183
yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik
va tabiiy tanlanish okean
orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga,
rudiment qanotli
va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning
yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy
tanlanish xili
harakatlantiruvchi tanla nish
deb ataladi (96-rasm).
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qano tining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning,
g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘z ning, parazit o‘simliklarda ildiz va barg-
ning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanla nish ta’siri natijasidir. Muhit sharoitining
asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip
jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va
organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: