Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 5-7 sinf o‘quvchilarida o’zbek xalq hofizlari ijodini o’rganish misolida milliy g‘ururni shakllantirish pedagogik muammo sifatida tadqiq etiladi; milliy gururni shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlari ishlab chiqiladi;
Maktab o‘quvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish mazmuni, shakli, vosita va metodlari aniqlanadi: milliy g‘ururni shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi;
www.arxiv.uz
I.BOB. O’quvchilarda milliy g’ururni tarbiyalashda o’zbek xalq hofizlari ijodini tutgan o’rni. I.1.O’zbek xalq hofizlari ijodini o’rganishning tarixiy asoslari
III-VII asrlar davomida o’zbek xalqi madaniyati va san’atning har tomonlama mavqeyi yuksala boradi. Bu sо‘zlarni isbotlash uchun biz VII-asrlar boshlarida Sosoniylar avlodining biri bо‘lmish, Eron podshosi Xisrav Parviz saroyida butun О‘rta Osiyoda mashhur xonanda, sozanda va bastakor Borbad (yoki Faxlobot) ismli san’atkor tо‘g‘risida juda ham kо‘p manbalarda tilga olingan. Borbadning kо‘p saroy ijrolaridan farqi, uning chiroyli va yoqimli ovozi, ijrochilik mahorati, bastalangan juda kо‘p sermazmun kо‘shiqlari bо‘lgan. Masalan: "Ovchilar", "Bahor qо‘shig‘i", "Xush qomat", "Safsar guli" va boshqalar.
www.arxiv.uz
Zaxiriddin Bobur (1484-1530) о‘zining Hirot tо‘g‘risidagi taasurotlarida Navoiyning musiqaga bо‘lgan sadoqatini, muhabbatini hatto Navoiyning о‘zi musiqa bastalaganligi tо‘g‘risida yozgan. Navoiy davridagi bir qancha sozanda va xonandalarning nomlarini aytib о‘tishimiz lozim. Ustoz Qul Muhammad, Shayxiy Nayi, Xusayniy Udiy, Xoja Abdulla Marvarid — Qonun bobida, G‘iyosiddin Mirzo Bayram, Xusayniy Nayi, Axmadi G‘ijjakiy, Ali Quchbegi-Tanburiy va hokazolar. Bular Alisher Navoiy bilan birga ishlab ijod qilganlar. Podshoh Xusayin Boyqaro saroylarida nog‘oraxonalar bor bо‘lgan.