Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Mohira2702..

chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyga kirib ketdi. 
13.Foydali so’z go’dakdan chiqsa ham quloq sol; yomon so’z mo’ysafiddan chiqsa 
ham quloq solma. 
14.Har qanday tushuncha muhokamaning natijasidir; muhokama esa tajribaning 
natijasidir,tajriba esa sezgi a’zolarining faoliyati tufayli qo’lga kiritiladi.
Qo’shma gap turlarining ma’nodoshligi 


138 
Zidlik, sabab, shart,payt munosabatlari bog’lovchisiz, bog’langan va ergash 
gapli qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin. Shunga ko’ra ular bir-biriga 
ma’nodosh bo’la oladi. M-n: Bahor keldi va gullar ochildi – bog’langan qo’shma 
gap. Bahor keldi, shuning uchun gullar ochildi – ergashgan qo’shma gap. Bahor 
keldi, gullar ochildi – bog’lovchisiz qo’shma gap. 
Izoh: Ular o’rtasidagi farq qo’shma gap qismlri o’rtasida qanday bog’lovchi vosita 
ishlatilishidadir. 
Murakkab qo’shma gaplar 
Turli bog’lovchi vositalar yordami bilan o’zaro uch va undan ortiq gaplarning bir 
butunligi murakkab qo’shma gap sanaladi. Ular quyidagilar: 
I.Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq 
ergash gaplari mavjud bo’lgan gaplar bir necha ergash gapli murakkab qo’shma 
gaplar sanaladi. Misollar: 
1.Shunday bo’lmog’iga barcha asoslar bor edi, chunki ular bir qishloqda o’sib-
ulg’aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo’lday ayon edi. 
2.Tol ekdik suv bo’yiga, soya-salqin bo’lsin deb, 
G’ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. 
3.Reja bajarilsa, dasturxon mo’l bo’lsa, yor-u do’st, birodarlar qalin bo’lsa, 
tantanalar qishgacha davom etaveradi. 
4.Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nashtar bilan tilsinlar, men sizdan 
ajralmayman. 
5.Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo’lsin, turmushimiz farovon bo’lsin, 
mustaqilligimiz barqaror bo’lsin. (ostiga chizilgan gaplar ergash gaplar) 
Eslatma: Bir necha ergash gaplar bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. 
II.Bir necha bosh gapli murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ikki va undan ortiq 
bosh gap mavjud bo’lgan qo’shma gaplar bir necha bosh gapli murakkab qo’shma 
gap hisoblanadi. Misollar: 
1.Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan tomchilar, bir benavo gul 
yanchilar,ozodkorim kelmasa. 
2.O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug’, istiqboli baland, 
ularning O’zbekistondek jannatmakon yurti bor. 
3.Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, orolni saqlab qolish 
hammamizning burchimiz. 
4.Kimning qalbi pok bo’lsa, uning ishlari o’z-o’zidan yurishib ketaveradi, hamma 
unga madadkor bo’ladi. (ostiga chizilgan gaplar bosh gaplar) 
III.Aralash murakkab qo’shma gaplar. Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki 
bog’lovchisiz qo’shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar aralash murakkab qo’shma 
gaplar hisoblanadi. Misollar: 
1.Akang armiyadan kelsa,issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga 
yordamchilik qilasan. 
2.Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-u 
xatar bo’lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i lozim. 
3.Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. 


139 
4.Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi. 
IV.Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar. Bir turdagi uch va undan ortiq 
gaplardan tashkil topgan qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar deyiladi. 
Eslatma:Murakkab qo’shma gapning bu turida ergash gap ishtirok etmaydi. 
Misollar: 
1.Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa 
sadosi yangraydi. 
2.Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. 
3. O’zbekning kurashi hamisha halol, 
Unda yo’qdir g’irrom, yo’qdir ymonlik, 
Hamisha do’stlarga tilaydi kamol, 
Tilaydi barchaga do’stlik, omonlik.
4.O’sha yillar mashoq terar edik, mol bqardik, g’oza jo’yakka kultivatsiya 
yurgizardik. 
Havola bo’lakli qo’shma gaplar 
Qo’shma gap tarkibidagi faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog’lovchi 
vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi.Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash 
gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan 
ko’rsatish olmoshlari ishtirok etadi.Aniqroq tushuntiradigan bo’lsak, ya’ni 
qo’shma gap ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lsa, u gapimiz havola 
bo’lakli qo’shma gap hisoblanadi. M-n:Toleyim shuki, Vatanda bir guliston 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin