Biznesda buxgalteriya hisobini tashkil etish, predmeti va metodi


-modda.  Moliyaviy hisobotni e’lon qilish



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix29.01.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#81474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
2-BIZNESDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH, PREDMETI VA METODI

26-modda. 
Moliyaviy hisobotni e’lon qilish. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlarning yillik moliyaviy hisoboti manfaatdor banklar, birjalar, investorlar
kreditorlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shaxslar uchun ochiqdir. 
Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta tashkilotlari, banklar, jamoat 
fondlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar har yilgi moliyaviy 


hisobotni aksiyadorlarning yoki buxgalteriya hisobi sub’yekti boshqa yuqori 
boshqaruv organining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki 
hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga e’lon qilishi shart. 
Ushbu modda o‘ziga nisbatan qonun hujjatlarining boshqa talablari belgilangan 
buxgalteriya hisobi sub’yektlarining moliyaviy hisobotiga tatbiq etilmaydi. 
27-modda. Tugatish chog‘idagi moliyaviy hisobot. Xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektni tugatish chog‘ida yakuniy moliyaviy hisobot tuziladi. 
Tugatish bo‘yicha operasiyalarni hisobga olish, tugatish balansini va hisobotni 
tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash yuzasidan javobgarlik tugatish komissiyasining 
(tugatuvchining) zimmasiga yuklatiladi. 
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. 
Tugatish balansida majburiyatlar uni tuzish sanasida hisoblangan foizlari bilan 
aks ettiriladi. 
28-modda. Buxgalteriya axborotining maxfiyligi. Buxgalteriya hisobini 
yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi registrlarining mazmuni 
bilan tanishishga buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining ruxsatiga ko‘ra yoki 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat olgan shaxslar 
maxfiylikni saqlashi shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
29-modda. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash. Boshlang‘ich hisob hujjatlari, 
buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlar, shuningdek 
buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin 
kamida besh yil buxgalteriya hisobi sub’yekti tomonidan saqlanadi. 
Buxgalteriya hujjatlarini olib qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin