Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98
Mohira2702..

ko’k yaylovlar ko’rinadi, goh qop-qorong’i dalalar ko’zga tashlanadi.(voqealar 
galma-gal sodir bo’lmoqda). Mashina tuzatiladi yo yana yaxshirog’i olinadi 
(bittasi yuzaga chiqadi). 
Yo, yoki ayiruv bog’lovchilari yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi 
mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi.Yozuvda takror 
holda qo’llanaytgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
3-topshiriq: To’rtta qo’shma gap tuzing. Ikkitasida ifodalangan voqea-hodisalar 
galma-gal ro’y bersin. Ikkitasida ifodalangan voqea-hodisalardan faqat bittasi ro’y 
bersin. 
4.Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o’zaro 
na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi va orasiga vergul qo’yiladi.M-n:Na suv bor, 
na biron yemish qolibdi. 
4-topshiriq: Na… na bog’lovchisi qaysi gaplarda uyushiq bo’laklarni, qaysi 
gaplarda qo’shma gap qismlarini bog’lab kelayotganligini aniqlang. 
1.Xuddi birov ko’kragimga ming pudli tosh bostirib qo’ygandek na qo’limni, na 
oyog’imni qimirlata olaman. 2.Na ko’nglimni to’ka olaman, na o’g’limni so’ka 
olaman. 3.Na baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o’zing 
eshitasan. 4.Yalqov va besabr bo’lma, u senga na obro’, na baxt keltiradi. 5.Ilmsiz 
odam mevasiz yog’och kabidir:undan na o’ziga, na xalqiga foyda bor. 6.Na 
tug’ilib o’sgan yurtini, na qachonlardir uni yer-u ko’kka ishonmay ne orzu- 
umidlar ila  katta qilgan ota-onasini, na rasadxona va na undagi do’stlari-yu 
xojasi Umar Xayyomni eslardi. 
5.Bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar.Bo’lsa, esa 
so’zlari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida 
qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari 
qiyoslanuvchi bo’lakdan so’ng keladi. M-n: Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi
to’g’rilik bo’lsa uni saodatga boshlaydi. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. 
Kim yomon bo’lsa, jazo oladi. Mazkur gap bo’lsa, esa so’zlari yordamida 
bog’langan qo’shma gap hisblanmaydi. 
5-topshiriq: Bo’lsa, esa so’zlari bog’lovchi vazifasida kelgan to’rtta gap yozing. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 


131 
Ergashgan qo’shma gaplar 
Qismlari ergashtiruvchi bog’lochilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi 
so’zlar yordamida bag’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi. 
M-n: Chin do’st yurakdan so’zlar, chunki u sening yomon bo’lishingni also 
xohlamaydi.Ergashgan qo’shma gap tarkibi ikki qismdan tashkil topadi:1) bosh 
gap; 2) ergash gap 
Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap 
ergash gap hisoblanadi.Bosh gap va ergash gapni shartli ravishda quydagicha 
belgilab olish mumkin:
bosh gap: 
ergashgap: 
Eslatma: Ergashgan gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmasiga o’xshaydi. So’z 
birkmasi ham ikki qismdan iborat bo’ladi, ergash gap ham ikki qismdan iborat 
bo’ladi. 
1-topshiriq: Qo’shma gap qismlarining qaysi bosh gap, qaysi ergash gap 
ekanligini aniqlang. 
1.Agr arqondan qo’llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo’l topolmay 
sarson bo’lib yuraveradilar. 2.Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening 
kasb tanlashimga otamning do’mbirasi sababchi bo’lgan. 3.Topgan obro’ni 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin