188
Etologik moslanishlar.
Bu moslanish turi hayvonlarning xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladi. O‘ziga xos harakatlar orqali hayvonlar
dushmanlaridan himoyalanadi, oziqa topadi va zaxiralaydi, yil mavsumlariga
moslashadi, juft tanlaydi va ko‘payadi, naslini himoya qiladi. Hayvonlar
dushmandan saqlanish uchun yashirinadi yoki qo‘rqituvchi xatti-harakatlarni
amalga oshiradi. Nasl uchun g‘amxo‘rlik qilish turning yashab qolishida katta
ahamiyatga ega. Amerika som balig‘i chavog‘lar rivojlanguncha tuxumlarni
qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa
otalangan tuxumlarini to yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda
«opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar tuxumlarini
maxsus inlariga qo‘yib o‘z tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumlarini
va jo‘jalarini ota-ona qushlar boqadi va himoya qiladi. Nasl uchun qayg‘urish
bilan bog‘liq moslanishlar sutemizuvchilarda, ayniqsa, kuchli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: