Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
5-biologiya

edurtm_uz
54


qismidan tayyorlangan qaynatmasi tish o g ‘ rig‘ i, milk yallig‘ lanishini 
davolash uchun tavsiya etiladi.
N a ’ m a ta k atirgulning yovvoyi turi b o ‘ lib, asosan, uning meva- 
sidan ko‘ proq foydalaniladi. Odamning quvvati kamayganida, erta 
bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda na’ matak qay­
natmasi tavsiya etiladi (47-rasm ). Na’ matak mevasi odamning 
im munitetini oshiradi. Qaynatmaga nisbatan term osda damlan- 
gan na’ matakda vitaminlar ko‘ proq saqlanib qoladi. Tarkibidagi 
C vitamini qonni suyultiradi, arterial bosimni tushiradi, organizm- 
dan mikroblarni chiqarib yuborishga yordam beradi.
Isiriq b o ‘yi 3 0 -6 0 sm keladigan ko‘ p yillik o ‘simlik. Dasht va 
vodiylarda o ‘ sadi. Isiriqning dorivorlik xususiyati o ‘simlikning meva 
bergan davrida yuqori b o ‘ ladi (48-rasm ). Uning poya va u ru g ‘ i- 
dan asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. 
Quritilgan isiriq kuydirib, biroz hidlansa bosh o g ‘ rig ‘ i y o ‘qoladi, 
u rug ‘ ining qaynatmasi nafas qisishida davo b o ‘ ladi. O‘simlikning 
qaynatmasi bilan yuz yuvilganda ko‘z kasalligi - kataraktani tu- 
zalishiga yordam beradi. Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi 
ta’ sirga ham ega. Isiriq tutuni esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish 
bilan birga, xona havosini tozalaydi, kasalliklarning keng tarqali- 
shining oldini oladi.
edurtm_uz
4 6 -ra s m . Yalpiz. 
4 7 - r a s m . Na’ matak
qaynatmasi va mevali shoxi.
55


Q e d u rtm _ u z
4 8 -ra s m . Isiriqning quritilgan 
shoxi.
4 9 -ra s m . Shirinmiyaning quritilgan 
ildizpoyasi.
S h irin m iy a ildizpoyali ko‘ p yillik o ‘t. Xalq tabobatida ildizpoya- 
sidan tayyorlangan qaynatma quruq yo ‘tal, tomoq o g ‘ rig‘ iga davo 
sifatida ishlatiladi (49-rasm). Shirinmiya o ‘sim lig in ing 
balg‘am 
ko‘chiruvchi xususiyati ham bor. Dorixonalarda shirinmiya (qizil- 
miya) sirop ko‘ rinishida sotuvga chiqariladi. Ayniqsa, yosh bolalar 
shamollaganda ko‘ proq tavsiya etiladi.
A loe xona o ‘simligi sifatida o ‘stiriladi (50-rasm). Barglari seret 
va sersuv, uzib olingach, 10 kun davomida salqin joyda saqlab, 
keyin dori sifatida ishlatish mumkin. Aloe bargini q irg ‘ ichda qirib, 
asal bilan q o ‘shib iste’ mol qilinsa, shamollash, oshqozon-ichak 
kasalliklarini davolashda foyda beradi.
Dorivor o ‘simliklardan o ‘z o ‘ rnida bilib foydalanilsa, organizmni
quvvatlantiradi va organizmdagi turli xil 
kasalliklarni davolaydi.
Tabiatda dorivor o ‘simliklar bilan bir- 
galikda zaharli o ‘simliklar ham o ‘sadi. 
Ko‘ pincha zaharli 
o ‘ sim liklarn ing 
guli 
chiroyli, hidi yoqimli b o ‘ ladi. Shuning 
uchun 
har qanday o ‘sim likn i bilmay 
uzish yaramaydi.
Z a h a rli o ‘ s im lik la r. Quyida O‘zbe- 
kistonda 
uchraydigan 
ba’zi 
zaharli 
5 0 - r a s m . Gullagan aloe. 
o ‘simliklar bilan tanishamiz:
56


Q
edurtm_uz
51 -ra sm . Kanakunjut.
K a n a k u n ju t bo‘yi 2 - 3 metr kela- 
digan bir yillik o ‘t (51-rasm). Bargi 
yirik panjasimon. Palmaga o ‘xshab 
tez o ‘suvchi manzarali o‘simlik si­
fatida o ‘stiriladi. Uning urug‘ ida za­
harli moddalar ko‘ p uchraydi. Bu 
o ‘simlikdan zaharlangan odamda ich 
ketishi, ko‘ ngil aynishi, darmonsizlik 
kabi holatlar kuzatiladi. Urug‘ i tarkibi- 
da zahardan tashqari, 4 0 -5 0 % moy 
mavjud b o ‘ lib, tabobatda undan soch 
va terini parvarishlashda foydalani­
ladi. Kanakunjut moyi surtib yurilsa, 
soch va kipriklarning mustahkamligi 
ortadi.
B a n g id e v o n a bo‘yi 1 metr kela- 
digan o ‘t (52-rasm). Tashlandiq yer- 
larda, yo ‘ l yoqalarida o ‘sadi. Bargi 
oddiy, guli oq rangda, yirik voronka- 
simon shaklda, mevasi tikanli ko‘sak 
shaklda. 
Urug‘ i 
mayda, 
qoramtir 
rangda b o ‘ ladi. O‘ simlikning barcha 
qismlari zaharli, ayniqsa, urug‘ i orga- 
nizmga tushsa, asab tizimiga salbiy 
ta ’ sir ko‘ rsatadi. Yozning issiq kun- 
larida bangidevona o ‘zidan o‘tkir hid 
ajratadi. Uning hididan ham zahar- 
lanish mumkin. Zaharlanish belgilari: 
o g ‘ iz qurishi, yurak urishining tezla- 
shishi, q o ‘ l va oyoq harakatining qi- 
yinlashishi, m o‘ ljal olish qobiliyatining 
susayishi kuzatiladi. Ayrim hollarda 
odam birdan kulib, birdan yig‘ lashi mumkin.
M in g d e v o n a o ‘simligining yirik guli oqish sariq rangda, bargi 
oddiy, mevasi tikanli (53-rasm). O‘simlikning hamma qismlari za-
5 2 -ra sm . 
guli va
Bangidevonaning 
ko‘sak mevasi.
5 3 -ra s m . Mingdevona 
o‘simligi.
57



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin