Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Ogohlantiruvchi rang.
Ba’zi hayvon lar ning tashqi ko‘rinishi rang-barang 
bo‘lib, ko‘zga yaqqol tashlanadi. Tillaqo‘ng‘iz, tugmachaqo‘ng‘iz, qovo g‘ari, 
tukli ari, ko‘pgina kapalaklar, «do‘st-dushman» ko‘ zi ga yaqqol tashla nib, o‘z 
ranglari bilan ularni «ogohlantiradilar». Odatda bunday ogoh lanti ruvchi rangga 
ega hay vonlar ning dushmanlardan himoya qiladigan qo‘shim cha vositalari 
mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqarila digan 
qo‘lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklar bilan qoplanganligi


186
nayzalar va hokazolar kiradi. Masalan, xonqizi qo‘ng‘izi zaharli suyuqlik ajrat-
gani uchun qushlar ularni cho‘qimaydilar.
Mimikriya.
Ba’zi hollarda dushmanlari tomonidan ko‘p qiriladigan hayvon -
lar tanasining rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid 
qiladi. 
100-rasm.
Hayvonlarda 
maskirovka. 
1 – beshiktervatar; 
2 – chupchik; 
3 – ko‘lbuqa; 
4 – dengiz toychasi; 
5 – lattachi baliq; 
6 – dengiz 
masxarabozi; 
7 – ninabaliq.
Kushandalari tomonidan ko‘p qiriladigan himoyasiz hayvonlarning «ogoh-
lantiruvchi rangli» kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilishi 
mimikriya 
hodisasi 
deb ataladi. Ba’zi bir pashshalarning va ayrim kapalak turlarining rang 
jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmachaqo‘ng‘izlarga o‘xshashligi, zaharsiz 
ilonlarning zaharli ilonlar rangida bo‘lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (101-
rasm). Shuni qayd qilish lozimki, himoya va ogohlantiruvchi ranglar hayvon 
xatti-harakati bilan bog‘langan holda yanada samarali natija beradi. 
Qamishzorlarda yashovchi ko‘lbuqa qushi patlarining rangi bilan qa-
mishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo‘ynini 
cho‘zib, tumshug‘ini ko‘targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni 
dushmani payqamay qoladi.


187
101-rasm.
Hayvonlarda 
«ogohlantiruvchi» rang va mimikriya 
hodisasi.
1 – belyanka; 
2 – zaharli gelekonius kapalagi; 
3 – oynasimon kapalak;
4 – g‘o‘ng‘illovchi pashsha; 
5 – oddiy ari; 
6 – zaharli korall aspidi; 
7 – zaharsiz amerika suviloni; 
8 – «xonqizi» qo‘ng‘izi; 
9 – suvarak.
Rang va shakl jihatidan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hat-
to tuxumlarga ham xos. Masalan, kakku qush boshqa qush lar singari in 
qurmaydi va tuxumini mayda qushlar – qorayaloqlar, jiblaji bonlar, bulbul, 
sirchumchuqlarning inlariga qo‘yadi. Eng muhimi shundan ibo rat ki, kakku 
tuxum qo‘yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxum lar ni ko‘rib ularga 
taqlid qilib tuxum qo‘yadi va uning qo‘ygan tuxum larining rangi, hajmi in 
egalarining tuxumlariga o‘xshash bo‘ladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin