Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
Mohira2702..

yoqotmaslik shart, chunki obro’ko’ylak emas, yangisini bozordan olsang. 
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosirtalar. Ular quyidagilar: 
1) ergashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, toki, agar, mabodo, ya’ni); 
2) ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli); 
3) yuklama (-ki); 
4) nisbiy so’zlar (nimani – o’shani, kim - u, qanday – shunday ); 
5) deb so’zi. 
2-topshiriq: Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarning tagiga chizing. 
1.Hoyotimda kim uchundir foydali inson bo’lsam, bu mening eng katta 
yutig’imdir. 2.Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in 
jiddiy ishga kirishib ketdilar. 3.Shu mo’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz 
zotlarga yondashdim gohi. 4.Shuni bilingki, aql bilan odob – jism bilan jon. 5.Har 
kim o’z og’zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g’ilmaydi. 
1.Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap. 
Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilsri ergash gap boshida 
qo’llaniladi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi.M-n: Ukamning hamma joyi 
shalobbo edi, go’yo jalada qolganga o’xshardi.(Ushbu gapda Ukamning hamma 
joyi shalobbo edi – bosh gap, go’yo jalada qolganga o’xshardi – ergash gap). 
Shart bog’lovchilari gap boshida keladi va ergash gap kesimi shart maylidagi 
fe’llar bilan ifodalanadi. M-n:Agar siz kelsangiz, men bormayman. (Ushbu gapda 
Agar siz kelsangiz – ergash gap, men bormayman – bosh gap).
3-topshiriq: Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan ergashgan 
qo’shma gaplarning tagiga chizing. 


132 
Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim.Odob shunday tojki, u aqlli, 
farosatli odamlarboshini bezaydi. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan 
suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning 
mevasidir. Odob ulug’lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u 
orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda iln-u ma’rifat 
kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir. 
2.Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar. Bosh gapda 
ifodalangan mazmunning sababini bildirgan ergash gaplar bosh gapga shuning 
uchun , shu sababli, shu tufayli kabi ko’makchili qurilmalar yordamida bog’lanadi 
va ular bosh gap tarkibida bo’ladi. M-n: Xalq Yusufbek hojidan zarra yomonlik 
ko’rmagan, shuning uchun uning hurmati har doim baland. 
3.Deb so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar.Bosh gapda ifodalangan 
mazmunning maqsadini,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko`pincha 
deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq 
mayli shaklidagi fe`llar bilan ifodalanadi.Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi 
uchun ko`makchisi bilan ma`nodosh sanaladi.Ergash gaplar yozuvda vergul bilan 
ajratiladi.Masalan,Gul barglari uchishadi,tushmayin deb qo`lingga (Hamid 
Olimjon).Hovuz atrofi soya-salqin bo`lsin deb,biz ko`p daraxtlar ekdik.
Unutmang! deb so`zi buyruq shart mayli,kelasi zamon fe`lidan keyin kelsa(Sizni 
qo`rqib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik-nima maqsadda?), maqsad 
ma`noni anglatadi.O`tgan zamon fe`llaridan keyin kelsa (O`qituvchi kelgan 
deb,men keldim-nima sababdan kelding?), sabab ma`nosini anglatadi. 
4-topshiriq:Ergash gapning qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang. 
1.Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga. 2.Kamalakdek rango-rang 
bo’lsin deb san’at, tillar, asrlarcha qildim jang. 3.Sen otash ichida urasan javlon, 
Dushman qolmasin deb sevgan elimda. 4.Yovlar yakson bo’lsin deb, yigitlar jang 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin