Kurs ishi maqsadi: mavzuni ilmiy- nazariy jihatdan asoslash va zamonaviy sharoitda yosh avlodni tarbiyalashda pedagogik texnologiyadan foydalanishning mavjud imkoniyatlari hamda pedagogik shart- sharoitlarini aniqlash.
Kurs ishi ob'ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodi imkoniyatlaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim ba tarbiya berishni takomillashtirishda pedagogik texnologiya metodidan foydalanishning mazmuni, omillari va pedagogik shart- sharoitlari.
Kurs ishi vazifalari: mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish; ta’lim va tarbiya berishni tashkillashtirishda pedagogik texnologiyaning dolzarbligini asoslash;ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyadan loyihalash foydalanishning mavjud shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlarini tahlil qilish hamda pedagogik jihatdan tasniflash.
1.BOB.MTTda ta'limiy oʻyinlarni tashkil etish metodikasi......
1.1.Ta'limiy oʻyinlarni mashgʻulotlarda foydalanish maqsad va vazifalari..
Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda tarbiyalanuvchilarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Bola hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
- o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
- shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
- hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
- o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
- insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
- o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
MTT ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati. Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan о‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi
Ta’limiy o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.Ta’limiy o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlar. Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Вunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish,) tavsiflash o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi.
Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o‘yinlarning turlari. Ta’limiy o‘yinlar. Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlaming muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. О‘yin niyati о‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlami amalga oshirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya etish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralganda javob berish.
3. O‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4.O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. O‘yin qoidasini bajarish.
6. O‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
a) buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan;
b) stol-bosma;
d) og‘zaki so‘z o‘yinlari. Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega boiishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish im- konini berishi lozim. Bunday о‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.Stol-bosma о‘yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kiradi. Og‘zaki so‘zli о‘yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Ular bolaning eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi. Qoidali-harakatli oyinlar asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi.
Qoidali-harakatli o‘yinlar kelib chiqishiga ko‘ra:
a) xalq milliy o‘yinlari;
b) mualliflik o‘yin turlariga bo‘linadi.
Har ikkala о‘yin turida ham asosiy mezon о‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik, mardlik kabi olijanob fazilatlami tarbiyalab boradi. Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoa bo‘lib o‘ynashga mos bo‘lib, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda bolalarga rolni to‘g‘ri taqsimlash, o‘yin jarayonini kuzatib borish, unga rahbarlik qilish, o‘z vaqtida yaxshi harakatlarni rag‘batlantirish o‘yin nufuzini oshiradi. O‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat, ijobiy his- tuyg‘ular yuzaga keladi. Kichik yoshdagi uchun o‘yin syujeti ochiq xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, «To‘pni quvla!», «To‘pni ushlab ol!». Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o‘yinlar avval jismoniy tarbiya mashg‘ulotida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |