Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Dizruptiv tanlanish.
Ba’zi hollarda 
muayyan joyda tarqalgan bir tur ga 
mansub organizmlar orasida bir-biridan 
farq qiluvchi ikki va undan ortiq indi vid-
lar guruhi uchrashi mumkin. Bu tabiiy 
tanlanishning yana bir alohi da shak-
li bo‘lgan dizruptiv tanlanish natija sidir 
(98-rasm). Chunonchi, ikki nuqtali tug-
machaqo‘ng‘izida mavsumiy polimorfi zm 
hodisa sini ko‘rish mumkin. Bu qo‘n g‘iz-
ning qoramtir va qizg‘ish, qattiq qanotli 
formalari uchraydi. Qizg‘ish qanotlilar qishda haroratning pasayishi tufayli 
kam nobud bo‘lib, yoz oylarida kam nasl beradi. Aksincha, qoramtir qanotli 
formalilar qishda past haroratga bardosh berolmay ko‘proq nobud bo‘ladi va 
yoz oylarida esa ko‘p nasl beradi. Demak, yilning turli fasliga moslashish 
orqali bu ikki xil tugmachaqo‘ng‘iz guruhlari o‘z naslini saqlab kelmoqda. 
Tayanch so‘zlar: 
tabiiy tanlanish, harakatlantiruvchi, stabillashtiruvchi, dizruptiv. 
Savol va topshiriqlar:
1. Yashash uchun kurashni qanday izohlaysiz?
2. Tabiiy tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.
3. Harakatlantiruvchi tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.
4. Stabillashtiruvchi tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.
5. Dizruptiv tanlanishni evolutsiyadagi rolini tushuntirib bering.
98-rasm
. Dizruptiv tanlanish.


184
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: 
Jadvalni to‘ldiring.
Stabillashtiruvchi 
tanlanish
Harakatlantiruvchi 
tanlanish
Dizruptiv 
tanlanish
43-§. ORGANIK OLAMDAGI 
MOSLANISHLAR – EVOLUTSIYA NATIJASI
Moslanish
bu – organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi, organlar 
funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga 
mos kelishidir. Barcha tirik organizmlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos moslanish 
belgilari ularning o‘zi yashab turgan muhitda yashab qolishi, yashash uchun 
kurashda g‘olib chiqishi, normal nasl qoldirib o‘z belgilarini kelgusi avlodlariga 
uzatishlari uchun imkon tug‘diradi. Moslanish
 
organizmlarning yashovchanligi, 
raqobatchanligi va normal nasl qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. Yashov-
chanlik deganda organizmlarning o‘zi tarqalgan muhitda genotipini keskin 
o‘zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchanlik
 
organizm-
larning o‘lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq topish, boshqa jins bilan qo‘shi-
lish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni yengishidir. Nasl qoldirish

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin