16
bermaydi. Bu reaksiyadan foydalanib, oqsilning parchalanish mahsulotlarida
triptofan miqdori aniklanadi.
2.2.
§.
Oqsillarning sinflanishi.
Oqsillar ikki guruhga proteinlar (oddiy oqsillar) va proteidlar (murakkab
oqsillar) ga b
о‘linadilar. Proteinlar gidrolizlanganda
faqat aminokislotalar
aralashmasi hosil bо‘ladi. Proteidlar gidrolizlanganda esa aminokislotalar
bilan birga fosfor kislota, glyukoza, geterotsiklik birikmalar va boshqalar hosil
bо‘ladi. Proteinlar eruvchanligi va
izoyelektrik
nuqtaning holatiga qarab
quyidagi guruhlarga bо‘linadilar.
Albuminlar. Suvda eriydilar, qizdirilganda iviydilar. Tuzlarning
tо‘yingan eritmalari ta’sirida chо‘kadilar. Nisbatan katta bо‘lmagan
molekulyar massaga ega. Gidrolizlanganda katta miq
dorda glikol hosil bо‘ladi.
Tuxum, kon, sut oqsillar tarkibida uchraydilar.
Globulinlar. Suvda erimaydilar. Tuzlarning
suyultirilgan eritmalarida
eriydilar. Tо‘yingan eritmalari ta’sirida chо‘kadilar. qizdirilganda iviydi.
Tuxum, sut, non, о‘simlik urug‘la
ri tarkibida uchraydilar.
Protaninlar
. Kuchli asosli xususiyatga ega bо‘lib, tarkibida oltingugurt
bо‘lmaydi. Oddiy aminokislotalardan tarkib topgan va kichik molekulyar
massaga ega. Baliq ikrasi, jinsiy garmonlar tarkibida uchraydilar.
Dostları ilə paylaş: