Biolog 10 indd


turlarning E 10 , F 10 turlariga aylanganligi  bunga misol bo‘la oladi. 106-rasm



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

 
turlarning E
10
, F
10
turlariga aylanganligi 
bunga misol bo‘la oladi.
106-rasm.
Darvin ta’limoti bo‘yicha yangi turlarning paydo bo‘lishi.
Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika 
va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, 
yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi. Bu 
ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, har qanday biologik tur politipik tuzilishga 
ega ekanligi, ya’ni bir-biridan ozmi-ko‘pmi morfologik, fi ziologik, ekologik, 
genetik jihatdan farq qilgan individlardan tashkil topganligi yanada oydinlashdi. 
Yangi turning paydo bo‘lishi ajdod turning yagona, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
genlar, xromosomalar majmuasini
 
buzib, yangi genofondini vujudga keltirish 
orqali amalga oshadi.


197
Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil 
yo‘nalishda kechadi (107-rasm). 
1. Allopatrik yoki geografi k tur paydo 
bo‘lishi.
2. Simpatrik yoki ekologik tur paydo 
bo‘lishi.
Tur paydo bo‘lishining birinchi turi-
da geografi k to‘siqlarning paydo bo‘lishi, 
ikkin chi turida reproduktiv to‘siqlarning 
paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar 
almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. 
Allopatrik yo‘nalish yoki geografi k 
alohidalanish bilan tur paydo bo‘lishi.
Tur areali kengayganda yoki yirik geo-
logik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ 
hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar 
paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va 
tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq 
paydo bo‘la boshlaydi. Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari 
xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari 
ham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografi k alohidalanish 
natijasidir (108-rasm). Baykal ko‘lida molluskalar, qisqichbaqasimonlar, 
baliqlar, chuvalchanglarning boshqa joylarda uchramaydigan juda ko‘p turlari 
uchraydi. Chunki 20
 
mln yil ilgari Baykal ko‘li boshqa suv havzalaridan tog‘lar 
hosil bo‘lishi natijasida ajralib qolgan. Shuningdek, Sirdaryo, Amudaryoda 
yashovchi soxta kurakburun baliq turi ham geografi k alohidalanish natijasi 
hisoblanadi. U qadimgi osyotrsimon baliqlarga kiradi. Unga yaqin bo‘lgan 
baliq turlari Shimoliy Amerikaning Missisipi daryosida yashaydi. G‘o‘za 
avlodi ham geografi k alohidalanish yo‘nalishidagi turning paydo bo‘li shiga 
yorqin misoldir. Bu avlodning turlari bo‘r davridan boshlab bir-biridan 
alohidalashgan va Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliyaga tarqalgan.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin