Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirishga tayyorlash jarayonidan iboratdir, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda ta’lim
beruvchi ishtiroki muhim rol o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi.
Rag’batlantirish va jazolash– tarbiyaning eng an’anaviy usuli bo’lib, bolalar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, foydali hatti-harakatlarini qo‘shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning nomaqbul hatti-harakatlarini to‘xtatishni ta’minlaydi.
Reyting – inglizcha so‘z bo‘lib, baholash, individual koeffitsiyent ma’nolarini anglatadi. O‘quvchilar bilimi sifatini baholashning o‘quv jarayoni va ta’lim natijalarini baholashga bir xil yagona yondashuvni ta’minlaydigan ko‘rsatma va qoidalar majmuidir.
Ta’lim – inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. Ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash bo‘yicha o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarini o‘stirish, dunyoqarash, ma’naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatini shakllantiradi.
Ta’lim natijalarini nazorat qilish vositalari– o’rganilayotgan fan (mavzu) bo’yicha shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta’lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) topshiriqlar, savollar, test – savollari va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalari. Bunday jarayonlarda natijalarni o’zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Test – biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqdir.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida aloqani ta’minlash, ta’lim beruvchi tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.
Trening (trening) - inglizcha so‘z bo‘lib, «amaliy ta’lim», «maxsus mashqlar rejimi» degan ma’noni anglatadi. Oqitish faoliyatidagi motivlar