Biolog 10 indd


Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash.
 
Yuqoridagilardan farqli 
ravishda
 
bir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot 
uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga 
kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha 
raqobat ro‘y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar 
o‘rtasida urg‘ochi organizmlar bilan qo‘shilish uchun kurash ketadi (92-rasm). 
G‘o‘za, bug‘doy va boshqa o‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular orasida 
yorug‘lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‘lib 
o‘sadilar. 
Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. 
Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‘p 
qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‘proq suv 
va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobiga qo‘shni 
daraxtlar zaif bo‘lib o‘sadi yoki o‘sishdan to‘xtab nobud bo‘ladi (93-rasm). Tur 
ichidagi kurash eng shiddatli bo‘ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy 
ehtiyojlari bir xil bo‘ladi. 
92-rasm. 
Tur ichida kurash. 1 – kiyiklar; 2 – zebralar; 3 – fi llar.
2
1
3


178
Organizmlarning anorganik tabiat-
ning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi. 
Anorganik tabiat omillari organizmlarning 
rivojlanishiga, yashab qolishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Kuz kelishi bilan bir yillik 
o‘simliklarning hammasi, shuningdek, ko‘p 
yillik o‘t o‘simliklarning ham yer ustki qism-
lari nobud bo‘ladi, tuproq ostida ular ning 
urug‘i, ildizi, tugunaklari, piyozlari saqlanib 
qoladi. Ko‘pchilik hayvonlar, masalan, suv-
da va quruqlikda yashovchilar, sudralib 
yu ruv chi lar karaxt holatga o‘tadi, qushlar 
migratsiya qiladi, sutemizuv chilar qishki uyquga kiradi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin