Alisher Navoiy buyuk o`zbek mutafakkiri (1441-1501), uning ijodiy faoliyati O`rta Osiyoning XV asrdagi murakkab, tarihiy sharoiti bilan bo`langan.
Alisher Navoiy buyuk o`zbek mutafakkiri (1441-1501), uning ijodiy faoliyati O`rta Osiyoning XV asrdagi murakkab, tarihiy sharoiti bilan bo`langan.
Navoiy fanning turli sohasiga doir 40 dan ortiq asarlar yozdi. Jumladan "Chor devon", "Hamsa", "Maqbul ul- qulub", "Muhokamatul lu`atayin" kabi asarlarida Sharqning il`or falsafiy va ijtimoiy an`analarini davom ettirdi. Navoiyning falsafiy qarashlari panateizmga asoslanadi. Panateizm o`rta asr sharoitida, ya`ni islom hukmron mafkura bo`lib turgan davrda il`or fikrlarni bayon etishning eng oson shakli, vositasi bo`lib hizmat qilardi.
Sharqda bu hil panateistik oqim ko`pincha tasavvuf niqobi ostida namoyon bo`lar edi. (Qarang: Osiyo halqlari hurfikrliligi tarihidan. T., Fan, 1990, 136 bet). Navoiy "Hayratul abror" dostonida o`zining falsafiy, ijtimoiy- siyosiy va ahloqiy qarashlarini bayon etdi. Navoiy ijodida o`rta asr Sharqida shakllangan insonparvar fikrlar oliy darajaga ko`tarildi. Panateizm va ratsionalizimga asoslangan holda insonning ijtimoiy taraqqiyotida katta o`rin tutishini e`tirof etib inson tabiat bilan bo`liqdir.Shuning uchun u tabiatni ardoqlashi lozimdir, deb ta`kidladi.
Komil inson ta`limotining muayyan ta`siri Alisher Navoiyning falsafiy va ahloqiy qarashlarida ham o`z aksini topgan. Uning ahloqiy ideali Suqrot, Aflotun, Arastu, Iskandar Zulqarnayn, Farhod va Shirin singari ijobiy qahramonlarning obrazlarida badiiy ifodalanadi. Shoir dostonlarida ular tarihiy shahslar sifatida talqin etilmaydi., balki uning ahloqiy dunyoqarashiga monand badiiy obrazlardir. Komil insonning real badiiy obrazlari sifatida Navoiy Ganjaviy, Bohovuddin Naqshband, Abdurahmon Jomiylarni tilga oladi. Shoir ta`rifiga ko`ra, bu shahslarda yuksak ilm (ma`rifat) va san`atkorlik, ahloqiy poklik va ma`naviy kamolot bilan uzviy ravishda bo`langandir.
Farhod komil insonga hos barcha sifatlarni o`zida mujjassamlashtiradi: Farhod- rassom, mohir usta, bilimdon, dono mutafakkir, ayni vaqtda u dovyurak jangchi hamdir. Bu obrazda Navoiy insonparvarlikning o`ziga hos hususiyatini shunday ifodalaydi. Bu insoniylik insonga nisbatan mavhum muhabbatda, insoniy his- tuy`ulardangina namoyon bo`lmasdan, balki insonga yondoshishning amaliy printsipi sifatida yuzaga chiqadi.

Navoiy halq baht- saodati uchun kurashdi, o`zaro maqsadsiz urushlarni qoraladi. Shu bilan birga mamlakatda adolat o`rnatish uchun ilm- fan, ma`rifat ravnaqi uchun halqlar do`stligini mustahkamlash uchun, odamiylik, haqqoniylik uchun kurashdi. Insoniy fazilatlarni kuyladi. Shoir o`z ahloqiy va ijtimoiy ideallarni yuzaga chiqarishning asosiy vositalarini ilm- ma`rifat va ahloqiy tarbiya deb biladi.
Buyuk shoir o`z asarlarida, hususan "Hamsa" dostonlarida ideal hayot dunyosini - odillik, muhabbat va yahshilik dunyosini yaratadi. Bu dunyoda yahshilik hamon yovuz kuchlar ustidan `alaba qiladi. Chunonchi, uning ahloqiy ideali kelajakka qaratilgan bo`lib, chuqur optimizm bilan su`orilgandir. Mutafakkir shoirning tafakkuri kuchi va badiiy fantaziyasi bilan yaratilgan ijobiy obrazlar, yuksak `oyalar va ahloqiy pirintsiplar dunyosi bizning davrimizda ham o`zining ahamiyatini saqlab qolgandir