Organizmlar orasidagi munosabatlardan insonlarning foydalanishi. Bir
turga kiruvchi organizmlar orasida yashash uchun kurash shiddatli bo‘lishini
e’tiborga olib, yangi bog‘lar tashkil qilinayotganda mevali daraxtlarning turiga
qarab ko‘chatlar ma’lum oraliqda ekiladi. Sun’iy yo‘l bilan o‘rmonlar barpo
etilayotganda tuproqqa zamburug‘ gifalari solinib, mikoriza hosil qilinadi.
Respublikamizdagi ko‘llar, suv havzalarida baliqlarni sun’iy yo‘l bilan
urchitish uchun avvalo ular yirtqich (cho‘rtan) va uncha ahamiyati bo‘lmagan
(gambuziya) baliqlardan tozalanadi. Shundan keyin suv havzalarida xo‘jalik
uchun ahamiyatli hisoblangan baliqlar ko‘paytiriladi. Ovchlik xo‘jaligini ilmiy
asosda olib borish uchun hayvonlar biologiyasi, ya’ni urchish davri, nasl
miqdori, ularning voyaga yetish muddati, nimalar bilan oziqlanishi, organizmlar
orasidagi munosabatlar diqqat markazida bo‘ladi.
Yirtqich hayvonlar – bo‘ri, tulkilar yo‘qotilayotganda ularning sanitarlik
roli, ya’ni o‘ljalar orasida nimjon, kasal individlarni ko‘plab yo‘qotishi hisobga
olinadi.
Madaniy o‘simliklarga qaraganda yovvoyi o‘simliklar yashovchan bo‘ladi.
Ular madaniy osimliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘r satmasligi uchun
(piyoz, sabzi, rediska va boshqalar) o‘toq qilinib, begona o‘tlardan xalos
etiladi. Zararkunanda hasharotlar – xasva, olma qurti, ko‘sak qurti, shira va
hokazolarga qarshi kurashda, mikrofanus, tillako‘z, trixogramma, afelinus,
tugmachaqong‘izlardan (podoliya), entobakteriyalar tarqatiladi. Zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashishga hasharotxo‘r qushlar, chunonchi, chug‘urchuq,
chittak va boshqalar jalb qilinadi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklardan yuqori
hosil olish uchun asalaridan foydalaniladi.
93-rasm. Bir turga kiruvchi
daraxtlar o‘rtasidagi raqobat.