127
5. Bayon qilingan fikrning tartibini: birinchidan, ikkinchidan, avvalo,
avvalambor,oxiri,nihoyat.
6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog’liqligini (yakuniy fikrni):
demak,
shunday qilib, umuman, aksincha, ba’zan, aks holda, xullas, shuningdek,
ayniqsa, asosan,binobarin, xususan.
7.Inkorni: yo’q.
8. Tasdiqni: to’g’ri, darhaqiqat, bo’pti,
haqiqatan, ha, mayli.
Kiritmalar barcha bo’laklar kabi sodda va murakkab bo’ladi. Sodda kiritmalar
so’zlar va so’z gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so’z birikmalari, kengaygan
birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi.M-n:
Menimcha, eng yaxshisi-shu. Dunyoda
hech bir xalq teng kela olmas, mening bilishimcha, sening elingga.
Eslatma: Murakkab kiritmalar avvalgi darsliklarda kirish birikma deb berilgan.
Kiritmalar vazifasida quyidagilar keladi:
1. Ma’lum so’z turkumlaridan ajralib chiqib, faqat kiritma vazifasida ishlatiladigan
so’zlar: birinchidan, masalan, attang.
2. Ma’lum so’z turkumlaridan o’sib chiqib, ham kirish so’z vazifasida, ham gap
bo’lagi vazifasida qo’llaniluvchi so’zlar: to’g’ri, shubhasiz, so’zsiz, aftidan,
avvalo, qisqasi, yaxshi…
Aftidan quv odamligi bilinib turibdi (mustaqil so’z).
Aftidan, o’quvchilar
kechikadiganga o’xshaydi(kiritma).
Kiritmalarning gapdagi o’rni erkin. Ular gapning boshida kelsa, ulardan keyin,
o’rtasida kelsa, har ikki tomonidan,
oxirida kelsa, ulardan oldin vergul qo’yiladi.
M-n:
Hayotning eng og’ir kunlarida yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o’zini
Dostları ilə paylaş: