Biokimyo va molekulyar biologiya



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

 
kofaktor
sifatida uchraydi. 


66 
Fermentlarning nooqsil tabiatli qismi (koferment yoki kofaktori) sifatida 
organik va anorganik (metallar) moddalar xizmat qilishi mumkin.
Ular kimyoviy nuqtayi nazardan quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
1. Nukleotid tuzilishiga ega bo‗lgan nooqsil moddalar. 
2. Vitaminlar va ularning hosilalari. 
3. Boshqa nooqsil tabiatli moddalar. 
4. Metallar va tarkibida metall tutuvchi nooqsil tabiatli moddalar.
 
Hozirgi kungacha 3000 dan ziyod fermentlar ma‘lum bo‗lib, ularning 
ko‗pchiligi o‗zining katalitik faolligini namoyon qilishi uchun ferment molekulasi 
tarkibida koferment yoki kofaktorlarning bo‗lishi kerak bo‗ladi. Bu fermentlar 
jumlasiga: oksireduktazalar va transferazalar, ligazalarning hammasi, liazalarning 
ancha qismi va ba‘zi izomerazalar kiradi. Yuqorida keltirilganidek, faqat 
gidrolazalar kofermentlarga ―muhtoj‖ emas, ular katalitik jarayonni molekulada 
mavjud bo‗lgan faol markaz ishtirokida amalga oshiradi. 
Kofermentlarning kimyoviy tabiati xilma-xildir. Ular orasida alifatik, 
aromatik, hamda geterosiklik tuzilishga ega bo‗lgan organik birikmalar uchraydi 
va bu kofermentlar bir komponentli va ko‗p komponentli bo‗lishi mumkin. 
Kofermentli enzimlarning 85 % nukleotid tabiatiga ega bo‗lib, ulardan 
taxminan 165 tasi NAD+, 155 tasi NADF+, 50 tasi ham NAD+ ham NADF+, 80 
tasi koenzim A va 225 tasi ATF+ tutadi. Piridoksalfosfat ham ancha keng 
tarqalgan kofermentlardan biri hisoblanadi. Qator fermentlarning tarkibida 
koferment sifatida FMN va FAD, shuningdek, xinoid tabiatli birikmalar uchraydi. 
Nukleotid fosfatli kofermentlar. 
Bunga
 
nikotinamidli kofermentlar- 
nikotinadenindinukleotid (NAD), nikotinadenindinukletidfosfat (NADF) kiradi (9-
rasm).
9-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin