184
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
Jadvalni to‘ldiring.
Stabillashtiruvchi
tanlanish
Harakatlantiruvchi
tanlanish
Dizruptiv
tanlanish
43-§. ORGANIK OLAMDAGI
MOSLANISHLAR – EVOLUTSIYA NATIJASI
Moslanish
bu – organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, organlar
funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga
mos kelishidir. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos moslanish
belgilari ularning o‘zi yashab
turgan muhitda yashab qolishi, yashash uchun
kurashda g‘olib chiqishi, normal nasl qoldirib o‘z belgilarini kelgusi avlodlariga
uzatishlari uchun imkon tug‘diradi. Moslanish
organizmlarning yashovchanligi,
raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. Yashov-
chanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan
muhitda genotipini keskin
o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchanlik
organizm-
larning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan,
oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shi-
lish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Nasl qoldirish
Dostları ilə paylaş: