Biolog 10 indd


Stabillashtiruvchi tanlanish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Stabillashtiruvchi tanlanish.
Bu tanlanish populatsiyaning o‘zgaruv-
chanligini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi. Har bir populatsiyaning hayoti 
muhitga bog‘liq. U yashab qolish uchun doim muhit sharoitiga moslanishi 
kerak. Agar bir necha bo‘g‘in mobaynida yashash sharoiti o‘zgarmasa, u holda 
populatsiya – yuqori moslanish darajasiga ega bo‘ladi va tabiiy tanlanish o‘z-
garuv chanlikni stabillashtirish tomonga yo‘naltiradi. Muhitga yaxshi mos lashgan, 
o‘rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o‘zgargan organizmlar esa 
nobud bo‘ladi.
Fenotipi keskin o‘zgar gan formalarning halokatga uchrashi tabiiy 
populatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomo nidan 
chumchuqlar ustida o‘t kazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo‘ronidan 
so‘ng chalajon chumchuqlarning 132 tasini daladan laboratoriyaga olib kelgan. 
Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o‘lik va tirik qolgan chumchuqlarning qanotini 
o‘lchab ko‘rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining uzunligi o‘rtacha, nobud 
bo‘lgan chumchuqlarniki esa normadan uzun yoki kalta bo‘lgan, binobarin, 
qanotlari o‘rtacha uzunlikda bo‘lgan formalar bo‘ron paytida tirik qolganligi
normadan o‘zgargan chumchuqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan.
Hasharotlar yordamida changla na di gan o‘simliklar gulining yirik-mayda-
ligi va shakli, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar gulinikiga 
nisbatan o‘zgarmas. Hasharotlar yorda mida changlanadigan gullarning tuzi-
lishidagi turg‘unlik o‘sim liklar va ularni changlatuvchilarning birgalikdagi 
evolutsiyasi bilan bog‘liq. Qush bola larining soni bilan ota-ona keltirgan oziq 
o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 
5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning 
nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
94-rasm
. Stabillashtiruvchi tanlanish.
95-rasm.
Stabillashtiruvchi tanlanish: 
A – latimeriya; B – gatteriya
.


182
Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar 
hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar 
ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma 
bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona 
qornida 2–3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.
Belgilari o‘rtacha darajada yoki unga yaqin darajada bo‘lgan individlarning 
saqlanishiga qaratilgan tanlanish 
stabil lash tiruvchi tanlanish 
deyiladi (94-rasm). 
Gatteriya, gingko biloba, latimeriya kabi organizmlar o‘zgarmas muhit sha-
roi tida saqlanib qolganligi stabillash tiruvchi tan lanishning natijasidir (95-rasm).

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin