128
izoh, qo’shimcha axborot berish ehtiyoji bilan qo’llanadi.
Ular asosiy fikrni
to’ldirish, izohlash uchun ishlatiladi. M-n:
Biz (bu safar menga Mastura hamroh
bo’ldi) qishloqqa ertasiga bordik. Kiritmalar talaffuzda kichik to’xtamlar
va ovoz
balandligi bilan ajratiladi.
Eslatma: III kurs akademik litsey darsligida kiritma gaplar gapning asosiy
qismlaridan past ohang bilan ajralib turadi, deyilgan.
Kiritma gaplar juda keng qo’llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu
nutqda
qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarka (personaj nomi bilan uning nutqi
oralig’idagi qavslarda) larda ko’rsatib boriladi. M-n:
Omon (o’qiydi va qotib-qotib
kuladi). Bunisi ham shunaqa.
Kiritma gaplar asosiy gapdan yozuvda quyidagicha ajraladi:
1. Kiritma gap sodda yig’iq gap bo’lsa, ikki tomoniga vergul qo’yiladi:
Yolg’iz
borishga, to’g’risini aytsam, qo’rqaman.
2. Agar kiritma gap yoyiq gap bo’lsa, tire bilan ajratiladi yoki qavsga olinadi. M-n:
Uni tanishsa kerak (Farg’onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola
kosada yaxna choy olib chiqdi.
2-topshiriq:Quyidagi gaplarning har biriga kiritma gaplarni qo’yib gaplarni
ko’chiring.
1.
Mehmoni yo’q qora uydan dala-tuz yaxshi. 2.Teran fikrni doim keksalardan
qidirgin, dahor suvi kuzda musaffolik topadi. 3.Odamlar bilan murasa-yu
madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi. 4.Mehmonsiz uy suvi qurigan
tegirmonga o’xshaydi. 5.Kishilarning qadrlisi saxovatli kishilar.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Qo’shma
gaplar
Sodda va qo’shma gaplar. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang
tugalligiga ega bo’lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro
grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang
tugalligiga ega
bo’lgan butunlik qo’shma gap sanaladi.
Izoh:Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik miqdori gaplarni sodda va
qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.
Sodda gap:
Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
Qo’shma gap:
Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir. Har kishikim
Dostları ilə paylaş: