186
nayzalar va hokazolar kiradi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izi zaharli suyuqlik ajrat-
gani uchun qushlar ularni cho‘qimaydilar.
Mimikriya.
Ba’zi hollarda dushmanlari tomonidan ko‘p qiriladigan hayvon -
lar tanasining rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid
qiladi.
100-rasm.
Hayvonlarda
maskirovka.
1 – beshiktervatar;
2 – chupchik;
3 – ko‘lbuqa;
4 – dengiz toychasi;
5 – lattachi baliq;
6 – dengiz
masxarabozi;
7 – ninabaliq.
Kushandalari tomonidan ko‘p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogoh-
lantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi
mimikriya
hodisasi
deb ataladi. Ba’zi bir pashshalarning va ayrim kapalak turlarining rang
jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga o‘xshashligi, zaharsiz
ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (101-
rasm).
Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon
xatti-harakati bilan bog‘langan holda yanada samarali natija beradi.
Qamishzorlarda yashovchi ko‘lbuqa qushi
patlarining rangi bilan qa-
mishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo‘ynini
cho‘zib, tumshug‘ini ko‘targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni
dushmani payqamay qoladi.
187
101-rasm.
Hayvonlarda
«ogohlantiruvchi» rang va mimikriya
hodisasi.
1 – belyanka;
2 – zaharli gelekonius kapalagi;
3 – oynasimon kapalak;
4 – g‘o‘ng‘illovchi pashsha;
5 – oddiy ari;
6 – zaharli korall aspidi;
7 – zaharsiz amerika suviloni;
8 – «xonqizi» qo‘ng‘izi;
9 – suvarak.
Rang va shakl jihatidan taqlid qilish
faqat organizmlargagina emas, hat-
to tuxumlarga ham xos. Masalan, kakku qush boshqa qush lar singari in
qurmaydi va tuxumini mayda qushlar – qorayaloqlar, jiblaji bonlar, bulbul,
sirchumchuqlarning inlariga qo‘yadi.
Eng muhimi shundan ibo rat ki, kakku
tuxum qo‘yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxum lar ni ko‘rib ularga
taqlid qilib tuxum qo‘yadi va uning qo‘ygan
tuxum larining rangi, hajmi in
egalarining tuxumlariga o‘xshash bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: