Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
Mohira2702..

quyosh chiqquncha uyquda bo’lsa, rizqi kam bo’lur. (“Qobusnoma”dan) 
Qo’shma gap qismlari va ularni bog’lovchi vositalar.Qo’shma gapni tashkil 
etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog’lash uchun 
xizmat qiladigan vositalar esa bog’lovchilar hisoblanadi. Qo’shma gap qismlari 
quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi: 


129 
1.Bog’lovchilar: a)teng bog’lovchilar(va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo…,yo;
dam…dam, yoki); 
b)erhashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, ya’ni, agar, garchi, basharti, garchi, 
negaki). 
2.Bog’lovchi vazifasidagi vositalar: 
1)bo’lsa, esa, deb; 
2)-u, -yu, -da, -ki yuklamalari; 
3)nisbiy so’zlar: kim – o’sha, kimning – uning, qayerda – o’sha yerda; 
4) ko’makchili qurilmalar: shu tufayli, shu sababli, shuning uchun; 
5)shart mayli qo’shimchasi –sa. 
3. Ohang 
1-topshiriq: Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarning tagiga chizing. 
1.Do’stlikdan o’tadigan hech narsa yo’q, shuning uchun do’st orttirish 
imkoniyatini sira qo’ldan boy berma. 2.Bilim har qanday muammo va 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga zamin yaratadi, chunki u bebaho xazinadir. 
3.Shuni bilki,odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir.4.Yaxshi fikr tiniq uslubni talab 
qiladi, uslub esa fikr libosidir. 5.Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar 
qilishga qo’l uradi.
Qo’shma gaplar tasnifi. Qismlari qanday bog’lovchi vostalar yordamida 
bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar uch guruhga bo’linadi: 
1. Bog’langan qo’shma gaplar. 
2. Ergashgan qo’shma gaplar. 
3. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar. 
Bog’langan qo’shma gaplar. Qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari, -u, 
-yu, -da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar bag’langan qo’shma gaplar 
deyiladi.M-n: Hujrasiga qaytdi-yu, o’ylay boshladi. 
Bog’langan qo’shma gaplarning turlari: 
1.Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. Biriktiruv 
bog’lovchisi qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan 
qismlarini bog’lab keladi. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan 
qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so’zini qo’yish mumkin bo’ladi. 
M-n: Anor so’zlar va (natijada) Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar. 
-u, -yu, -da yuklamalari biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifani bajaradi.M-n: 
Gulchehra “piq” etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. 
2.Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. Zidlov 
bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan ular o’rtasida 
zidlov munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog’lovchilari qo’shma 
gapning ikkinchi qismi boshida qo’llanadi va qo’shma gap qismlari vergul bilan 
ajratiladi.M-n: Ashula nihoyasiga yetdi, lekin bir zumdan keyin yana yangi tovush 
parvoz qildi. 
-u, -yu, -da yuklamalari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga 
ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi.M-n: 
Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishdilar-u, ba’zilar podalari izidan cho’lga qarab 
ketdilar. 


130 
Yozuvda zidlov bog’lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo’yiladi. 
2-topshiriq: -u, -yu, -da yordamida bog’langan to’rtta qo’shma gap tuzing. 
Ikkitasida zidlov munosabati, ikkitasida payt, sabab-natija munosabati bo’lsin. 
3.Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. Ayiruv 
bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalangan 
voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining 
yuzaga chiqishini ta’kidlaydi.M-n: Uzoqlardan keng vodiy quchog’ida goh ko’m-

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin