Molekular biologiya . Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni
energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar
asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida oqsillar va nuklein kislotalar hujayra
hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir
. Kelib chiqishi yaqin va uzoq bo‘lgan turlarning ma’lum bir tarixiy
taraqqiyot davrida makromolekulalardagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun
makromolekulalar (DNK)ni duragaylash, oqsil (gemoglobin, mioglobin,
sitoxrom) molekula tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini
belgilash va boshqa usullar qo‘llaniladi. Molekular biologiya rivojlanishining
hozirgi holati har xil turlarga mansub organizmlar DNKsidagi nukleotidlar,
oqsil molekulasidagi aminokislotalar joylashishidagi o‘zgarishlarni tahlil
qilish va oqibatda ular orasidagi o‘xshashlik va farqlar darajasini aniqlash
mumkinligini ko‘rsatmoqda. Har bir aminokislotani oqsil molekulasidagi
almashinuvi bir, ikki, uch nukleotidlarning o‘zgarishi bilan aloqador. Shu bois
u yoki bu oqsil molekulasidagi aminokislotalar almashinuvini e’tiborga olib,
ana shu oqsil molekulasi sintezida qatnashgan gen tarkibidagi nukleotidlar
almashinuv miqdorining maksimum va minimumini kompyuter yordamida
hisoblash mumkin. Olingan ma’lumotlarga asoslanib ma’lum vaqt mobaynida
oqsil molekulasida o‘rtacha qancha aminokislota almashinilganligi, gen
tarkibidagi nukleotidlar joylanishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganligi
to‘g‘risida hukm chiqarish mumkin.
Odam eritrotsitlaridagi gemoglobin oqsili o‘zaro o‘xshash ikkita
α va
ikkita
β zanjirdan tashkil topgan.
α zanjirning har bir 141
tadan,
β zanjirning
201
har bir zanjiri 146 tadan aminokislota qoldig‘idan iborat. Gemoglobinning