Amaliy mashg’ulot № 5 Mavzu: Diduragay chatishtirishga doir masalalar yechish va ularni tahlil qilish (2 soat) Ishdan maqsad: Diduragay chatishtirish bo’yicha masala yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Agar chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona organizmlar ikkita belgisi bilan farq qilsa, hosil bo’lgan organizmlar diduragay, uchta, to’rtta va hoqazo belgilari bilan farq qilsa, poliduragay deb nomlanadi. Diduragay va poliduragaylarda ham to’lik va oraliq holda nasldan-naslga o’tish kuzatiladi. Agar birinchi bo’g’in duragaylar o’zaro chatishtirilsa, F1 da birinchi holatda to’rtta fenotipik sinf hosil bulib, ular 9:3:3:1 nisbatda ajraladi. Bu nisbat monoduragaylarda belgilar nasldan-naslga to’liq o’tishida F2 fenotib bo’yicha hosil bo’lgan 3:1 nisbatning kvadrati, ya’ni (3s:1ya) X (t:b) o’zaro chatishish tufayli hosil bo’ladi.
Genotip bo’yicha diduragaylarning ajralishi 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda bo’ladi, u monoduragaylarning to’liq irsiylanishida F2 genotip bo’yicha hosil bo’lgan 1:2:1 nisbatning kvadrati, ya’ni (AA: Aa: Aa: aa)X(BB: Bb; Bb; bb) o’zaro chatishish natijasidir. Triduragaylarning F2 da fenotip bo’yicha ajralish, ya’ni (3A:1a) X (3B:1b) X (3C:1c) ko’paytmasidan kelib chiqadi. oraliq holda nasldan-naslga o’tishda esa fenotipik sinflar soni genotipik sinflar soniga mos bo’ladi. Mazkur holatda Mendelning uchinchi qonuni – juft belgilarning bir-biridan mustosno holdan nasldan-naslga o’tish asosida vujudga keladi.
Diduragaylar va poliduragaylarda belgilarning nasldan naslga o’tishi bo’yicha mashqlar bajarish va masala yechish uchun studentlar fenotipik radikal, diduragay, poliduragay, fenotipik sinflarni; Mendelning belgilarning bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga o’tishiga doir uchinchi qonuni uning sitologik asoslari mazmunini; diduragay va poliduragay, genotip fenotipni va Pennet kataklariga joylash printsipini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
Masalani yechishda tubandagi izchillikka rioya qilish tavsiya etiladi; masala shartini, ya’ni qaysi belgi dominant, qaysi belgi retsessiv ekanligini bilish; qay belgi qanday gen bilan ifodalanishini bilish; chatishtirishda ishtirok etayotgan ota-onaning fenotipi va ganotipini, chatishtirish belgisini yozish; F2 duragaylar fenotipi va genotipini Pennet kataklariga joylash; duragaylar fenotipi va genotipi bo’yicha ajralishini aniqlash.
1-masala*. Gomozigotali sariq, silliq donli no’xat o’simliklari yashil, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o’simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o’simliklari chatishtirish uchun olingan sariq, silliq donli va yashil, burishgan donli o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?