Baholash ishi



Yüklə 53,98 Kb.
səhifə6/8
tarix07.09.2022
ölçüsü53,98 Kb.
#63468
1   2   3   4   5   6   7   8
BBI-50 Hojiyeva E\'zoza.Hisobot(1)

Daromad yondashuvi baholash obyekti qiymatini, baholash obyektidan kelgusida kutilayotgan daromadlarni yagona joriy kiymatga keltirish orqali baholshni nazarda tutadi. Daromad yondashuvidan foydalanilganda, aktiv qiymati undan foydalanish oqibatida keladigan daromadlar yoki pul oqimlari yoxud tejaladigan xarajatlarning qiymati bilan belgilanadi. Daromad yondashuvi quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda qo‘llanilishi va uning salmog‘ini ko‘tarish kerak:

  • aktivning daromad keltirish mumkinligi, uning qiymatiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omildir;

  • baholanayotgan aktivga nisbatan bo‘lajak daromad olish summasi xamda muddatlarini ishonchli prognoz qilish mumkinligi va ayni vaqtda bozorda o‘xshash analog-obyektlar soni ko‘p emasligi (agar mavjud bo‘lsa).

Daromad yondashuvida eng muxim omil investorlarning o‘z sarmoyalaridan daromad/samara kutishlari bo‘lib, bunda daromad olishda sarmoyalar bo‘yicha aniqlangan tavakkalchilik darajalarini hisobga olishlari kerak bo‘ladi.
Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi baholash obyektidan kutilayotgan daromadni baholash sanasidagi yagona qiymat birligiga aylantirishga asoslangan quyidagi usullarning biridan foydalanadi:

  • pul oqimlarini diskontlash usuli ― baholash obyekti qiymati baholash sanasi holatiga, prognoz va prognozdan keyingi davrlardagi (davrning oxiridagi) pul oqimlarining joriy qiymatlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlashga asoslanadi;

  • daromadni kapitallashtirish usuli ― baholash obyekti qiymati yagona davrdagi daromad miqdorini ushbu daromadga mos keladigan kapitallashtirish stavkasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.

POD usuli pul oqimlari beqaror bo‘lgan obyektlarni baholash uchun qo‘llaniladi. POD usuliga muvofiq prognozlanayotgan kelajakdagi pul oqimlari baholash sanasiga qadar diskontlanadi va buning natijasida aktivning joriy qiymati aniklanadi.
Quyidagilar POD usulini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • baholanayotgan aktivning va uni baholashning xususiyatlarini hisobga olgan holda pul oqimining eng munosib turini tanlash, ya’ni real yoki nominal pul oqimlari, soliqlar to‘langunga qadar yoki soliqlar to‘langandan keyingi pul oqimlari, xususiy kapital uchun yoxud investitsiyalangan kapital uchun pul oqimlari va h.k.;

  • pul oqimi prognoz davrining davom etish muddatini aniqlash;

  • pul oqimi prognoz davri mobaynidagi pul oqimi prognozini tayyorlash;

  • belgilangan prognoz davri tugagandan so‘ng, baholanayotgan aktiv uchun prognozdan keyingi qiymatni (bundan buyon matnda terminal qiymat deb yuritiladi) aniqlash zarurati bo‘lsa, baholanayotgan aktivning xususiyatlarini inobatga olgan holda tegishli terminal qiymatni aniqlash;

  • tegishli diskontlash stavkasini aniqlash;

  • diskontlash stavkasini, zarur bo‘lganda terminal qiymatini ham hisobga olgan holda prognozlanayotgan bo‘lg‘usi pul oqimiga qo‘llash.

Prognoz davrini tanlash mezonlari baholash maqsadiga, aktivning o‘ziga xos xususiyatiga, mavjud axborotga va talab etiladigan baholash bazalariga bog‘liq bo‘ladi. Foydalanish muddati katta bo‘lmagan aktivlar bo‘yicha esa, pul oqimlarini ulardan foydalanishning butun muddati mobaynida prognozlash mumkin.
Prognoz davrini tanlashda baholovchilar quyidagi omillarni hisobga olishlari kerak:

  • aktivdan foydalanish muddati;

  • prognoz uchun asos bo‘ladigan ishonchli axborot mavjud bo‘lgan muddat;

  • aktivning va undan ko‘riladigan foydaning barqaror o‘sishiga erishish uchun yetarli bo‘lgan, undan keyin terminal qiymatni qo‘llash mumkin bo‘lgan eng kam prognoz davri;

  • davriy aktivlarni baholashda belgilanadigan prognoz davri, qoida tariqasida, imkon boricha butun davrni o‘z ichiga olishi lozim;

  • unumli foydalanish muddati cheklangan aktivlar uchun pul oqimi, qoida tariqasida, ushbu aktivdan to‘liq foydalanish muddati davomida prognoz qilinadi.

Qoida tariqasida, prognoz qilinadigan pul oqimida quyidagilardan bittasi aks ettiriladi:
shartnomada belgilangan va kelishilgan pul oqimi;
yuqori ehtimolli pul oqimi;
turli ehtimolliklarda kutilayotgan o‘rtacha tortilgan pul oqimi;
bo‘lajak pul oqimlarining bir nechta ehtimoliy rivojlanish yo‘nalishlari.
Baholovchilar terminal qiymatni hisoblashning har qanday oqilona usulini qo‘llashi mumkin. Terminal qiymatni hisoblashning turli xil usullari mavjud bo‘lib, quyidagilar eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar hisoblanadi:
Gordon (doimiy o‘sish) usuli;
multiplikatorlar usuli;
tugatish qiymati usuli.

Yüklə 53,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin