156
Ildiz sistemasi turi
Bargi oddiy yoki murakkab
Bargining tomirlanishi
Bargining
poyada joylashuvi
Poyasi o‘t yoki yog‘och
Poyasining fazoda joylashuviga ko‘ra turi
Gulqo‘rg‘oni oddiy yoki murakkab
To‘pguli
Mevasi
7. Nima uchun organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun
barcha mezonlardan foydalanish zarur?
Nima uchun morfologik mezon
turlarni aniqlashda asosiy o‘lchov bo‘la olmaydi?
8. Morfologik mezonning nisbiy ekanligiga misollar keltiring.
9. Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring.
37-§. EVOLUTSION G‘OYALARNING PAYDO BO‘LISHI
Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlar.
Tabiatning
tuzilishi, unda ro‘y beradigan voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar eramiz-
dan bir necha ming yillar ilgari qadimgi sharq mamlakatlari – Misr, Xitoy,
Hindistonda paydo bo‘lgan. Xususan, qadimgi Misrda donli, sabzavot, mevali
daraxtlar ekib o‘stirilgan. Bir о‘rkachli tuya, mushuk, g‘oz, o‘rdak, kaptar,
oqqush turlari xonakilashtirilgan.
Qadimgi hindistonliklar olam 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efi r)dan
iborat deb hisoblaganlar. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha
rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish, yerlarni o‘g‘itlash joriy etilgan.
Markaziy Osiyoda
yashagan odamlar dunyoqarashi, turmush kechirish tarzi,
atrofdagi o‘lik va tirik tabiat to‘g‘risidagi tushunchalari «Avesto» kitobida o‘z
ifodasini topgan. Avestoda dunyoning yaratilishi,
tabiat va voqea-hodisalar,
odamlarning hayot kechirish tarzi tasvirlangan. Avestoning tibbiyotga doir
bo‘limida odam tanasining, uy-joylarning tozaligiga e’tibor berish,
toza suvni
ehtiyot qilish, nopok narsalarni quduq, buloqlarga yaqinlashtirmaslik, tozalik va
poklikka rioya qilish, tirnoq va sochlarga pokiza munosabatda bo‘lish lozimligi
ta’kidlanadi. Shuningdek, tuproq, yer muqaddas sanalgan, dunyo va hayotning
yaratilishi, tibbiyotga oid ma’lumotlardan tashqari, ekin yerlarini ko‘paytirish,
157
shudgor qilish, ularga sara urug‘ ekish tavsiya etilgan,
uy hayvonlarini
ko‘paytirish, ularga ozor bermaslik, asrab-avaylash lozimligi uqtirilgan.
Dostları ilə paylaş: