Biolog 10 indd


Harakatlantiruvchi tanlanish



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Harakatlantiruvchi tanlanish.
Tabi-
iy tanlanishning bu turi populatsiyadagi 
irsiy o‘zgaruvchanlik chegarasini ken gay -
tiradi. Harakatlanti ruvchi tanla nish o‘z-
gar gan muhit sharoitida eski reaksiya 
normasi o‘rniga yangi reaksiya normasini 
vujudga keltiradi hamda uni mustah-
kam laydi. Buning oqibatida kelgusi bo‘-
g‘inlarda oldingi bo‘g‘inlarning norma-
dagi fenotipidan keskin farq qilgan yangi fenotipga ega organizmlar saq lana 
boradi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o‘rniga yangi 
muhit sharoitiga moslashgan individlar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. 
Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan 
okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz 
hasharotlarning ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda 
qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera 
olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Mutatsiyalar oqibatida 
kelib chiqqan rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga 
ko‘tarilmay, turli yoriq, kavaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming 
96-rasm.
Harakatlantiruvchi tanlanish.
97-rasm.
Ot evolutsiyasi – harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.


183
yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean 
orollarida hasharotlarning normal qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli 
va qanotsiz individlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning 
yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy 
tanlanish xili 
harakatlantiruvchi tanla nish 
deb ataladi (96-rasm).
Ba’zi bir qushlar, hasharotlar qano tining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, 
g‘orlarda yashovchi hayvonlarda ko‘z ning, parazit o‘simliklarda ildiz va barg-
ning yo‘qolishi harakatlantiruvchi tanla nish ta’siri natijasidir. Muhit sharoitining 
asta-sekin o‘zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu turi fenotip va genotip 
jihatdan yangi formalarni hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo‘lishi va 
organik olamdagi evolutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin