
#63468
1   2   3   4   5   6   7   8
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza.Hisobot(1)

almashtirishning qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni teng qiymatli foydaliligi taklif qilinadigan o‘xshash aktivga xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli, bunda qiymatni aktivning aniq nusxasini yaratishga ketgan xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;
komponent usuli, bunda uning yordamida aktiv qiymati uning tarkibiy qismlarining alohida qiymatlarini qo‘shish orqali hisoblanadi.
Qoida tariqasida, almashtirish xarajatlari aktivning aniq jismoniy xususiyatlari uchun emas, balki aktivning foydaliligi uchun to‘laydigan narxni aniqlashga aloqador xarajatlarini o‘zida aks ettiradi. Bunda almashtirish xarajatlariga jismoniy va boshqa barcha tegishli eskirish shakllarini hisobga olib tuzatish kiritiladi. Bunday tuzatishlarning barchasi amalga oshirilgandan keyin ularni almashtirishning qoldiq qiymati deb atash mumkin.
Almashtirishning qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
teng qiymatli foydali aktivni yaratish yoki sotib olish istagida bo‘lgan ishtirokchi amalga oshiradigan barcha xarajatlarni hisoblash;
baholanayotgan aktivning jismoniy, funksional va tashqi eskirishi munosabati bilan qanchalik qadrsizlanishi mumkinligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami eskirish-qadrsizlanishni chegirish.
Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
zamonaviy ekvivalent aktivga qilingan xarajatlar baholanayotgan aktivning aniq nusxasini yaratish xarajatlaridan yuqori bo‘lganda;
baholanayotgan aktiv beradigan foydalilikni zamonaviy ekvivalent aktiv emas, balki uning aniq nusxasi ta’minlashi mumkin bo‘lganda.
Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
baholanayotgan aktivning aniq nusxasini yaratish maqsadini qo‘ygan odatiy ishtirokchining barcha sarf-xarajatlarini hisoblash;
baholanayotgan obyektda jismoniy, funksional yoki tashqi eskirish oqibatida qandaydir qadrsizlanish bor-yo‘qligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami amortizatsiya summasini chegirish.
Komponent usuli, qoida tariqasida, investitsiya kompaniyalariga yoki qiymati birinchi navbatda ularning qo‘yilmalari yoki mulki bilan belgilanadigan korxonalarga yoki aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi. Komponent usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
tegishli yondashuvlar va baholash usullarini qo‘llagan holda, baholanayotgan aktiv tarkibiga kiradigan har bir tarkibiy aktivni (komponentni) baholash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun barcha tarkibiy aktivlar qiymatini qo‘shish.
Xarajat yondashuvida, qoida tariqasidagi ishtirokchining barcha bo‘lajak xarajatlarini qamrab olinishi kerak.Xarajat yondashuvida “eskirish-qadrsizlanish” tushunchasi har qanday eskirishning baholanayotgan aktiv qiymatiga ta’sirini aks ettirish maqsadida teng foydalilikka ega aktivni yaratish uchun ketadigan hisoblab chiqilgan xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarga tegishli.
Eskirish bilan bog‘liq tuzatishlar quyidagilardan iborat:
jismoniy eskirish, bunda tabiiy eskirish, noto‘g‘ri foydalanish, konstruktiv nuqsonlar, shuningdek aktiv elementlarining mexanik shikastlanishlari bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yo‘qotishlar inobatga olinadi;
funksional eskirish, bunda aktivlar to‘laligicha yoki ayrim elementlariga ko‘ra bozor talablariga muvofiq emasligi bilan belgilangan aktivlar qiymatidagi yo‘qotishlar aks ettiriladi;
tashqi (iqtisodiy) eskirish, bunda aktiv qiymati mazkur baholanayotgan aktiv obyektdan tashqi omillar ta’siri natijasida pasayishi inobatga olinadi.
Eskirishlarni hisoblashda aktivning jismoniy va iqtisodiy unumli foydalanish muddati e’tiborga olinishi kerak.
Aksariyat eskirishlar turlari baholanayotgan aktivni va almashtirish yoki takror ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash uchun asos bo‘lgan gipotetik aktivni taqqoslash yo‘li bilan o‘lchanadi. Jismoniy eskirishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • bartaraf etib bo‘lmaydigan eskirish, bunda bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qo‘shiladigan qiymatidan ko‘proq bo‘ladi;

  • bartaraf etib bo‘ladigan eskirish, bunda bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida aktivga qo‘shiladigan qiymatidan kamroq yoki unga teng bo‘ladi.

  • Jami mo‘ljallanayotgan unumli foydalanish muddatini har qanday oqilona usulda, shu jumladan, yil o‘lchovidagi mo‘ljallanayotgan unumli foydalanish muddati, bosib o‘tilgan masofa, mahsulot birligi va boshqalarda ifodalash mumkin.

Funksional eskirishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • dizayn, qurilish materiallari, ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirishi oqibatida ortiqcha kapital xarajatlarining yuzaga kelishi, bular baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam kapital kiritmalarni talab qiladigan zamonaviy ekvivalent aktivlarning ko‘proq hamyonbopligiga olib keladi;

  • ortiqcha foydalanish xarajatlari, ular dizaynni takomillashtirish yoki ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin, bu foydalanish xarajatlari baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam bo‘lgan zamonaviy ekvivalent aktivlarning ko‘proq hamyonbopligiga olib keladi.

Iqtisodiy eskirish tashqi omillarning alohida aktivga yoki biznesda ishtirok etayotgan barcha aktivlarga ta’sir qilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, unga tuzatishlar esa, jismoniy va funksional eskirish hisobga olinganidan keyin kiritiladi.
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentari eskirmaydi va tuzatilmaydi. Likvidli aktivlar ularning qiyosiy yondashuv doirasida aniqlangan bozor qiymatidan past darajagacha kamaytirilmasligi kerak.
Agar baholovchilar turli yondashuv va usullardan foydalanganda qiymat ko‘rsatkichlarida jiddiy farqlar kelib chiqsa, qiymat ko‘rsatkichlari nima uchun bunday farq qilayotganini tushunish uchun tahlil o‘tkazishlari kerak, chunki qiymatning eng ko‘p farq qiladigan ikkita yoki undan ortiq ko‘rsatkichini oddiygina arifmetik muvofiqlashtirish yetarli hisoblanmaydi.
Xulosa
Tanishuv amaliyoti davomida quyidagi xulosalar olindi:
mulk qiymatini baholash prinsiplarini bilmasdan turib va baholash maqsadlarini aniq belgilamasdan turib mulk qiymatini to’g’ri va obyektiv baholab bo’lmaydi;
mulk turlari bo’yicha uning qiymatiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va tavsiflash asosida mulkni baholashning qanday yondashuv va usullarni qo’llash mumkinligini ko’rish mumkin.
Mamlakatimizda mulk qiymatini baholash metodologiyasini qo’llashga oid masalalar ahamiyatini yanada oshirish maqsadida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi:
- baholash xizmatlari va munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik huquqiy va me’yoriy hujjatlarni, xususan, baholashning milliy standartlarini takomillashtirish;
- ko’char va ko’chmas mulklarini baholash metodologiyasi va amaliyotining ahamiyati va samaradorligini oshirish;
- yuqori malakali baholovchi mutaxassislar, ekspertlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mulk qiymatini baholash metodologiyasini qo’llashga oid masalalarga katta e’tibor berish orqali milliy iqtisodiyotda mulk, uning tasnifi, tavsifi, mulk qiymatini baholashning yondashuv va usullari to’g’risidagi aniq va to’liq ma’lumotlarga ega bo’lish bilan birga, mulk qiymatiga asoslangan holda va sifatli baholanishiga erishiladi hamda korxonalarda to’g’ri qaror qabul qilishga xizmat qiladi.


Yüklə 53,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin