Biotexnologiya asoslari


Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklar 
Amaliyotga keng tadbiq qilingan eng ko’p sonli antibiotiklar, demak sanoatda ishlab 
chiqariladigan, aktinomisetlar hosil qiladigan biologik faol moddalarga kiradi. Bu antibiotik 
moddalar turli xil kimyoviy tuzilishga va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan bir qancha 
guruh birikmalardan iborat: 
Aminoglikozidlar
- bu guruh aktinomisetlar antibiotiklari molekulasida glikozid bog’i bor 
moddalardir: streptomisin, Streptomyces srigeus hosil qiladi. Streptomyces fradiae, Str.allagrisiolus 
lar ishlab chiqaradigan neomisinlar; Str.kanamyceticus sintezlaydigan kanamisinlar; 
Micromonospora purpurea ishlab chiqaradigan gentomisinlar; Micromonospora livacsterospora 
sintezlaydigan fortimisin; va boshqa bir qancha moddalar. 
Tetrasiklinlar
- ushbu antibiotiklariga: xlortetrasiklin-Streptomyces cureofociens hosil qiladi; 
Str.rimosus kulturasi sintez qiladigan oksitetrasiklin; Str.cureofacins ning ma’lum shtammlari ishlab 
chiqaradigan tetrasiklin va boshqa kimyoviy yo’l bilan modifikasiya qilingan yangi antibiotiklar: 
metasiklin (randomisin) va doksisiklin minosiklinlardir. Biologik va kimyoviy sintez birlashmasi 
natijasida olingan bu yangi antibiotiklar odatdagi tetrasiklinga chidamli bir qancha 
mikroorganizmlarni o’sishini to’xtatish qobiliyatiga ega. 
Aktinomisinlar
- antibiotik aktinomisinlar katta (yuzdan ortiq preparatlar) guruh kimyoviy 
tuzilishi jahatidan bir biriga yaqin 20 dan ortiq tur aktinomisetlar hosil qiladigan moddalar, shular 
qatorida Streptomyces antibioticus, Str.chrysomallus, Str.flavus lardir. Aktinomisinlar kimyoviy 
tuzilishi bo’yicha xromopeptidlarga kiradi, bu antibiotiklar uchun umumiy bo’lgan fenosizin 
xromofor guruhli va ikkita polipeptiddan iborat. Har bitta polipeptid tarkibiga lakton sikli kiradi, 
buning uzilishi preparatni biologik faolligini yo’qotishga olib keladi. Aktinomisinlarning xilma-
xilligi polipeptidlar molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalarni xilma-xilligiga bog’liq. Bu 
guruhga kiradigan antibiotiklarning muhim xususiyati ayrim aktinomisinlar rak hosil qiluvchi 
hujayralar rivojini to’xtatish qobiliyatiga egaligidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin