Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


Talab  va  taklif  —  bozor  iqtisodiyotining  fundamental  tushunchalari.  Talab 

(tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, 

neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan 

ehtiyojlari.  Ehtiyoj  pul  va  narx  vositasida  talabga  aylanadi.  Rasman  olganda  talab 

isteʼmol  kattaligi  mik,doridir.  Tovarlar  dunyosidagi  xilmaxillikka  moye  ravishda  talab 

hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga 

boʻlgan  talablar  tovarlarga  talab  tuzilmasini  tashkil  etadi.  Mazmuni  va  harakati 

jihatidanhaqiqiy,  oʻsayotgan,  barqaror  qondirilgan,  qondirilishi  kechiktirilgan,  qondiri 

lma  gan,  meʼyordagi  va  boshqa  talablarga  boʻlinadi.  Har  bir  isteʼmolchining  ,  yaʼni 

alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan 

talablari  yakka  talab  deyiladi.  Muayyan  tovarga  yoki  tovarlar  toʻplamiga  barcha 

xaridorlar  bildirgan  talab  yigʻindisi  bozor  talabi  ,  barcha  bozorlarda  barcha  tovarlarga 

jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. 

Talab miqdorining oʻzgarishiga bir kancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida 

eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining 

oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi. Taklif 

—  muayyan  vaqtda  va  muayyan  narxlar  bilan  bozorga  chiqarilgan  va  chiqarilishi 

mumkin  boʻlgan  tovarlar  va  xizmatlar  miqdori  bilan  ifoda  etiladi;taklif  ishlab 

chiqaruvchi  (sotuvchi)larning  oʻz  tovarlarini  sotishga  (bozorga)  taklif  etish  istagi. 

Bozorda  tovar  narxi  bilan  uning  taklifi  miqdori  oʻrtasqda  bevosita  bogʻliqlik  mavjud: 

narx  qanchalik  yuqori  boʻlsa,  boshqa  sharoitlar  oʻzgarmagan  hollarda,  sotish  uchun 

shuncha  koʻproq  tovar  taklif  etiladi,  yoki  aksincha,  narx  pasayishi  bilan  taklif  hajmi 

qisqaradi.  Mas.,  10  soʻm  narxda  3  tovar  birligi  taklifetiladi,  agar  narx  15  soʻmga 


423 

 

koʻtarilsa,  taklif  hajmi  5  birlikka  qadar  koʻpayadi,  agar  narx  20  soʻmga  yetsa,  taklif 



hajmi  6  birlikka  yetadi.  Shunday  qilib,  taklif  miqdorining  oʻzgarishlari  taklif  egri 

chizigʻida  bir  nuqtadan  ikkinchisiga  koʻchishida  oʻz  ifodasini  topadi.  Egri  chiziqning 

ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks 

ettiradi.  

Tovar  taklifiga,  tovarning  oʻz  narxidan  tashqari  bir  qator  omillar:  shu  tovarni 

ishlab  chiqarish  uchun  zarur  boʻlgan  resurslar  narxlari;  qoʻllaniladigan  texnologiya; 

soliqlar  va  dotatsiyalar;  taqchillik  yoki  narxlar  oʻzgarishlarini  kutish;  bozordagi 

sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan 

tovarni  ishlab  chikarish  xarajatlarini  kamaytiradi,  bu  esa  uning  taklifi  oʻsishini 

stimullaydi.  Taklifning  oʻziga  taʼsir  koʻrsatadigan  omillar  oʻzgarishlariga,  birinchi 

navbatda,  narx  oʻzgarishlariga  sezgirligi  taklif  elastikligi  deb  ataladi.  T.  va  t.ning  tub 

mazmuni ularning narx orqali oʻzaro  aloqadorlikda  mavjud  boʻlishidir. Bu aloqadorlik 

— talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. T. va t. 

qonuniga  koʻra  bozordagi  taklif  va  talab  faqat  miqdoran  emas,  balki  oʻzining  tarkibi 

jihatidan ham bir-biriga moye kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. 

Bu  qonun  ayirboshlash  qonuni  boʻlib,  bozorni  boshqaruvchi  va  tartiblovchi  kuch 

darajasiga koʻtariladi. Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga 

yetkazilishi  kerak.  Bozordagi  T.  va  t.  nisbatiga  qarab  ishlab  chiqarish  surʼatlar  va 

tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga alokador 

omillarga  taʼsir  etish  orkali  foydalanadi.  T.  va  t.  qonunning  nazariy  asoslari 

dastlab A. Marshall asarlarida ifodalab berilgan.  


424 

 

TESTLAR 



1.«Elastiklik» termini 1885 yilda ilk bor kim tomonidan talab va taklif elastikligida qo`llanildi? 

a)   Alfred Marshall 

b)   Adam Smit 

c)   Jon Keyns 

d)   David  Rikkardo 

2.«Narx» bilan «taklif» o`rtasida: 

a)   to`g`ri bog`lanish mavjud  

b)   bog`lanish mavjud emas 

c)   teskari bog`lanish mavjud 

d)   korrelyatsion bog`lanish mavjud 

3.«Narx» bilan «talab» o`rtasida: 

a)   teskari bog`lanish mavjud 

b)   bog`lanish mavjud emas 

c)   to`g`ri bog`lanish mavjud 

d)   korrelyatsion bog`lanish mavjud 

4.∆K qanday aniqlanadi? 

a)   (K


- K


1

)  


b)   ∆K∕K1 

c)   (P1∕K

1



d)   ∆L∕K 



5.∆L qanday aniqlanadi? 

a)   (L


- L


1

b)   ∆L∕Q1 



c)   ∆L∕L 

d)   (P1∕L

1



6.∆Q qanday topiladi? 



a)   (Q

- Q



1

b)   ∆Q∕Q1 



c)   ∆Q∕Q 

d)   (P1∕Q1) 



7.Agar AFC=150, AVC=300 bo`lsa, ATC=? 

a)   450 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

8.Agar AFC=300, AVC=200 bo`lsa, ATC=? 

a)   500 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

9.Agar AFC=900, AVC=800 bo`lsa, ATC=? 

a)   1700 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

10.Agar ATC=300, AVC=100 bo`lsa, AFC=? 

a)   200 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

11.Agar bozor narxi muvozanat narxidan past bo`lsa… 


425 

 

a)   defitsit paydo bo`ladi 



b)   ortiqcha taklif  paydo bo`ladi 

c)   iste`molchilar bozori paydo bo`ladi 

d)   resurslar narhi kamayadi 

12.Agar Ed<1 bo’lsa, talab… 

a)   no elastik bo‘ladi  

b)   elastik bo‘ladi 

c)   mutloq elastik bo‘ladi 

d)   birlik elastik bo‘ladi 

13.Agar Ed=1 bo’lsa, talab… 

a)   birlik elastik bo‘ladi  

b)   elastik bo‘ladi 

c)   mutloq elastik bo‘ladi 

d)   no elastik bo‘ladi 

14.Agar Ed>1 bo’lsa, talab… 

a)   elastik bo‘ladi  

b)   no elastik bo‘ladi 

c)   mutloq elastik bo‘ladi 

d)   haridorlar sotuvchilar soniga qaraganda kam bo`lgan bozor 

15.Agar FC=100, VC=50 bo`lsa, TC=? 

a)   150 

b)   50 

c)   80 


d)   250 

16.Agar FC=300, Q=2 bo`lsa, AFC=? 

a)   150 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

17.Agar FC=400, Q=2 bo`lsa, AFC=? 

a)   200 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

18.Agar  iqtisodiy  muammolarning  bir  qismi  bozor,  bir  qismi  hukumat  tomonidan  hal  etilsa, 

bunday iqtisodiyot: 

a)   aralash iqtisodiyot 

b)   bozor iqtisodiyoti 

c)   natural iqtisodiyot 

d)   ma'muriy-byuruqbozlik iqtisodiyoti 

19.Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog‘liq bo‘lsa, unda ishlab chiqarish funksiyasi 

quyidagicha bo‘ladi: 

a)   Q = f (K, L)  

b)   Q = f (K, L, M) 

c)   Q = f ( L ) 

d)   Q = f (K, L, M,r) 

 

20.Agar MR =  MC bo`lsa… 

 

a)   maksimal foyda bo`ladi 

b)   eng kam foyda bo`ladi 

c)   Minimal zarar bo`ladi 



426 

 

d)   Maksimal zarar bo`ladi 



21.Agar TC=70, Q=2 bo`lsa, ATC=? 

a)   35 


b)   302 

c)   600 

d)   298 

22.Agar TC=800, VC=200 bo`lsa, FC=? 

a)   600 

b)   302 

c)   600 

d)   298 

23.Agar TR=500, Q=2 bo`lsa, AR=? 

a)   250 

b)   1000 

c)   502 

d)   498 

24.Agar VC=100, Q=5 bo`lsa, AVC=? 

a)   20 


b)   500 

c)   105 

d)   95 

25.Almashtirish samarasi  bu… 

a)   naflik darajasi  o`zgarmaganda, tovarlar narxi  o`zgarishi  munosabati bilan iste`mol tovarlar talabi 

tarkibining o`zgarishidir 

b)   turli hil tovarlar ishlab chiqarilishi 

c)   past toifali tovarlarni oliy toifali tovarlar bilan almashtirilishi 

d)   tanaffuslar vaqtining  uzunligi 



26.Amortizatsiya  bu… 

a)   ishlab  chiqarish xajmiga qarab o‘zgamaydi bosqichma-bosqich asosiy kapital qiymatining ma`lum 

bir qismini ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o`tkazish yo`li bilan uni qoplash tushuniladi  

b)   ishlab  chiqarish xajmiga ko‘ra  o‘zgaradigan daromad 

c)   ishlab chiqarish xajmiga qarab o‘zgarib turuvchi  xarajatlar 

d)   bir hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi 



27.Asimmetrik axborotlashgan bozor bu – 

a)   bozordagi ayrim sub`yektlar muhim  axborotga ega, qolganlari esa bexabar bo’lgan bozor 

b)   bozordagi barcha sub’yektlar yetarli ma’lumot bilan ta’minlangan bozor 

c)   bozor sub’yektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning hech biri kerakli, muhim axborotga 

ega emas  

d)   faqat iste’molchilar etarli axborot bilan ta’minlangan bozor 



28.Auksion turlari: 

a)   ingliz va golland auksioni  

b)   ingliz va o`zbek  auksioni 

c)   nemis va golland auksioni 

d)   ingliz va fransuz  auksioni 

29.Barcha hodisa va voqealarni doimiy harakatda va o’zaro aloqadorlikda deb tadbiq qilish. 

a)   deduktsiya usuli 

b)   tahlil usuli 

c)   sintez usuli 

d)   normativ usul 

30.Barcha ishlab chiqarish omillari o`zgaradigan davr… 

a)   uzoq muddatli davr 

b)   qisqa muddatli davr 


427 

 

c)   1 oy 



d)   15 kun 

31.Barter deb… 

a)   bir  mahsulotni  boshqasiga  to`g`ridan-to`g`ri  va  ma`lum  bir  miqdoriy  nisbatda  ayirboshlashga 

aytiladi 

b)   mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan harajatdir 

c)   oldin qilingan harajatlar bo`lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas 

d)   bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas harajat 



32.Befarqlik egri chizig`i  bu… 

a)   bir hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi  

b)   inson ehtiyojini qondira olish hususiyati 

c)   biror ne`matdan qo`shimcha bir birlik iste`mol qilish natijasida iste`molchi tomonidan olinadigan 

qo`shimcha naf 

d)   ishlab  chiqarish xajmiga ko‘ra  o‘zgaradigan daromad 



33.Berilgan  narxlarda  haridorlar  tomonidan  sotib  olinishi  mumkin  bo’lgan  tovarlar  miqdori 

bu… 

a)   talab 

b)   bozor muvozanati  

c)   elastiklik  

d)   taklif 

34.Bir hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi bu… 

a)   befarqlik egri chizig`i   

b)   talab egri chizig`i 

c)   taklif egri chizig`i 

d)   budjеt chizig’i 

35.Bir-birini to`ldiruvchi tovarlarga qaysi tovarlar kiradi? 

a)   benzin, avtomobil 

b)   sariyog`, margarin 

c)   mol go’shti, qo’y go’shti 

d)   qand, shakar. 

36.Birgalikda, komplekt tarzida iste’mol qilinadigan tovarlar bu … 

a)   to`ldiruvchi tovarlar 

b)   o`rindosh tovarlar  

c)   noyob tovarlar 

d)   oziq-ovqat tovarlari  

37.Birinchi bo’lib daromad o’zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan olim ... 

a)   E. Engel 

b)   R. Pindayk 

c)   R.Kouz 

d)   K.Menger 

38.Boshqa tur mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib qilinadigan xarajatlar nima? 

a)   muqobil xarajatlar  

b)   o`zgaruvchan harajatlar 

c)   yalpi harajatlar 

d)   chekli harajatlar 

39.Bozor  iqtisodiyotining  qaysi  sub’ekti  iqtisodiy  resurslarni  etkazib  beruvchi  va  pirovard 

mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi? 

a)   uy xo’jaliklari 

b)   korxonalar 

c)   davlat tashkilotlari 

d)   davlat muassasalari 


428 

 

40.Bozor  iqtisodiyotining  qaysi  sub’ekti  jamiyat  a’zolarining  ijtimoiy  iste’mol  xarakteridagi 



ne’matlar bilan ta’minlaydi? 

a)   davlat 

b)   tadbirkorlik sektori 

c)   uy xo’jaliklari 

d)   chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar 

41.Bozor mexanizmining asosiy elementlari 

a)   baho, talab, taklif, raqobat 

b)   foyda, talab, taklif, raqobat 

c)   baho, talab, ehtiyoj, raqobat 

d)   baho, talab, taklif, tovar 

42.Bozor talabiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir ko'rsatmaydi? 

a)   sotuvchilar soni 

b)   o'zaro to’ldiruvchi tovarlar narxi  

c)   o’rinbosar tovarlar narxi  

d)   istemolchilarning daromadi 

43.Bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qilishi bu… 

a)   oligopoliya 

b)   monopoliya 

c)   monopsoniya 

d)   auksion 

44.Bozorda  bo’ladigan  savdo-sotiqda  bozor  qatnashchilaridan  bir  qismi  kerakli  va  muhim 

axborotga ega qolgan qismi esa ega emasligi... 

a)   asimmetrik axborot  

b)   simmetrik axborot  

c)   diversifikatsiya 

d)   chetlanish 

45.Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llarini belgilang. 

a)   bozor signallari  

b)   haridorlar 

c)   loyihalar 

d)   bozor mexanizmi 

46.Bozordagi barcha sub`yektlar yetarli ma’lumot bilan ta’minlangan bozor… 

a)   simmetrik axborot  

b)   asimmetrik axborot  

c)   diversifikatsiya 

d)   chetlanish 

47.Bu  auktsionda  qatnashuvchilar  bir-biriga  bog’liq  bo’lmagan  holda  tovar  uchun  stavkalar 

qo’yadi va tovar kim ko’p stavka qo’ygan bo’lsa, unga beriladi. 

a)   yopiq auksion  

b)   Nemis auksioni 

c)   Kurno auksioni 

d)   Smit auksioni 

48.Bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik  qiladi 

a)   oligopoliya 

b)   monopoliya 

c)   monopsoniya 

d)   duopoliya 

49.Bu oldindan belgilangan narxlarda ma’lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma’lum kunda 

etkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma. 

a)   fyucherslar  

b)   sug`urtalash 


429 

 

c)   oldin qilingan harajatlar bo`lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas 



d)   mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan harajatdir 

50.Budjet chegarasi tenglamasi 

a)   P1X1+P2X2=R 

b)   ∆TC:Q 

c)   MSB=MPB+MEB 

d)   P

1

X



- P


2

X

2



=R 

51.Budjеt chizig’i bilаn bеfаrqlik egri chizig’ining burchаk kоeffitsiеnti bir birigа tеng bo’lgаn 

nuqtаgа … 

a)   istе’mоlchining muvоzаnаt hоlаti deyiladi 

b)   maksimal foydaga erishiladi 

c)   eng kop xarajat bo`ladi 

d)   eng kam xarajat bo`ladi 

52.Budjеt chizig’i grafikda o’nggа siljiydi, agar… 

a)   istе’mоlchi dаrоmаdi oshsa 

b)   istе’mоlchi dаrоmаdi kamaysa 

c)   sotuvchilar soni oshsa 

d)   sotuvchilar soni kamaysa 

53.Bоzоr nаrхi muvоzаnаt nаrхdаn yuqori bo’lgаndа qаndаy hоlаt yuz bеrаdi?  

a)   tоvаr оrtiqchаligi pаydо bo’lаdi  

b)   tоvаr tаnqisligi yuz bеrаdi 

c)   istеmоlchilаr bоzоri shаkllаnаdi  

d)   rеsurslаr nаrхi аrzоnlаshаdi  

54.Cheklangan resurslar bilan  cheksiz ehtiyojlarni to’laroq qondirishga qanday erishiladi? 

a)   resurslardan  foydalanishdan  turli  muqobil  variantlaridan  eng  ko’p  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

ta’minlaydiganini tanlab olish 

b)   muqobil mahsulotlarni ishlab chiqarish   

c)   ehtiyojlarning qondirishning maqbul darajasini aniqlash 

d)   resurslarni taqsimlash 



55.Chekli mahsulot bu… 

a)   boshqa  omillar  sarfi  o`zgarmaganda  bir  birlik  biror  omildan  qo`shimcha  foydalanish  hisobidan 

ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot 

b)   bir    xil  hajmda  mahsulot    ishlab  chiqarishni    ta`minlovchi    omillar  sarflari  kombinatsiyalarini 

ifodalovchi egri chiziq 

c)   ishlab chiqarish xajmiga qarab o‘zgarib turuvchi  xarajatlar 

d)   ishlab chiqariladigan maxsulot tannarxi 

56.Chekli naflilik (MU) bu… 

a)   biror ne`matdan qo`shimcha bir birlik iste`mol qilish natijasida iste`molchi  tomonidan olinadigan 

qo`shimcha naf 

b)   inson ehtiyojini qondira olish hususiyati 

c)   bir hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi 

d)   ikki hil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyasi 



57.Chekli texnologik almashtirish normasi  bu… 

a)   ishlab chiqarish hajmi o`zgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan almashtirish 

mumkinligini ko`rsatadi 

b)   ishlab chiqarish davrining uzunligi  

c)   boshqa  omillar  sarfi  o`zgarmaganda  bir  birlik  biror  omildan  qo`shimcha  foydalanish      hisobidan 

ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot 

d)   bir xil hajmda mahsulot sotilishini ta`minlovchi egri chiziq 

 

 



58.Chetlanish bu… 

430 

 

a)   haqiqiy  natija  bilan  kutiladigan  natija  o‘rtasidagi  farq  bo‘lib,  u  tavakkalchilikdan  (yo‘qotishdan) 



darak beradi. Ushbu farq qancha kichik bo‘lsa yo‘qotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori 

bo‘ladi 


b)   voqea va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol 

c)   mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari 

d)   taklif etilgan tovarlar almashuvi 

59.Chеkli harаjаtni hisоblаsh fоrmulаsini bеlgilаng: 

a)  


TC : ∆Q 

 

b)   ∆TC:Q 



c)   FC : Q 

d)   (P • Q) : ∆Q 



60.Davlat  tomonidan  ishlab  chiqarish,  taqsimot,  almashuv  va  iste’mol  ustidan  to’liq  nazorat 

o’rnatishga asoslangan tizim 

a)   ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot  

b)   aralash iqtisodiyot 

c)   tartiblangan iqtisodiyot 

d)   bozor iqtisodiyoti 

61.Diversifikatsiya bu… 

a)   tavakkalchilikni  pasaytirish  usuli  bo`lib,  bunda  tavakkalchilik  bir  qator  tovarlarga  shunday 

taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib 

olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi  

b)   daromad olish uchun qo`yiladigan kapital 

c)   kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o`rtasidagi farq 

d)   mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. 

62.Diversifikatsiya deb… 

a)   tavakkalchilkni kamaytirishga qaratilgan faoliyat turi  

b)   qimmatli qog’ozlar portfeli qiymatini aniqlash jarayoni 

c)   fond bozori operatorlari o’rtasidagi hisob-kitob harakati 

d)   bir xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish 

63.Dividend nima? 

a)   aksionerlik jamiyati sof foydasining aksionerlarga tegadigan bir qismi 

b)   qimmatli qog`oz 

c)   muddatli qarz 

d)   iqtisodiy yordam 

64.Doimiy harajatlarga nimalar kiradi? 

a)   mahsulot o’sishiga bog’liq bo’lmagan harajatlar  

b)   amortizatsiya ajratmalari, kreditdan olingan foiz miqdori 

c)   ijara haqi to’lovlari, kreditdan olingan foiz miqdori 

d)   mahsulot hajmiga qarab qilinadigan harajatlar 

65.ED=0 bo‘lsa, u holda talab… 

a)   mutloq noelastik bo‘ladi  

b)   elastik bo‘lad 

c)   mutloq elastik 

d)   noelastik bo‘ladi 

66.Elastiklik  bu… 

bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta`siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov 

a)   ikki o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta`siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov 

b)   taklifning taklif chizig`i bo`yicha o`zgarishi 

c)   talabning taklif chizig`i bo`yicha o`zgarishi 

67.FC=400, VC=100, TC=? 

a)   TC=500 

b)   TC=300 



431 

 

c)   TC=100 



d)   TC=3 

68.FC=50, VC=150, TC=? 

a)   TC=200 

b)   TC=300 

c)   TC=100 

d)   TC=3 

69.FC=60, VC=150, TC=? 

a)   TС=210 

b)   TС=300 

c)   TС=100 

d)   TС=3 

70.Firmаning dоimiy harаjаtlаri  bu: 

a)   ishlаb chiqаrish hаjmigа bоg’liq bo’lmаgаn harаjаtlаr  

b)   hаr qаndаy mаhsulоt ishlаb chiqаrish hаjmidа minimаl miqdоrdа sаrflаnаyotgаn harаjаtlаr 

c)   rеsurslаr sоtib оlinаyotgаndа ulаrgа kеtgаn harаjаtlаrdir 

d)   ishchi хоdimlаrgа to’lаnаyotgаn hаqdir 

71.Foyda olmaydigan tashkilotlar deganda… 

a)   foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari 

b)   firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shahslar guruhi 

c)   paychilikka  asoslangan  jamiyat  bo`lib,  har  bir  mulk  egasining  mas`uliyati  ushbu      korxonaga 

qo`shgan hissasi bilan cheklangan 

d)   yopilb ketgan tashkilotlar 



72.Foydasini  maksimallashtirayotgan  firma  mahsulot  ishlab  chiqarishning  shunday  hajmini 

tanlashi kerakki, bunda: 

a)   chekli tushum chekli harajatga teng bo’lishi kerak 

b)   o’rtacha tushum o’rtacha umumiy harajatalarga teng bo’lishi kerak  

c)   o’rtacha harajatlar minimal bo’lishi kerak 

d)   umumiy tushum maksimal bo’lishi kerak  

73.Funktsiya so‘zining ma’nosi… 

a)   bu matematik tushuncha bo‘lib bog‘liq o‘zgaruvchi bilan erkin o‘zgaruvchilar o‘rtasida miqdoriy 

bog‘liqlikni ifodalaydi 

b)   talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx 

c)   mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan sarflar yig‘indisi 

d)   taklif miqdori o‘rtasidagi  bo‘gliqlikni ifodalaydi 



74.Golland  auksionida  birinchi  e’lon  qilingan  mahsulot  narxining  necha  foizidan  tushib  ketsa 

Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin