62
34-rasm.
Organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi.
Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi gumoral-kimyoviy yo‘l
bilan
amalga oshadi.
O‘simliklarda o‘sish va morfofi ziologik rivojlanishini biologik faol mod-
dalar stimulatorlar – fi togormonlar (auksin, gibberellin, sitokinin) boshqaradi.
Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi
o‘zi ga xos xususiyatlar.
Barcha tirik
organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish,
modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish
orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy
axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.
Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o‘rin tutadi. Ular orasida fo-
tosintezni amalga oshiradigan avtotrofl ar (yashil suvo‘tlari, sianobakteriyalar)
suvo‘tlari bilan oziqlanadigan fi totrofl ar, yirtqich
va parazitlik qiladigan
geterotrofl ar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofi tlar
mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur’atda sodir bo‘ladi,
shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa
uglerodning davra bo‘ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega.
63
Ko‘p hujayrali organizmlarning tanasi muayyan
sondagi va aniq vazifani
bajarishga ixtisoslashgan to‘qima, organlar va organlar sistemasidan iborat.
Ular tanasidagi hujayralar bajaradigan vazifalariga ko‘ra: somatik va
jinsiy hujayralarga bo‘linadi. Somatik hujayralar organizmning o‘sishi va
rivojlanishini ta’minlasa, jinsiy hujayralar ko‘payish vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali organizmlardan farqli ravishda ko‘p hujayralilarda har bir
hayotiy jarayonni amalga oshirishga ixtisoslashgan hujayra, to‘qima, organlar
va organlar sistemasi mavjud. Ko‘p hujayrali
organizmlar hayot faoliyati
ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda ishlashiga bog‘liq.
Hujayra, to‘qima va organlarning ixtisoslashuvi tuzilish va funksional
birlikka asoslangan, har bir to‘qima va organlarning
tuzilishida ularning
bajaradigan funksiyasiga mosligini ko‘rish mumkin.
Hayotning organizm darajasini o‘rganishda organizm biologik sistema,
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, modda va energiya almashinuvi, ko‘payish va
rivojlanish kabi umumbiologik qonuniyatlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: