Biznes va tadbirkorlik



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


 

 

 

412 

 

18-Mavzu. Ijtimoiy ne`matlar va umumiy resurslar 



 

  Mahsulotlarning  turli  xil  turlari.  Ijtimoiy  ne’matlar.  Ijtimoiy  ne’matlarning 

xususiyatlari. Ba’zi bir muhim ijtimoiy ne’matlar: mudofaa tizimi, fundamental ilmiy 

tadqiqotlar,  qashshoqlikka  qarshi  kurashish.  Xarajatlar  va  daromadlarni  tahlil  qilish. 

Umumiy  resurslar.  Umumiy  resurslarning  yangi  muammolari.  Toza  havo  va  suv. 

Tirband avtomobil yo’llari. Mulk huquqining muhimligi. 



 

 

 Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni 

 

Mustaqil ta’lim talabalar uchun  majburiy o’quv mashg’uloti  hisoblanadi va rejali 

xususiyatga  ega.  Mustaqil  ta’limning  mavzular  talabalar  uchun  mustaqil  o’rganishlari 

shart  bo’lgan  ma’ruzalar  va  amaliy  mashg’ulotlardan  tashkil  topgan.  U  talabalarning 

nazariy  bilimlarining  mustahkamlash  va  kengaytirishga,  o’qitilayotgan  va  o’tilgan 

mavzularni  kengroq  va  chuqurroq  o’rganishga  hamda  dunyoqarashini  yana  ham 

kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, mustaqil ta’limga mo’ljallangan topshiriqlar 

(mavzular)  ma’ruzalar  mavzulari,  amaliy,  seminar  mashg’ulotlariga  tayyorgarlik 

ko’rishga  qaratilgan.  Bundan  tashqari,  talabalar  ayrim  nazariy  mavzularni  o’quv 

adabiyotlari  yordamida  mustaqil  o’zlashtirishlari  natijasida,  Loyiha  yoki  ilmiy 

maqolalar  tayyorlashlari  mumkin  hamda  ilmiy  amaliy  konferentsiyalarda  ilmiy 

ma’ruzalar  qilishlari  mumkin.  Loyiha,  taqdimot  tayyorlash,  ma’ruzalar  kafedra 

tomonidan belgilab berilgan hajmda bo’lishi mumkin.  

Mustaqil ta’lim uchun o`quv va ishchi o’quv rejada kasb ta`limi yo`nalishlari uchun 50 soat, 

boshqa ta`lim yo`nalishlari uchun 90 soat ajratilgan. Ushbu soat talabaning amaliy mashg’ulotlarga 

tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug’ullanishini o’z 

ichiga oladi. 

 

 

 


413 

 

III semestrda uchun mustaqil ta’lim mavzulari va uni amalga oshirish shakli 



 

5111000- Kasb ta’limi (5230600-Moliya); 5111000-Kasb ta’limi (5230700- Bank ishi); 

5111000-Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) 

5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo`yicha), 5230600- Moliya, 5230700- Bank 

ishi; 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish, 5230900- Buxgalteriya hisobi va audit 

(tarmoqlar bo’yicha), 5231200- Sug’urta ishi, 5231300- Pensiya ishi, 5231500-Baholash 

ishi, 5232000- Davlat budjetining gazna ijrosi 

 

MT mavzusi 

Mavzuga oid bo’lim 

MTga oid topshiriq va 

tavsiyalar 

3-semestr bo`yicha 

1.Mikroiqtisodiyot faniga kirish 

Mikroiqtisodiyotning 

nazariy asoslari 

Referat 

tayyorlash 

va 

slaydlar 



2.Iqtisodiyotning o’nta tamoyili 

Mikroiqtisodiyotning 

nazariy asoslari 

Loyiha 


tayyorlash 

taqdimot va slaydlar 

3.Talab, 

taklif 


va 

bozor 


muvozanati 

Bozor kuchlari  

 

Keys stadi tayyorlash 



4.Talab va taklif elastikligi 

Bozor kuchlari  

 

Keys stadi tayyorlash 



5.Narx  ustidan  nazorat  va  bozor 

faoliyati 

 Bozor kuchlari  

 

Loyiha 



tayyorlash 

va 


slaydlar 

6.Iste’molchilar, 

ishlab 

chiqaruvchilar 



va 

bozorlar 

samaradorligi 

Iste’molchi tanlovi va ishlab 

chiqarish 

Loyiha 


tayyorlash 

va 


slaydlar 

7.Istemolchi tanlovi nazariyasi 

Iste’molchi tanlovi va ishlab 

chiqarish 

Loyiha  tayyorlash    va 

slaydlar 

8.Bozor va tavakkalchilik 

Iste’molchi tanlovi va ishlab 

chiqarish 

Keys stadi tayyorlash 

9.Ishlab chiqarish nazariyasi 

Iste’molchi tanlovi va ishlab 

chiqarish 

Keys stadi tayyorlash 

10.Ishlab chiqarish xarajatlari 

Iste’molchi tanlovi va ishlab 

chiqarish 

Keys stadi tayyorlash 

11.Raqobatlashgan  bozorlardagi 

firmalar 

Turli 

bozor 


tizimlarida 

firmalar faoliyati 

Keys stadi tayyorlash 

12.Monopol 

bozorlarda 

firmaning qaror qabul qilishi 

Turli 

bozor 


tizimlarida 

firmalar faoliyati 

Loyiha  tayyorlash    va 

slaydlar 



414 

 

13.Monopolistik  raqobatlashgan 



bozor 

Turli 


bozor 

tizimlarida 

firmalar faoliyati 

Loyiha  tayyorlash    va 

slaydlar 

14.Oligopoliya 

sharoitida 

firmalar faoliyati 

Turli 

bozor 


tizimlarida 

firmalar faoliyati 

Keys stadi tayyorlash 

15.Turli  bozorlarda  narxlarni 

shakllantirish 

Turli 


bozor 

tizimlarida 

firmalar faoliyati 

Keys stadi tayyorlash 

16.Ishlab 

chiqarish 

omillari 

bozori 


Ishlab  chiqarish  omillari  va 

bozor zaifliklari 

Loyiha 

tayyorlash 



va 

slaydlar 

17.Tashqi  ta`sirlar  va  davlat 

siyosati 

Ishlab  chiqarish  omillari  va 

bozor zaifliklari 

Loyiha 

tayyorlash 



va 

slaydlar 

18.Ijtimoiy 

ne`matlar 

va 

umumiy resurslar 



Ishlab  chiqarish  omillari  va 

bozor zaifliklari 

Loyiha  tayyorlash    va 

slaydlar 



 

III semestr bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari 

Baholash 

usullari 

Baholash mezonlari 

Testlar, 

yozma 

ishlar, 


og‘zaki 

savol-


javoblar. 

86-100 ball “a’lo”: Fanga oid nazariy bilimlarni to‘la o‘zlashtira olish. Xulosa va 

qaror qabul  qilish.  Ijodiy  fikrlay olish. Mustaqil mushohada  yurita olish. Olgan 

bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Tasavvurga ega bo‘lish. 

71-85  ball  “yaxshi”:  Mustaqil  mushohada  qilish.  Olgan  bilimlarini  amalda 

qo‘llay  olish.  Mohiyatini  tushuntirish.  Bilish,  aytib  berish.  Tasavvurga  ega 

bo‘lish. 

5-70  ball“qoniqarli”:  Mohiyatini  tushuntirish.  Bilish,  aytib  berish.  Ma’lum  bir 

tasavvurga ega bo‘lish. 



50-54 ball “qoniqarsiz”: Fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni bilmaslik, 

 

 

Reyting baholash turlari 

Nazorat shakllari 

Maksimal ball 

Umumiy 

ball 

Joriy nazorat 



36 

100 


Oraliq nazorat 

34 



Yakuniy nazorat 



30 

 

 

 

 

 

 

 

 

415 

 

Joriy baholash 



Maksimal 

ball 

O‘tkazi

sh 

vaqti 

Joiry nazorat (20 ball) 

MT (16 ball) 

36 

Semestr 


davomi

da 

Darslarga 

aktiv 


qatnashganlik 

va 


o‘zlashtirish 

darajasi. 

Amaliy 

mashg‘ulotlardagi 



faolligi, 

amaliy 


mashg‘ulot  daftarlarining  yuritilishi  va 

holati. 


Mavzular 

bo‘yicha 

uy 

vazifalarining bajarilishi 



Mustaqil 

ta’lim 


topshiriqlarining 

(prezetatsiya, 

testlat, 

yozma ish variantlari, keys 

stadiylar) 

o‘z 


vaqtida 

sifatli bajarilishi 



 

Oraliq baholash 

Maksimal 

ball 

O‘tkazish 

vaqti 

№ 

Oraliq nazorat (20 ball) 

MT (14 ball) 

34 

Semestr 

davomida 

Darslarga aktiv qatnashganlik va 



o‘zlashtirish  darajasi.  Ma’ruza 

mashg‘ulotlardagi 

faolligi,  

mashg‘ulot 

daftarlarining 

yuritilish  holati.  Oraliq  nazorat 

uchun nazorat ishi. (9 ball) 

Mustaqil 

ta’lim 

topshiriqlarining 



(prezetatsiya,  testlat,  yozma 

ish variantlari, keys stadilar) 

o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. 

(6 ball) 

15 

I oraliq 



davomida 

(semestrni

ng 1-9 

haftasi) 



II 

Darslarga aktiv qatnashganlik va 

o‘zlashtirish  darajasi.  Ma’ruza 

mashg‘ulotlardagi 

faolligi, 

mashg‘ulot 

daftarlarining 

yuritilish  holati.  Oraliq  nazorat 

uchun nazorat ishi. (11 ball) 

Mustaqil 

ta’lim 

topshiriqlarining 



(prezetatsiya,  testlat,  yozma 

ish variantlari, keys stadilar) 

o‘z vaqtida sifatli bajarilishi. 

(8 ball) 

19 

II oraliq 



davomida 

(semestrni

ng 10-18 

haftasi) 



 

 

Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 

 

Fan bo’yicha laboratoriya ishlari o’quv rejada ko’zda tutilmagan. 



 

Kurs ishlari bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar 

 

Fan bo’yicha kurs ishlari o’quv rejada ko’zda tutilmagan 



 

 

 

 

 

416 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 



Asosiy adabiyotlar: 

 

1.  “O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha  Harakatlar 

strategiyasi  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7 

fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. 

2.Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan  birga 

quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b. 

3.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - 

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.  - Toshkent: “O’zbekiston” 

NMIU, 2017. - 104 b. 

4.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda 

barpo etamiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 56 b. 

5.Mirziyoyev  Sh.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  ta’minlash  -  yurt 

taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017.-48 

b. 


 6.N.Gregory Mankiw. Principles of Mikroeconomics. 5 edition. 2008. 519 pages. 

7.  Salimov  B.T.,  O’roqov  N.I.,  Mustafaqulov  Sh.I.,  Salimov  B.B. 

Mikroiqtisodiyot: Ma’ruzalar matni. – T.: Moliya iqtisodchi, 2005,- 360 b. 

8.  Salimov  B.T.,  Hamdamov  Q.S.,  O’raqov  N.I.  Mikroiqtisodiyot.  Kasb-hunar 

kollejlari uchun o’quv qo’llanma. - T.: Ijod dunyosi, 2003,- 256 b. 

9. Erkin Egamberdiyev “Mikroiqtisodiyot”. T.: ILM ZIYO, 2014. 

10.  Bakiyeva  I.A.  “Mikroiqtisodiyot”  fanidan  amaliy  (seminar)  mashg`ulotlar 

o`tkazish bo`y`icha uslubiy qo`llanma. T: “Iqtisod - moliya”, 2014. 

11. R.S.Xo`jayev, B. Mahmudov, H.S. Xo`jayev, E.I.Ergashev, R.I.Egamberdiyev 

“Mikro va makroiqtisodiyot”. T.: ILM ZIYO, 2012. 



 

Qo’shimcha adabiyotlar: 

1. Микроэкономика под ред. В.С. Атаманова, С.А. Иванова. М. 2009 

2. Нуреев Р.М. Курс микроэкономики. Учебник. Норма, М: 2008. 

3. Нуреев Р.М. Сборник задач по микроэкономике. Норма, М 2008. 

4. Пол Е. Самуэлсон. Микроэкономика, Учебник, М.: Санкт-Петербург. Киев, 

2012. – 744 с. 

5.  Пиндайк  Р,  Рубинфелд  Д.  «Микроэкономика»  5  межд.изд  Спб.,  Питер 

2007. 


6.  Хаджаев  Х.С.,  Каримов  Ф.Ш.,  Ходжаев  Р.С.  Микроэкономика.  Учебное 

пособие T.: “Iqtisod-moliya”, 2010. 

7. Чеканский А.Н., Флорова Н.Л. Микроэкономика. Промежуточный уровень. 

Учебник. М. ИНФРА 2007. 

8. Egamberdiev E. Mikroiqtisodiyot. Darslik. – T.: TMI, 2008, - 226 b. 

9.  G’ulomov  S.S.,  Alimov  R.X.,  Salimov  B.T.  Mikroiqtisodiyot.  Oliy  o’quv 

yurtlari uchun darslik .-T.: Sharq, 2001, – 320 b. 

 

 



417 

 

Internet saytlari: 

www.lex.uz



  (O’zbekiston  Respublikasi  Qonun  xujjatlarini  ma’lumotlari  milliy 

bazasi)  

www.gov.uz



  (O'zbekiston Respublikasi hukumat portali) 

www.ziyonet.uz



(ZiyoNet ta’lim portali) 

www.nes.ru



 (Rossiya iqtisodiy maktabi rasmiy sayti) 

www.cer.uz 



(Iqtisodiy tadqiqotlar markazi rasmiy sayti)  

www.cbu.uz



 

(O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti)  

www.tfi.uz



  (Toshkent moliya instituti rasmiy sayti) 

www.stat.uz



  (O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo’mitasining  rasmiy 

sayti)  

www. iеt. ru



 (E.T.Gaydar nomidagi iqtisodiy siyosat institute rasmiy sayti) 

418 

 


419 

 

2015 – 2019 YILLARDA IShLAB ChIQARIShNI RIVOJLANTIRISh UChUN 40 



MILLIARDDAN ORTIQ MABLAG’ SARFLANADI 

 

   

Mamlakatimizda  2015  —  2019  yillarda  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  o’zgartirish, 

modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash  bo’yicha  chora-tadbirlar  dasturi  qabul 

qilindi. 

   Prezidentimizning  2015  yil  4  martdagi  «2015  —  2019  yillarda  ishlab  chiqarishni  tarkibiy 

o’zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash  bo’yicha  chora-tadbirlar  dasturi 

to’g’risida»gi  Farmoni  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ishlab  chiqarishni  yangilash  va 

innovatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha uzluksiz jarayonning mantiqiy davomi bo’ldi. 

 Dastur  tarkibiy  o’zgarishlarni  izchil  ta’minlash,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  va 

diversifikatsiya  qilish,  barqaror  iqtisodiy  o’sish  lokomotivlari  bo’lishga  qodir  yuqori  texnologiyali 

sanoat  tarmoqlarini  yanada  rivojlantirish,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  energiya  sarfi, 

moddiy va mehnat xarajatlarini kamaytirish bo’yicha mavjud zaxiralardan yanada to’liq foydalanish, 

shuningdek, jahon bozorida talab barqaror bo’lgan raqobatbardosh tayyor tovarlar va yarim fabrikatlar 

ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  buning  uchun  xorijiy  investitsiyalarni,  jumladan,  etakchi  xorijiy 

kompaniyalar bilan birgalikda qo’shma korxonalar tashkil etish orqali faol jalb qilish maqsadida qabul 

qilindi. 

   Xususan,  ushbu  Farmonga  muvofiq,  resurs  tejaydigan  bug’-gaz  qurilmasi  va  quyosh 

energiyasidan  foydalanish  bo’yicha  sinab  ko’rilgan  zamonaviy  texnologiyalarni  keng  joriy  etish 

asosida  elektr  energetika  sohasida  faoliyat  ko’rsatayotgan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  izchil 

modernizatsiya qilish va yangilarini tashkil etish ko’zda tutilmoqda. 

   Neft-gaz  va  neft-kimyo  sanoatida  tabiiy  gaz  va  gaz  kondensatini  chuqur  qayta  ishlash 

asosida  yuqori  qo’shimcha  qiymatga  ega  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish  va  turini 

kengaytirish  rejalashtirilmoqda.  Kimyo  sanoatida   ishlab  chiqarish  va  eksportni  murakkab  mineral 

o’g’itlar,  polimerlar,  sintetik  kauchuk,  metanol  va  keng  turdagi  maishiy-kimyo  tovarlari  ishlab 

chiqarish bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali diversifikatsiya qilish ko’zda tutilgan. 

   Umuman,  geologiya,  yoqilg’i-energetika  kompleksi,  kimyo,  neft-kimyo  va  metallurgiya 

sanoatida  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash  bo’yicha  124 

investitsiya  loyihasi,  shuningdek,  xorijiy  sarmoyadorlarni  jalb  etgan  holda  48  istiqbolli  investitsiya 

loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

   Masalan, «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 

quvvatlarini  modernizatsiya  va  rekonstruktsiya  qilish,  «Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodi»   unitar 

korxonasida  gaz-kimyo  majmuasini  barpo  etish,  Ustyurt  gaz-kimyo  majmuasi  xom  ashyo  bazasida 

uglevodorodlar  pirolizi  ishlab  chiqaradigan  yangi  zavod,  O’zbekiston  —  Xitoy  gaz  quvurining 

to’rtinchi  tarmog’ini  qurish,  «O’zbekkimyomash»   zavodining   yirik  va  og’ir  neft-gaz-kimyo 

uskunalari  ishlab  chiqaradigan  quvvatlarini  kengaytirish  (2-bosqich),  plastik  mahsulotlar  ishlab 



420 

 

chiqarishni yo’lga qo’yish, geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali uskunalar xarid qilish 



va boshqa loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotir. 

 Kimyo  sanoatida  «Samarqandkimyo»  aktsiyadorlik  jamiyatida  murakkab  mineral  o’g’itlar 

(NPK) va kaliy sulfati, «Navoiy azot» aktsiyadorlik jamiyatida polivinilxlorid va metanol,  «Angren» 

maxsus industrial zonasida avtomobil va qishloq xo’jaligi texnikasi shinalari, konveyer lentalari hamda 

boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish ko’zda tutilgan. 

   «O’zbekenergo»  davlat  aktsiyadorlik  kompaniyasi  Dastur  doirasida  Navoiy  issiqlik  elektr 

stantsiyasini 450 MVt quvvatga ega ikkinchi  bug’-gaz qurilmasini qurish   orqali kengaytirish, Quyi-

Bo’zsuv GESi kaskadi, Farhod GESi va «Toshkent GES» kaskadi unitar korxonasini modernizatsiya 

qilishni  boshlaydi.  «O’zbekko’mir»  aktsiyadorlik  jamiyatida  «Apartak»  konini  qurish 

hamda   moliyaviy  hisobga  olish  va  hisobdorlik,  xodimlar,  tezkor  hamda  ishlab  chiqarish-texnologik 

faoliyatni   boshqarishni  kompyuterlashtirish  bo’yicha  integratsiyalashtirilgan  kompleks  tizimni  joriy 

etish ko’zda tutilmoqda. 

  Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 

texnik va texnologik yangilash bo’yicha 41 loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Sulfat kislota 

ishlab  chiqarish  zavodi  qurish,  Muruntov  kareriga  ishlov  berish  (5-navbati),  qo’shimcha  ishlab 

chiqarish  ob’ektlarini  modernizatsiya  qilish  va  texnik  qayta  jihozlash,  Jizzax  viloyatidagi  tsement 

zavodini  kengaytirish,  Sherobod  tumanida  tsement  zavodi  qurish,  mis  simi  ishlab  chiqarishni  yo’lga 

qo’yish va boshqa loyihalar shular jumlasidandir. 

 Davlatimiz  rahbarining  ushbu  Farmoniga  muvofiq,  mashinasozlik,  avtomobil  va  elektr 

texnika sanoati, mahsulotlarni standartlashtirish sohasida ham keng ko’lamli o’zgarishlar belgilangan. 

Mazkur  sohalarda  jami  77  loyihani,  shu  jumladan,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish  orqali  amalga 

oshirish  rejalashtirilgan.  Buning  natijasida  2019  yilda   texnologik  etakchi  korxonalar  bilan 

hamkorlikda import o’rnini bosadigan qishloq xo’jaligi texnikasi, yuk avtomobillari hamda butlovchi 

qismlar ishlab chiqarish bo’yicha yangi quvvatlar tashkil etish va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni 

kengaytirish ko’zda tutilgan. 

   Chunonchi,  «O’zavtosanoat»  aktsiyadorlik  kompaniyasi  tizimidagi  «JV  MAN  AUTO 

Uzbekistan»  va  «UZAUTOTRAILER»  qo’shma  korxonalarida  yuk  avtotransporti  vositalari  kabinasi 

ishlab  chiqarishni  o’zlashtirish  hamda  ehtiyot  qismlar  ishlab  chiqarishni  mahalliylashtirish,  Jizzax 

akkumulyator  zavodini  texnologik  modernizatsiya  qilish,  «Gentra»,  «Spark»,  «Cobalt»,  «T250» 

avtombillari uchun alyuminiy va plastmassa detallar, tormoz tizimi elementlari va boshqa mahsulotlar 

ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda. 

   «O’zagrosanoatmashxolding» xolding kompaniyasi  Toshkent  va Chirchiq  qishloq xo’jaligi 

texnikasi zavodlarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash orqali «Klaas», «Lemken» va 

boshqa etakchi texnologik korxonalar bilan hamkorlikda zamonaviy traktorlar, don, em-xashak o’rish 

va  paxta  terish  mashinalari  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish,  temir  buyumlar,  transmissiya  va 

reduktorlarga mexanik hamda termik ishlov berish  quvvatlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. 

   Shuni  ta’kidlash  kerakki,  2019  yilga  kelib,  elektr  texnika  uskunalari  tayyorlash  bo’yicha 

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish va o’zlashtirish, axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari uchun uskuna va ehtiyot qismlar, keng turdagi ekologik toza qurilish materiallari ishlab 

chiqarish bo’yicha yangi korxonalar tashkil etish kutilmoqda. 

 Xususan,  «O’zeltexsanoat»  aktsiyadorlik  kompaniyasi  «Andijonkabel»  aktsiyadorlik 

jamiyatida  Evropa  texnologiyalari  asosida  avtomobil  simlari  ishlab  chiqarishni  o’zlashtirish,  Motor 

zavodi maydonlarida integral mikrosxemalar, kamquvvatli fotoelektr stantsiyalari, turli quvvatli elektr 

dvigatellar  va  maishiy  elektr  texnika  vositalari  uchun  kompressorlar  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish, 

muzlatkich, maishiy gaz va kombinatsiyalangan plitalar ishlab chiqarishni kengaytirish, maishiy elektr 

va  elektr  texnika  mahsulotlari  ishlab  chiqarish,  marketing  va  logistika  klasterini  tashkil  qilishni 

rejalashtirmoqda. Umuman olganda, kompaniya tomonidan umumiy qiymati 268,5 million dollarlik 39 

yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish mo’ljallanmoqda. 

   «O’zqurilishmateriallari»  aktsiyadorlik  kompaniyasi,  xususan,  xorij  investitsiyalarini  jalb 

etgan holda 11 loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan. «Qizilqumtsement» aktsiyadorlik jamiyatida 

uzluksiz bazalt tolasi va armatura ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ohak va temir-beton plitalar, «Uz 


421 

 

Ouna»  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatida  yirik  o’lchamli  oyna  ishlab  chiqarishni  o’zlashtirish, 



Qoraqalpog’iston Respublikasida tsement zavodi qurish, Jizzax viloyatida tsement asosida pardozlash 

materiallari ishlab chiqarishni tashkil qilish ana shunday yirik loyihalar sirasidan. 

   Shuningdek,  Dasturda  mahalliy  xom  ashyoni  chuqur  qayta  ishlash  asosida   ichki  va  jahon 

bozorida  xaridorgir  bo’lgan  raqobatbardosh  tayyor  mahsulotlar  hamda  yarim  fabrikatlar,   jumladan, 

bo’yalgan  ip,  mato,  ishlov  berilgan  teri,  trikotaj,  tikuvchilik,  poyabzal  va  attorlik-charm  buyumlari 

ishlab chiqarish hisobidan to’qimachilik hamda charm-poyabzal sanoati tuzilmasini yanada yaxshilash 

ham ko’zda tutilgan. 

 Shunga  muvofiq,  «O’zbekengilsanoat»  davlat-aktsiyadorlik  kompaniyasi  chet  ellik  etakchi 

sheriklar  bilan  hamkorlikda  faoliyat  ko’rsatayotgan  korxonalarni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  qayta  jihozlash,  yangilarini  tashkil  etish  bo’yicha  58  loyiha,  shuningdek,  xorijiy 

investitsiyalarni jalb etgan holda, 21 istiqbolli loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ellikqal’a 

va  Qo’ng’irot  paxta  zavodlari,  Buxoro  viloyatining  o’ijduvon,   Jondor  va  Romitan  tumanlarida 

qurilishi  yakunlanmagan  ob’ektlar  negizida  to’qimachilik  komplekslari,  «Indorama  Qo’qon  tekstil» 

xorijiy korxonasining to’rtinchi bosqichini tashkil etish va boshqalar shular jumlasidandir. 

  Bundan tashqari,  «O’zbekcharmpoyabzali» uyushmasi tashqi bozorda talab  yuqori bo’lgan 

charm va zamonaviy poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha 61 investitsiya loyihasini amalga 

oshiradi. 

   Farmon  doirasida  Oziq-ovqat  sanoati  korxonalari  uyushmasi  tomonidan   zamonaviy 

sublimitlash, muzlatish va vakuumli qadoqlash texnologiyalari asosida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 

saqlash  hamda  qayta  ishlashga  qaratilgan  qiymati  410  million  dollarlik  304  loyihani  hayotga  tatbiq 

etish rejalashtirilgan. 

   Jumladan,  Surxondaryo  viloyatidagi  «Fayzi  Ramz»  fermer  xo’jaligida  meva-sabzavotni 

qayta ishlash (sublimatsion quritish), «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida tez tayyorlanadigan 

mahsulotlar,  Samarqand  viloyatidagi  «Siyob  saxovati»  xorijiy  korxonasi  mas’uliyati  cheklangan 

jamiyatida  go’shtni  qayta  ishlash,  Toshkent  viloyatidagi  «Euro  Food  Trade»  korxonasida  baliq 

konservalari  ishlab  chiqarish  va  qo’ziqorinni  chuqur  qayta  ishlash  yo’lga  qo’yiladi,  shuningdek, 

faoliyat yuritmayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalari modernizatsiya qilinadi (165 loyiha). 

   Prezidentimiz  Farmonida  jahondagi  etakchi  kompaniyalarning  litsenziya  va  patentlari 

asosida  farmatsevtika  sanoati  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  va  turini  kengaytirish,  mahalliy 

ishlanmalar  hamda  xom  ashyo  asosida  tibbiyot  preparatlari  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish 

rejalashtirilgan. 

   Shu  munosabat  bilan  «O’zfarmsanoat»  davlat-aktsiyadorlik  kontserni  22  investitsiya 

loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. «Pharm Product» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bir 

marta  ishlatiladigan  tibbiyot  buyumlari  uchun  metall  ninalar,  in’ektsiya  eritmalari,  quritilgan  holda 

qadoqlangan  dori  vositalari,  tabletkalar,  kapsula  va  sashe-paketchalar  uchun  bo’sh  ampulalar,  kanal 

naychalar,  «Soft  inter  medical»  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatida  infuziya  eritmalari,  «Radiks» 

xususiy  ilmiy-ishlab  chiqarish  korxonasida  plazma  o’rnini  bosadigan  eritmalar,  dori  vositalari  ishlab 

chiqarish  uchun  o’simlik  substantsiyalari  va  boshqa  dori  vositalari  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish 

shular jumlasidandir. 

   Shu  bilan  birga,  Dastur  doirasida  zamonaviy  texnologik  talablarga  javob  bermaydigan 

eskirgan  uskunalar  va  quvvatlarni  foydalanishdan  chiqarish  va  ularni  zamonaviy  hamda  samarali 

ishlaydiganlari  bilan  almashtirishga  qaratilgan  qariyb  300  loyihani  amalga  oshirish  ko’zda 

tutilgan   (Farg’ona  issiqlik  elektr  markazi  va  Navoiy  issiqlik  elektr  stantsiyasidagi 

energobloklar,   «Navoiy  azot»  aktsiyadorlik  jamiyatida  ammiak  va  kuchsiz  azot  kislotasi  ishlab 

chiqarish  quvvatlari,  «Ammofos  Maksam»  aktsiyadorlik  jamiyatida  sulfat  kislota  ishlab  chiqarish 

korxonasi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo’jaligi texnikasi zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari 

va boshqalar). 

   Davlatimiz  rahbarining  Farmonida  2015  —  2019  yillarda  ishlab  chiqarishni  tarkibiy 

o’zgartirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilishni  ta’minlash  bo’yicha  chora-tadbirlar  dasturiga 

kiritilgan investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq  etish doirasida qiymati  30 million  AQSh  dollaridan 

ziyod va chet ellik investor ulushi kamida 50 foiz bo’lgan loyihalar bo’yicha ishlab chiqarish maydoni 


422 

 

tashqarisida  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlarini  yo’lga  qo’yish  byudjet  mablag’lari  hamda 



ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.  

   Muxtasar  aytganda,  Prezidentimizning  2015  yil  4  martdagi  «2015  —  2019  yillarda  ishlab 

chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bo’yicha chora-

tadbirlar  dasturi  to’g’risida»gi  Farmonida  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 

texnologik  yangilash  bo’yicha  umumiy  qiymati  40  milliard  809  million  dollarlik  846  investitsiya 

loyihasini amalga oshirish ko’zda tutilgan. 

  2015-2019 yillarda amalga oshiriladigan qiymati 19 milliard 640 million dollarlik 711 yangi 

loyihaning  sarmoyadorlari  va  moliyalashtirish  manbalari  belgilab  olingan.  Qiymati  21  milliard  169 

million dollarlik  135 istiqbolli loyihaga esa xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilinadi. 

  Ushbu Dasturning hayotga tatbiq etilishi 2015 — 2019 yillarda yalpi ichki mahsulotni yiliga 

o’rtacha kamida 8 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9 foiz, shu davr ichida ushbu 

ko’rsatkichni  1,5  barobar  oshirish  imkonini  beradi.  Mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotida  sanoat 

ulushi  hozirgi  24  foizdan  2020  yilda  27  foizga  etadi.  Mashinasozlik,  neft-gaz,  neft-kimyo,  kimyo, 

to’qimachilik va oziq-ovqat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarni yanada jadal rivojlantirish, sanoatda 

ularning  ulushini 2014  yildagi  62 foiz o’rniga 2020  yilda 67 foizga  etkazish  kutilmoqda. Bu borada 

100 ga yaqin yangi tovar guruhlari (qariyb 1000 xil mahsulot) ishlab chiqarish o’zlashtiriladi va 2020 

yilga borib mamlakatimiz sanoatining yillik ishlab chiqarish hamda eksport salohiyati tegishli ravishda 

18 trillion so’mga va 2 milliard dollarga oshiriladi. 

 

 

Talab va taklif 



Vikipediya,  ochiq  ensiklopediya  Talab  va  taklif 

narxni 


shakllantiradi,  shu  bilan  birga 

narx 


talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi. 

Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin